Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Xolmurodova Sevara Abduqahhorovna
Assalomu alaykum hammaga! Exx paxta davrlari qaytmaydigan davrlar. Maktabda 5-sinfdan boshlab paxta chopish deysizlarmi chekanka qilishmi hammasida qatnashganmiz. 5-sinfdan 9- sinfgacha maktabdan, keyin kollej tomonidan 3 yil, kollejni tugatgandan keyin dadam maktabda o'qituvchi edilar maktab o'quvchilari paxtadan ozod etilgandan so'ng o'qituvchilar chiqa boshladi ushanda dadamni o'rniga ham 3 yil paxta terganman. Ajoyib damlar edi ammo usha paxtadan oshqozonimda yazvo yodgorlik bo'lib qoldi.
Тўғри пахта териб ёрдам бериш айб эмас,аммо вақт масаласига таъсири бор эдида. Бўлмаса уни ҳам ўзига яраша завқи бор эди. Пахтада тагирди кўпчилик бир бирини биларди ўрганарди.
Нодирбек Абдурахмонов
👍👍👍👍👍👍👍
Men xotirlayman ancha bo'ldi taxminan shu 2, 3 kun ha ilgari issiqda paxta terdim paxta terishni yomon ko'raman! 😕😕😕
Davron Norqobilov
2 sinfdan 11 sinfgacha paxta terganman. instutda xam 4 yil paxta terganman. instutdagi paxta o‘qishdan xam yaxshi damlar edi,
Пахтага борганимда кам пахта терардим. Ҳар кечги йиғилишда (штабда) чиқиб гап эшитардим декандан. Кейин соат кечги 2 гача эртанги кундаги овқат учун картошка тозалардик
G'ayrat Mansurov
Bo'ka tumanining pepayon dalalari.
Kaktus
Ex paxta 3-4 sinfmda terardik. Majburan òqtuvchilarimiz olib ketardi. Bir kun bormayman deb uyda yashirinib òtirgandim shunda ham men urib yìģlatib olib ketishgandi juda qiyin paytlar edi.
꯭❲❍꯭꯭꯭➢꯭❲꯭꯭🇷🇺꯭꯭❳𝞝꯭🇷꯭꯭ⴎ꯭Ꭶ꯭Ꭶⲓ꯭ⲁ꯭𝞝꯭꯭꯭꯭❲꯭🇷🇺꯭꯭❳❍꯭➢
Manmcha utkan yilgidek bulsa kerak
Камилджан Юлдашев
Мен собик Совет Иттифоки даврида мактабни тугатганман.1-синф пайтимизда пахтага чикканмиз,кунига 1-2 соатдан.10-синф пайтида 31 декабрь куни хам туш пайтигача пахта терганим эсимда.Уша пайтлари 1 кило пахтага 2 тийин беришарди.
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Xushnudbek siz mustaqillik yoshi bn tengsiza?
Exxxxxx paxta!
Maktab davrlarim yodimga tushdi.
Tergan paxtalarimizni pulini yeb ketgan fermerlar esimga. Tushdi.
Дарьябай Кадирбергенов
Bes jasımnan baslap paxta otap, paxta tergenbiz. Awılda jasaymız. Házir ıqtıyarıy. Qáleseń barasań. Erkiń ózińde...
Kollejdan 2 3 kursdan chiqganman 1 haftada qochib uyga ketardik hamma bolla shunaqa qib urnimiz almashib yurardik. Maktabda chiqmaganman menda allergyiya bor urnimga onam chiqardilar . Kimdur chiqish kerak edi urniga sanab yuk moshinalaga chiqardik dalaga borib tuwardik . Utib ketdi hammasi hayriyat mana hayotda uz yulimni topaman deb harakat qilyabman hozzir Maskvadaman shu yerda uqiyman meditsina universitetida kelajakda vrachlani yana paxtaga aytmaydi deb umid qilaman 😅😂🤣
O'quvchi bo'lib paxta terdik,
Talaba bo'lib paxta terdik,
O'qituvchi bo'lib paxta terdik. Paxta dalasi bilan bog'lik salkam 20 yillik xotiralarimiz bor. O'qituvchi bo'lib, qishloqda har kuni o'quvchilarni majburiy paxta terimiga uyma-uy yurib ergashtirib chiqardik. Ba'zi o'quvchilarmiz uyiga borayverganimizni uzoqdan ko'rib shumbolaga o'xshab tandirga kirib bekinib olardi. Baribir topib olib chiqardik. Xotiralarimizni boshidan oxirigacha yozsak kommentga sig'maydi, roman bo'ladi.
Arniyada paxta terganlar bormi. Nafratlanaman paxtadan....
Косуаков
Пахтага ётокга олиб боради, кишлокга борганда фермерлар бизга ёрдамчи керак эмас деп олишмайди, ёки фермер олишсаям уша кишлокдаги одамлар уйларига куйишмасди, тушлик пайтида бориб туда уйларга жойлашар Эдик, битта уйда 40та киши жойлашган пайтлар булган
2000 yillar..5-sinfda o‘qiyman..havo sovuq..mavsumni ohiri edi.maktabdan topshiriq bo‘ldi. paxta ko‘sakini terib uyda isitkichni ustiga qo‘yib quritib paxtasini ajratib olib maktabga olib borardik..xar kuni 1 kg norma..
Paxta bizning boyligimiz,
G'o'zapoya oyligimiz. degan achchiq latifalar bo'lardi
Яхшими ёмонми, купчиликни ёшлик даври пахтада утган. Кимдир биринчи севгисини учратган, кимдир эса хаётни курган...
Утган кишни совуги йук дегандай. Шукр килишимиз керак. Вакти келиб бугунги кунимизни ёмонлайдиганлар хам топилади.
Show next 100 comments