Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
3-курсда пахтадан қочиб, уйга келаверганимда ҳаммага "отправка" бўлганини эшитиб қолдим...))
Abdimutolova
Manda pahta davrida paxtani yoqvorgan sinfdoshim birinchi bolib esga tushadi
Qiziq voqealar hammering Paxtada bolar edi.Insoniy tushunchalarning hammasini paxtada yani studentlikda anglab etganmiz.Yomoni pedagog bolgandan keyin bolgan.Bunday xorlik qaytarilmasmikan degan xadik bilan yashash qiyin.
Dilso'z Davletova
1996 yil edi 1kurs edim. Guzapoyalar yigʻib olingandi. Juda sovuq edi. Qor yogʻardi. Qachon tepadan buyruq bulsa uyga ruxsat beramiz deyishgan. Bu Xorazm Yangibozor tumaniga paxta terishga borgandik. Paxtadan nafratlanaman
Bizdayam xuddi shunday voqealar bolgan gozapoyalar yeshishtirilsayam uyga ruxsat yug edi...fermerlar bizga pul beradi deb domlolarimiz fermerni mollariga kurak terdilardi..nafratlanaman usha kunlardanham paxtasidanham...osha paytlar sharoitimiz yaxshi emasdi dugonalarimni pul berib paxtadan ota onasi olib qolardi...men borishga majbur edim afsuski gapirishdan foyda yugda
꯭❲❍꯭꯭꯭➢꯭❲꯭꯭🇷🇺꯭꯭❳𝞝꯭🇷꯭꯭ⴎ꯭Ꭶ꯭Ꭶⲓ꯭ⲁ꯭𝞝꯭꯭꯭꯭❲꯭🇷🇺꯭꯭❳❍꯭➢
15 gacha chuqadi deyishgandiku
Xurshida Sultonova
Eexx, Universitetda o'qiganimizda 4 yil paxtaga borgandik, ajoyiib damlar edi, studentlik oltin davrim.
ALHAMDULILLAH
Men paxtaga 4 kun chiqanman buldi
YOMON YOLGONCHIDE BU DTM SUPERNI NARXINI ENDI NECHI OY KUTISH KERAK?
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Banisada iwlardim paxtaga yotoqqa borib kelsez kunlikka chiqarardi wunaqa zolim boliwgan. Paxta paytidagi iwlarizda kamchilik bolsa koz yumilardi. Bowqa payt u kamchilik bn iwizdan xaydaydi. Shunday insonlaram bor. Xozirgacha amalidan foydalinib mensiwmediganlar bor baribir tinch iwlawinga qoyiwmedi exxxx afsus
Xolmurodova Sevara Abduqahhorovna
Assalomu alaykum hammaga! Exx paxta davrlari qaytmaydigan davrlar. Maktabda 5-sinfdan boshlab paxta chopish deysizlarmi chekanka qilishmi hammasida qatnashganmiz. 5-sinfdan 9- sinfgacha maktabdan, keyin kollej tomonidan 3 yil, kollejni tugatgandan keyin dadam maktabda o'qituvchi edilar maktab o'quvchilari paxtadan ozod etilgandan so'ng o'qituvchilar chiqa boshladi ushanda dadamni o'rniga ham 3 yil paxta terganman. Ajoyib damlar edi ammo usha paxtadan oshqozonimda yazvo yodgorlik bo'lib qoldi.
Тўғри пахта териб ёрдам бериш айб эмас,аммо вақт масаласига таъсири бор эдида. Бўлмаса уни ҳам ўзига яраша завқи бор эди. Пахтада тагирди кўпчилик бир бирини биларди ўрганарди.
Нодирбек Абдурахмонов
👍👍👍👍👍👍👍
Men xotirlayman ancha bo'ldi taxminan shu 2, 3 kun ha ilgari issiqda paxta terdim paxta terishni yomon ko'raman! 😕😕😕
Davron Norqobilov
2 sinfdan 11 sinfgacha paxta terganman. instutda xam 4 yil paxta terganman. instutdagi paxta o‘qishdan xam yaxshi damlar edi,
Пахтага борганимда кам пахта терардим. Ҳар кечги йиғилишда (штабда) чиқиб гап эшитардим декандан. Кейин соат кечги 2 гача эртанги кундаги овқат учун картошка тозалардик
G'ayrat Mansurov
Bo'ka tumanining pepayon dalalari.
Kaktus
Ex paxta 3-4 sinfmda terardik. Majburan òqtuvchilarimiz olib ketardi. Bir kun bormayman deb uyda yashirinib òtirgandim shunda ham men urib yìģlatib olib ketishgandi juda qiyin paytlar edi.
꯭❲❍꯭꯭꯭➢꯭❲꯭꯭🇷🇺꯭꯭❳𝞝꯭🇷꯭꯭ⴎ꯭Ꭶ꯭Ꭶⲓ꯭ⲁ꯭𝞝꯭꯭꯭꯭❲꯭🇷🇺꯭꯭❳❍꯭➢
Manmcha utkan yilgidek bulsa kerak
Камилджан Юлдашев
Мен собик Совет Иттифоки даврида мактабни тугатганман.1-синф пайтимизда пахтага чикканмиз,кунига 1-2 соатдан.10-синф пайтида 31 декабрь куни хам туш пайтигача пахта терганим эсимда.Уша пайтлари 1 кило пахтага 2 тийин беришарди.
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Xushnudbek siz mustaqillik yoshi bn tengsiza?
Show next 100 comments