Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Sebər Elə
Мен ҳам пахта даврларимни энг охиргисини гапиргим келди,2012-йил май ойида кичкина қизим туғилган,мен шу йили сентябрда ишга чиққанман ва 5 ойлик қизим бн ётоққа борганман энди мени ахволимни тасаввур қилувринг.2кунда қайтганман лекин 10кунлик навбатимни 8кунига пул тўлаб қайтганман.
Muhammadiyeva Sojida
Ассалому алайкум пахта давридаги хотиралар жуда куп студентликда ёшликда билинмайди лекин ишга киргандан кейин оила рузгордан ортиб пахтага чикиш жуда азоб булган бола чакани ташлаб ётокка олиб кетиларди мажбурий тарзда уша кунларди эсласам нафратланиб кетаман уша давр сиесатидан
Нафиса Камолова
Ассалому Алейкум, пахтани халк теряпти ,пул ишлаяпти,Хушнудбекни фикрлари жуда тугри, фикрларига 100%кушиламан хамма узини ишини киляпти хозир,Хушнудбек олг,а!
Paxta boshlanganda ozimizni mashinaga (ayniqsa damasga) ham egalik qila olmasdik gailar toxtatib majburiy odam tashitar edi exx u kunlar ortta qolganiga shukur
Paxta davrlarni eslasa kòpchilik òyin kulgu qilganlarini eslaydi lekin paxtaga chiqmaydigan bolalar majburlanardi , bir ikkita sinfdoshlarimni paxtada qochgani uchun rosa kaltaklawgandi òqituvchilar exx eslasam quldorlik jamiyatiga uxshab ketardi
Maktabda oqigan paytimda eng oxirgi yil 2011 maktablarni 1 kunlik chiqargandi. Keyinchalik maktablarni chqarmay qoydi. Men litseyda ham instutda ham paxtaga chiqqanman. Va bu davrlarni oltin davrlarim deb ayta olaman.
Davletova Sayyora
Paxta haqidagi xotiralarim shunchalik og'irki, hatto eslashga, yozishga kuchim yetmaydi.O'zim o'qituvchiman, hayotimda hech qachon kuz faslining go'zalligini to'yib kuzatolmaganman, uni faqat paxta dalasida o'tkazganman.Ollohga ming bora shukurki, bugungi kunda uyda, oila davrasida kuz ne'matlaridan bahra olyapman.
Vaqtida pul ishlashga majbur bo'lib, uydagilarim paxtaga chiqma maktabga bor desa ham paxta dalaga chopardim. Uydagilarim chin dildan o'qishimni istashsada, ba'zi ehtiyojlarim uchun mablag' yetazib berolmaganini hisobiga, vijdon tomonlama oz bo'lsada uydagilarga yordamim tegishini istardim. Haqiqatda qishloqda paxta terimni kutib reja qilib qo'yadiganlar soni juda ko'p. Yuqorida aytilganidek paxta davlatni boy yoki kambag'al qilmasligi mumkin. "Prosta" ishsiz qatlam buguni bilan yashashini hisobga olsak, ular shunchaki paxta terimdan xotya yil uchun kiyim sotib olishni o'ylaydi-boy bo'lishni emas!
Soʻkinish mumkin boʻlganda ancha gap yozilgan boʻlardi.
Maktabda 6 sinfdan boshlangan paxta Universitetda 2-kursda tugadi shundan keyin o'qishni boshladim
Norma terolmasak sotib olganmiz paxtalarni
Muzaffar
Manga paxta terish armon bo'lib qoldi😂😂😂
Exx.Mening ham maktabda,kollejda paxtaga borganim kechagidek yodimda.
Maktabda sinfdoshlarimiz bilan kuz payti dalaga paxta terishga borardik.men unchalik kop paxta tera olmasdim.har kuni ustozimiz paxtadan qaytayotganimizda tergan paxtamizni pulini olib tarqatardi.ertasiga shu pulga har xil narsalar olib yana g'ayrat bilan paxta terardik.kollejda ham shu.kurshdoshlar bilan dalalarni kezib,u yoq bu yoqqa borib konggil ko'tarib yurardik.Bir kuni men kollej yotog'iga bordim.u yerga paxta terish uchun kelgan koplab bollar joylashtirilgan edi.men u yerda 2 kunda zerikib qolib kechasi uyga qochib ketgandim.buni ham bir javobi bulgan.domlamizdan gap eshitgandim.
ㅤㅤㅤㅤ
Paxtaga chiqmaganmiza biz😅
To'g'risi, eslashni xohlamayman. Kollejda o'qituvchi bo'lib ishlagan davrimda talabalar bilan chiqqanmiz. Shogirdlarimga bergan azoblarimni eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi. Alloh o'zi kechirsin
Пахтани яхши деёлмайман. Лекин хамма нарсаниям яхши томонлари булади. Масалан бизлар курсдошлар бн роса калин буб кетганмиз пахта сабабли. Жудаям зур хотиралар колган. Бундан ташкари пахтада битта факултетни биринчи курсидан то 4 Чи курсигача талабалар хамма бир бирини танирди. Хозир курсдошлар бир бирини танимеди даже. Албатта бу фикрлар пахта сиёсатини оклашга сабаб булолмайди
Bir kuni akam koʻchaga chiqib qaytib kemagandi soʻramagan izlamagan joyimiz qomagan bu kunisiga onam bozorga chiqib koʻziga koʻringandan soʻrab chiqqandi ikki kunlardan keyin paxtaga ob ketib qolinganini eshitdik endi 2 kun onamning ahvolini tasavvur qilavering
Paxta milliy ramz sifatida tiqishtirib kelindi. Choynak- piyolamizda, gerbimizda tasvirladik. Negadir mustaqil boʻlganimizda ham undan voz kechmadik. Milliy boylik deya shoirona alyor aytdik. Milliy boylik xalq ekanligini unutdik. Paxtani xalqdan ustun qoʻydik. Hisoblasak sof foyda 5 mlrdga $ yetdi yo yetmadi. Iqtisodiyotimizni kelajakdagi qancha mlrdlardan ayirdik, hech kim hisoblay olmaydi.
Suhrob Ibragimov
Assalomu alaykum. Men ham o'z xotiralarim bilan o'rtoqlashsam. Bundan roppa-rosa o'n yil avval men taqdir taqozosi bilan Qoraqalpoq davlat universitetida o'qiganman. Bu hudud ham respublika paxta xirmoniga paxta yetkazish bo'yicha salmoqli hissa qo'shardi. Bizni ayrim tumanlarning olis qishloqlariga olib borishardi. Dekandan tortib toki o'qituvchilargacha biz "terimchi"larga zulm qilishardi. "Norma" bo'lmasa, shtabga qaytarmasdan paxta maydonida olib qolishardi. Tergan paxtamizni pullari shtab boshlig'i, gruppa sardori va hokazo va hokazolar tomonidan yulinib yulinib bizgacha yetib kelardi. Qizig'i, bir paytning o'zida bizni ayrim "uddaburon fermer" domlalarimiz o'zlarining ijarga olib foydalaniladigan yerlarida ham ishlatishardi. Ular fermerlar bilan bahorda kelishib yer olib ekin ekishib, kuzda biz borganda bizdan ishchi kuchi sifatida unumli foydalanib qolishardi. Kunjut yig'ardik, makkajo'xori terardik, va hokazo. Ko'pgina talabalarni ichish, chekishga o'rganishiga, ayrim qizlarni "yurib" ketishiga sabab bo'lgan davr ham desam bo'ladi.
Show next 44 comments