Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
8-sinifligimda, adashmasam 30 kgga yaqin tergandim, puli esa 1700 soʻm boʻlgandi. shu pulni keyinroq beriladi degandi, berilmadi.
Kollejdaligimda paxtaga kelinglar deyilardi men va bir nechta oʻrtogʻim qaysarlik qilib bormasdik, keyin bir kuni kollej direktori bormayotganlarni, buyruqqa boʻy soʻnmayotganlarni chaqirib urishardi, lekin baribir bir-ikki borib yana qaysarliklar koʻrsatardik. (azizlar, bilasizlarmi, bu illatdan Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hech qanday aybi yoʻq, U buyuk inson!!!)
100 Foiz qushilaman.
Hatto gerbniyam uzgartirish kerak.
Ёшим 48 да мактабда, нуловой синфга қабул қилингандан то мактабни тугатгунча пахтага чиққанман. Хатто "пахта иши" бўйича мактабда бизни сўроқ қилишган.
Кейин 1990-95 йилларда Тошкентда пед институтда ўқиган вақтимда пахтага чиқаришмади.
Ўқиган мактабимга ишга келдим яна шу ахвол 2,3 ойлаб пахта терардик.
Мажбурий меҳнатдан безиб кетгандик. Ўз ишимиз қолиб кетарди, дарслар умуман ўтилмаган.
Мана энди ҳаммаси бошқача.
Шу кунларгаетказганига шукр.
Klara
Assalomu alaykum, paxta bizning milliy boyligimiz hisobladi ,ammo sobiq SSSR davrida maktabda o'qimasdan bolaligimiz ,yoshligimiz paxta dalalarida o'tdi. Yil bo'yi qilingan tinimsiz mehnat evaziga ham xalqimiz kosasi oqarmadi. O'sha davrlarda maktab o'quvchisi edik. Dekabr oyining o'rtalari edi.Butun dalani oppoq qor bosgan .Biz esa paxta terimida edik.Dala egatlarini kun bo'yi aylanamiz, ammo bir dona paxta chigitini ham topa olmaymiz , umrimiz behuda o'tayotganini bilamiz-u hech nima deya olmaymiz . Balki maktabda o'qimasdan bolaligimiz o'tmaganida , biror hunarlarni o'rganganimizda hayotimiz boshqacha bo'lar edi .... Barcha orzularimiz
o'shalarmidi.....
Assalomu aleykum. Xushnudbek aka siz hamma viloyatlarda zakovat turnerini o'tqazgan edingiz final avgust oyida Toshkentda bo'lish kerak edi. Nima bo'ldi xabar bermadiz
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev. Super kontrakt yoki tabaqalashtirilgan kantrakt qachon aniq boʻlar ekan.
Paxta desa Rishton dalalarida oʻtgan oʻquvchilik yillarim, Choʻl Guliston dalalaridagi qiziq xotiralar, Andijon Ulugʻnor dalalaridagi talabalik xotiralarim, Fargʻona Qoʻshtepa dalalaridagi qiziq kunlar, umuman olganda talabalikka berilgan oltin davr nomini nima uchun bunday deyilishini tushunaman. Qadrdon sinfdoshlarim, ajoyib kollejdoshlarim, ADU va FarDU dagi oliygohdoshlarim, shuningdek qadrli, gʻamxoʻr va mehribon ustozlarni eslayman.
Hayot saboqlari, toblanish, mustaqil hayotga tayyorlashni eslayman.

Toʻgʻri taʼlimdan yiroqlashilgan lekin taʼlimni qadriga yetib kelar edik. Oʻsha partalarimizni qadriga yetib paxtakor boʻlib qolib ketmaslik uchun oʻqish va oʻrganishga undash vazifasini ham oʻtagan man uchun.
