Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Endi 5-sinfga otkanimizda Paxtaga chiqarish toxtatilgan😅
Men 1 sinfga borganda chiqqanman, Samarqand viloyatida xususan bizni maktabga 1- sinfda paxtaga olib chiqar edi. Tõĝriroği maktabga darsga borganda setkaga paxta olib borardik.
Aygul Turalova
Paxta terimidan juda qiynalganman,maktabda o'quvchilikdan to 20 yillik ped stajga ega bo'lgan o'qituvchlik faoliyatimgacha paxta terganman.Bolalarimni velosipedga mingashtirib dalaga olib borishga majbur bo'lardim.Eslagim ham kelmaydi.U vaqtlari pulini ham to'liq bermasdi,ishdan ayrilib qolmaslik uchun majbur borar edik.
To'g'rsini etsam yoshlikda maktab paytlarida paxtaga desa hamma qatori borardik paxta tergani sevgan qizimni paxta tersa unga yordamlashgani😉ha shu paytlar ham otib u qiz ham erga tegib ketti🤦‍♂️
МСВ:Янгиобод
Hozirgi paytda paxta asosan MFY xodimlarining zimmasiga qolib ketdi. Mahalladan odam olib chiqish kerak, lekin hozir ishsiz uyushmagan aholi vakillarining koʻpchiligi boqimanda kayfiyatga tushib qolganmi yoki mehnat qilib pul topishning zahmatidan qochishadimi bilmadimu, paxta yigʻim-terimida ishtirok etib, oila byudjetiga daromat keltirishni xohlashmaydi. MFY xodimlari esa uyushmagan aholini paxta terimiga jalb qilolmasa, aybdor boʻlib qolishadi.
Даврон
Нормани бажара олмай 🥔 туграб чиккан кунларим
Рахматиллаев Каримжон
Oybek
Audioni eshitgan bo'lsangiz yomon demadi majburiy mexnat mumkin emas deyapti. Xozir xam kim xoxlasa chiqib paxta tersa bo'ladi yaxshigina pul xam to'laydi
Рахмат тушундим.Уша даврларда хам мажбурий мехнат хакида хеч ким билмас эди.
Paxtayam bir davr edi lekin kursdowla bilan qiyinchilik bilinmasdi
Дилафруз
Ҳозири кунимизга шукурлар айтаман оллоҳга.Ҳамма оғир кунлар,пахта,кўчага шанбалик,маҳаллани рўйхатини ол деган муаммолар ўтиб кетди
Бегали Куватов
Пахтада штаб буларди, барибир тушунмайсизлар нималигини, у хозирги суний тарзда мошинани киммат килиб халкка сотишдан хам ёмонрок...
DOʻST
Qaysidur manoda paxtani ham oʻzini gashti bor otm talabalarini yoshlarni sal boʻlsa ham mehnatka egardi hozir koʻpchilik dangasa boʻlib qolyabdi
Oybek
Audioni eshitgan bo'lsangiz yomon demadi majburiy mexnat mumkin emas deyapti. Xozir xam kim xoxlasa chiqib paxta tersa bo'ladi yaxshigina pul xam to'laydi
+++ tugri km bekor bolsa pul kerak bolsa uzi ucun iwlasn lekn majburan paxtaga olb borb iwlatiw bolmaydida unda paxtaga pul ham tolanmaydi tolansa ham kmdrlarni contagiga kirb ketadi
Feruza
Nachovka degani bo'lardi kimlardir anchagina pul ishlab olardi .Ollohga shukr hozir hammasi zo'r.Eng muhimi hozir ancha yaxshi tolaydi paxtaga .Ilgari mehnatga qaraganda puli kam edi.O'qituvchiman maza qilib darsimni berib yuribman.
Мен 1 Чи синфдалигимда пахтага чикканман,ўқитувчимиз билан,10кг пахта терганман,тарози ёнига судраб олиб келганман, шу билан то болалар мехнати чегаралгунгача, мактаб, лицей,институти ва иш ,шу сабабли ЭНГ ажойиб фасл олтин кузни ёмон кўрардим,ҳозир аксинча хурсанд бўлиб ўзим севган Ишимга чиройли манзаралар дан бахраманд бўлиб бориб келаман
Paxta tergan xalq kam bo'lmadi!? Lekin roxat-faroxatda ham yaxshamadi.
Yosh avlodni tarbiyalashda ularni mehnatsevarlikka o'rgatish uchun ijtimoiy mehnatga safarbar qilish kerak, majburlash emas qilgan mehnati mamlakatga, hududga, oilasiga naf keltirishini tushuntirish lozim.

Ko'plab davlatlarda bunday tizim mavjud, faqat majburiy mehnat ko'rinishida emas. Ijtimoiy, ekologik, kasb o'rganish va h.k. shaklda uchraydi. Yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo'shadi.
Mustaqil diyorimizni iqtisodiy erkinligi va uni taraqqiyoti yo'lida fidoyilik bilan jonkuydirib ishlaydigan insonlar (yoshlar)ni tarbiyalash kerak. Bu USTOZlar va OTA-ONAlar oldidagi mas'uliyat hisoblanadi.

Aytishga arzigulik xotiralar ko'p...
Bizi kollejda 1-kursligimizda 2-kurslani ornini toldirgani oborishgan sababi kuratrimiz isqirt ayolidi maddox
Студентлигимизда Кам пахта терганларни коронгу тушгач трактор чироги еругида пахта тердиришгани едимга тушди
Assalomu alaykum Xushnudbek yaxshimisiz. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim ba‘zi manbalarda dunyoning Top 1000 talikka kirgan oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talaba xorijdan o‘qishini ko‘chirayotganda hech qanday imtihon sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri perevod bo‘ladi deyilmoqda. Bu yilda ham shu bo‘ldimi? Shu haqida kanalingizda batafsil ma'lumot tashlasangiz. Hamda hozirgi kunda qaysi xorijiy oliygohlar kiradi ya‘ni Markaziy Osiyodagi davlatlarda
Gavharoy Abbosova
Eh,Xushnudbek, ukamey,ajoyib mavzularni topib yurasizda,Talabalik davrlarimiz,90 - 95- yillar judddayam " Oltin davr " bo'lib o'tibdida,biz uchun.Sentyabrda ketib,Dekabrda qaytardik.Kursdoshlar,Fakultetdoshlar paxtada yaxshigina tanishib olardik.
Show next 100 comments