Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.
5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.
Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.
❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.👉 @xushnudbek 👈
Канча канча куз ёшлар, канча кувончли кунлар, ёшликнинг шухликлари....
Лекин фарзандларим узимдек кийналиб пахта теришларини хеч хам хохламайман, шунга харакат килиб касб хунарли киламан
Kollejdaligimda paxtaga kelinglar deyilardi men va bir nechta oʻrtogʻim qaysarlik qilib bormasdik, keyin bir kuni kollej direktori bormayotganlarni, buyruqqa boʻy soʻnmayotganlarni chaqirib urishardi, lekin baribir bir-ikki borib yana qaysarliklar koʻrsatardik. (azizlar, bilasizlarmi, bu illatdan Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hech qanday aybi yoʻq, U buyuk inson!!!)
Hatto gerbniyam uzgartirish kerak.
Кейин 1990-95 йилларда Тошкентда пед институтда ўқиган вақтимда пахтага чиқаришмади.
Ўқиган мактабимга ишга келдим яна шу ахвол 2,3 ойлаб пахта терардик.
Мажбурий меҳнатдан безиб кетгандик. Ўз ишимиз қолиб кетарди, дарслар умуман ўтилмаган.
Мана энди ҳаммаси бошқача.
Шу кунларгаетказганига шукр.
o'shalarmidi.....
Hayot saboqlari, toblanish, mustaqil hayotga tayyorlashni eslayman.
Toʻgʻri taʼlimdan yiroqlashilgan lekin taʼlimni qadriga yetib kelar edik. Oʻsha partalarimizni qadriga yetib paxtakor boʻlib qolib ketmaslik uchun oʻqish va oʻrganishga undash vazifasini ham oʻtagan man uchun.
Yuragim tirnaladi.O'sha vaqtda kelgan tekshiruvchi ta'limdan xabari yo'q bo'lib ishimizdan kamchilik topsa biron narsa deyishga maktab raxbarlari qo'yishmasdi.chunki bunii orqasidan yuqoridagi janobdan xaqorat eshitarkanda. Xullas Xurshidbek men SSSR davridagi paxta bilan bo'liq xotiralarnimas o'z millati oyog'iga bolta urmoqchi bo'lganlarni o'ylab ,shu ishlarni avval o'zi xokim bo'lgan viloyatda keyin Respublikaga yoyganlardan nafratlanaman.Mayli xammaga Xudo bor deb qo'yaman.
Xudoga shukr, hozir paxta terish xohishiy. Paxta terishni bilganlar chiqib teradi👏👏👏