Assalomu alaykum. Yoshim 50 da.to'gri bizni bolaligumiz ,talabaligimiz paxta dalsida o'tgan.Lekin shunday bo'lsa xam uztozlarimiz maktabdalik vaqtimizda davrimizda bizni ilmga muxabbat uyg'ota olishgan.Ollox ulardan rozi bo'lsin.Men u davrda ustozlarimga kelib xamma bo'yin cho'zganini ularni xor bo'lganini ko'rmaganman.Hamma vaqt ularga bo'lgan xurmatni xis qilganman.Balki shu sababdan o'qituvchilik kasbini tanlagandirman.Lekin 2005-2016 yillardagi xo'rliklarni eslab ba'zan yig'lagim keladi.Osha vaqtlarda xurmatli xokimlarimizdan biri(xozir xam u janob bir viloyat xokimi) "o'qituvchi otni kallasidek oylik olyapti.uni yuklamasiga ko'cha tozalash ....ishlarni bajarish xam kiradi "degani esimda. Bundan xam yomoni kecha kollejni darsdan qochib bitirgan 18-20 yoshli kamolatchi men 25 yillik ustozni necha kunlab tayyorlangan ochiq darsimni bo'lib meni ish xujjatlarimi tekshirganichi.Bulatni eslasam
Yuragim tirnaladi.O'sha vaqtda kelgan tekshiruvchi ta'limdan xabari yo'q bo'lib ishimizdan kamchilik topsa biron narsa deyishga maktab raxbarlari qo'yishmasdi.chunki bunii orqasidan yuqoridagi janobdan xaqorat eshitarkanda. Xullas Xurshidbek men SSSR davridagi paxta bilan bo'liq xotiralarnimas o'z millati oyog'iga bolta urmoqchi bo'lganlarni o'ylab ,shu ishlarni avval o'zi xokim bo'lgan viloyatda keyin Respublikaga yoyganlardan nafratlanaman.Mayli xammaga Xudo bor deb qo'yaman.
Paxta masalasida o'qituvchilardan so'rasangiz ularni o'g'riqli nuqtasi boshlang'ichman darsni o'tvolib qorovulxonada kiyimimizni almashtirib yo'lda bakalashkada choy ichib yong'oq chaqib non yeb ketardik kechga qorong'ida paxtani tortkizib uyga borib xamir qorib non yopib (3 kunda bir) ovqat qilardik ertalab maktabga borsak nornani bajarmading deb gap eshitib (o'quvchilar bilimini hech kim so'ramasdi) darsni boshlardik
Assalomu alaykum super kantrakni narxlari aniq bo‘lmadimi o‘qimoqchi bo‘lganlar arizani qachondan yozish kerak kech qolmaymizmi
Shavkat Geldiyev
E Paxta bor xaliyam shuni uchun kekayib yuribsanlarda noshukurlar.
Shavkat Geldiyev
Bizda bor o'sadi xaliyam neft o'xshab tugab qolmaydi.
Гули Жураева
Эссиз одамлар ношукр булиб кетгансизлар бу гаплариз билан рахматли призидентимизни коралаб ётибсизларда энди а у сен Хушнудбек катта гапириб нимага гап ковлаштиряпсан Каримов булмаганда хозир балки биз хам Авгонистон халкидек кун кечирётган булармидик сал уйлаб гапир пахта хаммага керак пахта бор кеккайиб юришибсан
Shodiyeva Mahliyo
assalomu alaykum Xushnudbek. Talabalik davrimda eng zòr davrim paxtaga chiqqan davrim bòlgan . Mehnat insonni hayotga tarbiyalaydi, paxtadagi qiyinchiliklar meni chiniqtirdi . Oliygohda har òqish - uy bòlardi , lekin paxtaga tunu kun kursdoshlarim bilan birga bòlib ular bilan maroqli òtgan . Paxta davrimni òziga xos gashti bòlgan
