Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.
5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.
Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.
❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.👉 @xushnudbek 👈
Yosh avlodni tarbiyalashda ularni mehnatsevarlikka o'rgatish uchun ijtimoiy mehnatga safarbar qilish kerak, majburlash emas qilgan mehnati mamlakatga, hududga, oilasiga naf keltirishini tushuntirish lozim.
Ko'plab davlatlarda bunday tizim mavjud, faqat majburiy mehnat ko'rinishida emas. Ijtimoiy, ekologik, kasb o'rganish va h.k. shaklda uchraydi. Yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo'shadi.
Mustaqil diyorimizni iqtisodiy erkinligi va uni taraqqiyoti yo'lida fidoyilik bilan jonkuydirib ishlaydigan insonlar (yoshlar)ni tarbiyalash kerak. Bu USTOZlar va OTA-ONAlar oldidagi mas'uliyat hisoblanadi.
Aytishga arzigulik xotiralar ko'p...