Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Maktabda 6 sinfdan boshlangan paxta Universitetda 2-kursda tugadi shundan keyin o'qishni boshladim
Norma terolmasak sotib olganmiz paxtalarni
Muzaffar
Manga paxta terish armon bo'lib qoldi😂😂😂
Exx.Mening ham maktabda,kollejda paxtaga borganim kechagidek yodimda.
Maktabda sinfdoshlarimiz bilan kuz payti dalaga paxta terishga borardik.men unchalik kop paxta tera olmasdim.har kuni ustozimiz paxtadan qaytayotganimizda tergan paxtamizni pulini olib tarqatardi.ertasiga shu pulga har xil narsalar olib yana g'ayrat bilan paxta terardik.kollejda ham shu.kurshdoshlar bilan dalalarni kezib,u yoq bu yoqqa borib konggil ko'tarib yurardik.Bir kuni men kollej yotog'iga bordim.u yerga paxta terish uchun kelgan koplab bollar joylashtirilgan edi.men u yerda 2 kunda zerikib qolib kechasi uyga qochib ketgandim.buni ham bir javobi bulgan.domlamizdan gap eshitgandim.
ㅤㅤㅤㅤ
Paxtaga chiqmaganmiza biz😅
To'g'risi, eslashni xohlamayman. Kollejda o'qituvchi bo'lib ishlagan davrimda talabalar bilan chiqqanmiz. Shogirdlarimga bergan azoblarimni eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi. Alloh o'zi kechirsin
Пахтани яхши деёлмайман. Лекин хамма нарсаниям яхши томонлари булади. Масалан бизлар курсдошлар бн роса калин буб кетганмиз пахта сабабли. Жудаям зур хотиралар колган. Бундан ташкари пахтада битта факултетни биринчи курсидан то 4 Чи курсигача талабалар хамма бир бирини танирди. Хозир курсдошлар бир бирини танимеди даже. Албатта бу фикрлар пахта сиёсатини оклашга сабаб булолмайди
Bir kuni akam koʻchaga chiqib qaytib kemagandi soʻramagan izlamagan joyimiz qomagan bu kunisiga onam bozorga chiqib koʻziga koʻringandan soʻrab chiqqandi ikki kunlardan keyin paxtaga ob ketib qolinganini eshitdik endi 2 kun onamning ahvolini tasavvur qilavering
Paxta milliy ramz sifatida tiqishtirib kelindi. Choynak- piyolamizda, gerbimizda tasvirladik. Negadir mustaqil boʻlganimizda ham undan voz kechmadik. Milliy boylik deya shoirona alyor aytdik. Milliy boylik xalq ekanligini unutdik. Paxtani xalqdan ustun qoʻydik. Hisoblasak sof foyda 5 mlrdga $ yetdi yo yetmadi. Iqtisodiyotimizni kelajakdagi qancha mlrdlardan ayirdik, hech kim hisoblay olmaydi.
Suhrob Ibragimov
Assalomu alaykum. Men ham o'z xotiralarim bilan o'rtoqlashsam. Bundan roppa-rosa o'n yil avval men taqdir taqozosi bilan Qoraqalpoq davlat universitetida o'qiganman. Bu hudud ham respublika paxta xirmoniga paxta yetkazish bo'yicha salmoqli hissa qo'shardi. Bizni ayrim tumanlarning olis qishloqlariga olib borishardi. Dekandan tortib toki o'qituvchilargacha biz "terimchi"larga zulm qilishardi. "Norma" bo'lmasa, shtabga qaytarmasdan paxta maydonida olib qolishardi. Tergan paxtamizni pullari shtab boshlig'i, gruppa sardori va hokazo va hokazolar tomonidan yulinib yulinib bizgacha yetib kelardi. Qizig'i, bir paytning o'zida bizni ayrim "uddaburon fermer" domlalarimiz o'zlarining ijarga olib foydalaniladigan yerlarida ham ishlatishardi. Ular fermerlar bilan bahorda kelishib yer olib ekin ekishib, kuzda biz borganda bizdan ishchi kuchi sifatida unumli foydalanib qolishardi. Kunjut yig'ardik, makkajo'xori terardik, va hokazo. Ko'pgina talabalarni ichish, chekishga o'rganishiga, ayrim qizlarni "yurib" ketishiga sabab bo'lgan davr ham desam bo'ladi.
Ўқувчилигимда яйрардик пахта теримида. 2000-йилдан ўқитувчилигим Йиллари эса хор бўлдик. Бу 2 дона гапни хар бирининг ичи 2 та катта китоб!?
Assalomu alaykum uzr boshqa mavzuda savolim bor edi. Chetdan perevod qilsa masalan o‘zimizni OTM bilan uyog‘dagi mutaxasisligi to‘g‘ri kelsa lekin fanlari 4tadan ortiq bo‘lsa qaytadan birinchi kursni o‘qishi kerakmi iltimos shunga javob berib yuborsangiz. Xushnud aka kanalizda izoh qoldirsayiz yaxshi bo‘lardi.
O‘qigan fanlarini farqi 4tadan ortiq bo‘lsa demoqchi edim
Nargiza Asliyeva
Togri,paxta siyosatini oqlab bolmaydi.Insonlarni jismoniy va ruhiy qiyinchiliklatga duchor qilgan bu davr.Ammo talabalar uchun bitta yaxshi tomoni bor edi bu ham bolsa dostni togri tanlash imkoniyati.Paxta davrida birga yashagani.iz uchun kim qanaqa inson ekanligini ajratib olar edik.Menimcha, oltin davrning asosiy qismi paxtada bolgan bolsa kerak.
Пахта мавсуми уша даврда респупликанинг иктисодий, маьнавий тараккиетигажиддий салбий таьсир этган. Окибатда айрим давлат идораларидаги кадрлар салохияти талаб даражасида эмас.
Уша даврларда коррупция авжига чиккан, унинг окибатлари хамон давом этмокда
Men ham paxta terolmaganman.talabaligimda 4 yil borganmiz paxtaga QDU ni bitirganman
7 sinfdan beri paxta terganmiz oqituchilar 1 orinda eeeh qancha qancha adabbuzarliklarni kormadik
Assalomu aleykum. Men 5 sinfdan boshlab paxtaga chiqqanman med kollejda xam 3 yil keyin xamshira bo‘lib ishga kirganimdan keyin xam davom qildi xuddi med kollejmas agrar kollejni bitirganmanmi deb o‘ylab qolardim xozir yo‘q xozir o‘z ishimizni qilib boshladik
Show next 35 comments