Assalom Alaykum Xushnudbek aka men Sizdan yordam so'ramoqchiman uyimiz yonida katta ariq o'tgan shu ariq tolib qolgan va mahalla yo'liga hamda bizning darvoza yo'lga hamda devorimiz tagiga suv oqmoqda Fermer oz oqava suvi qayerdan ketayotganiga qaramaydi men kop bora aytdim mahhalla obpdonlashtirish hizmatiga ham aytdim buni bahordan beri aytaman chopmayapti oldinlari savob uchun o'z yonimizdan ekskovatorlarga choptirat edik bu yil qurbimiz yetmadi Shunga qanday chora ko'rsa bo'ladi
Madina
Paxtaning o'zi oq bo'lsa, mehnati qora edi. 7 yillik talabalik umrim paxta dalasi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida kechgan. 40-45 kunlab ota-onadan, uydan uzoqda, sovuq va sichqonlar bolalagan zax zallarda yashaganmiz. 🙄🙄🙄🙄🙄Sharoitgaku bir balo qilib chidash mumkin edi, ammo paxtaga beriladigan normani hammamiz ham eplolmasdik. 😏😏😏😏Shaxsan o'zim ham. Onajonim yeb ichasan deb berib yuborgan pullarni, mahalliy aholidan paxta sotib oliwga sarflaganmam. 😔😔😔Chunki har qanday yo'l bilan ham normani bajarish shart va majburiy edi. Bo'lmasa tungi 1 2 gachq Paxta shtabida uyqudan qolib fakultet dekaniga hisob berardik😥😥😥.
Xudoga shukr, hozir paxta terish xohishiy. Paxta terishni bilganlar chiqib teradi👏👏👏
пахта мавсумида совет даврида 5 синфдан мажбурий мактаб тухтатилиб йигимга жалб килинарди то декабр ойигача далада юрардик емгирда хам корда хам даладан чикиш йук эди ушанда мен хам 5 синф укирдим Бухоролик булганлигимиз учун хозирги урта чул ерлари да етиштирилган пахта теришга еток билан хар бир оиладан камида бир еки икки икки киши мажбурий курпа тушак билан егимга борордик ушанда 40 кундан ортик колиб кетганмиз совук тушган хаттоки ейишга нонимиз колмаган кунлар булган айникса бир кунни эслайман корниб оч пахтадан келсам ош килишган негадир манга 10 синфда укийдиган тогам ош колмади бизга дедилар ман билардимки керасин хиди келиб турган котган нон хам йуклигини шунда тогамга шунаканги йиглаганман хатто хозир хам эслаб йиглаяпман кейин билсам куп холларда овкатларимизда иложсизликдан итни суйиб гуштдан овкатга солишар экан бу 1981-1982 йилларда тугри келади бу кийинчиликларимизни бир куни холос
pp pp
Ассалому алайкум. Биз энг куп пахта терган студент булиб тарихга кирдик. Медицина институтда 7 йил укиб 7 йил хам пахтага чиккан студентмиз. 2 йил техникум дан 3 йил мактабдан пахта теришга чикканмиз. Энг зур хотиралар пахтада буларкан. Хозирги студент пахтага чикмайди эртан битирса тайинли хотиралайдиган саргузашт йук.
Juda tóg'ri fikrlar .Bolaligim, talabaligim eng og'riqli nuqta_bu paxta davri hisoblanadi. Undan sóng ishni boshladik, barcha xizmatlari biz óqituvchilar bilan bajarilardi. Ishda rahbarlar bilan, hamma óqituvchi sheriklarimizni uyida janjal bólardi.Paxta terish uchun Uzoqlarga mashinada ollib ketardi.Qoronguda kelib, bolalar qaysi bog'cha opasi bilan ketgan deb, uyda kechasi ovqat qilib pishguncha bolajonlar uxlab qolishardi.......,
Mana biz siz ham paxta planlar tólarkan, terilarkan.
Mana shu odilona siyosatni órnatgan barcha insonlarga mingdan ming Rahmat.Olloh ikki dunyo saodatini bersin,Ilohim.
Xushnudbek
Ha paxta mavdumi eng zor vaqtlar,ayniqsa qashqadaryoda paxta juda kòp
Show next 71 comments