Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Hammaga salom, bizni tuman hududda ham virus chiqqanligi aytilganiga 1haftadan oshdi, 1bemor vafot etdi. Lekin rasmiy xabarlarda E'LON qilinmadi. Shu sababli, tumanimizning yarim aholisi vahima dan uyda yarim aholisi esa ko'chada erkin yuribdi. Kasallik E'LON qilinmay turib ham sariq hudud deb E'LON qilinishi to'g'rimi, Xushnudbek?
Азиза Пардаевна
24ADS
@Xabarlari24 kanalida koronavirus haqida tezkor ma’lumotlar joylangan ekan men shu yerdan ma’lumotlar olaman
Менимча вирус юктирганларни аник сонини билиб булмайдиган холга келдик,уйда даволанаётганлар Яна юктираётган булиши мумкин
Aristokratka
Karantin bitta meni jonimga tegmadi. Menga qolsa uyda o‘tiraman. Xalq qiynalyabdi sezyabsizmi? Shu narsani?
ha albatta siz xalqparvarsz karantinda o'zingizni emas bowqalarni o'ylisz hamma wunga majbur o'zinga extiyot bo'l qo'wnini o'g'ri tutma
Bekor shoshilib ochishdi
Endi toʻxtatib boʻlmaydi 😥
Man Navoiydanman
Bu yerda kasal juda koʻp
Lekin aytishmaydi
Nega bunaqa qilishadi
Toʻylar doimgiday 200 300 ta boʻlyabdi
Hamma joyda
Nazorat umuman yoʻq 😔
Nima un karantinni oxirigacha olib boriwmadiii Aprel oyida bizda xam tugar ediii xamma narsaga ruxsat bervorganidan keyin kopayib ketti axir qowni davlatlarda wundeee olib qolyapti odamlarii. inson taqdiri nima boladiii manimcha ynaa xamma joyni kere bosa yangi yilga cha yopiw kere soglik salomatlik xammaizga Avvalom bor Alloh ni ozi qollasin Azizi kanal muxlislari Yurtimiz soglikimiz un douda bolaylik
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
Asanov Anvar
Man Navoiydanman Bu yerda kasal juda koʻp Lekin aytishmaydi Nega bunaqa qilishadi
Man ham navoidanman bizdan kasallarni yawiriwyapdi rostanam
Dilshodbek
Sogliqni saqlash vazirligi chichib qoydi. 10mingta kasalga otrib qoldi. Joy yoq u bu. Kopaysa nma qladi odamla. Kech murojaat qildi dvotti xamma olganlar i. Kordim murojaat qilgan bilan xamma bir briga tel qil didi. 1003 ga qilsak poliklinika unga qilsak 103ga qil didi. 103 bza xc nma qimimz didi. Analiz topwirsn dvoti. Analizni ses omayapti faqat kontaktda bolgan bolseyz tekshramz diyishdi. Chastniyga bordik kochada moshinada olishvotti xamma yoq bardak masofa saqlanmagan. Sog odamam shu yerdagi kasallardan yuqtirib ketaveradi. Yana javobi 2kundan keyn chiqadi. Bular yana kech murojaat qildi deyishadi
Xushnudbek Farģonadan chiqdiku hamma joyda aytti siz "yashil hudud"dep yozdiz kimiki anniqroq. Lekin Farģonadan chiqdi
Shoira Karimqulova
Xushnudbek,assalomu alaykum Toshkent shaxrida juda ko'payib ketdi Viloytlarda kamroq Toshkent axolisini xammani emas bir oz shamollash tomoq og'rigi alomatlari bor bemorlarni barchasini pullik bo'lsa xam testdan o'tkazish va bemorlarni aloxida davolash kerak va xec Toshkent shaxrida karantinni kuchaytirish kerak xamma bemalol yuribdi .Namunni testga SesDA emas maxallalarda odam to'plamasdan mashinalarda olish kerak.Xushnudbek balki fikrlarni siz yetkazarsiz
Shoira Karimqulova
Sog'liqni saqlash vazirligiga davlatga xam oson emas o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz barchaga,xukumatimizga,shifokorlarga,militsiya,milliy gvardiya xamma mexnat qilib kurashayotgan yurtdoshlarimizga,ilohim xamma so'g'ayib oilalariga qaytsin
Mehriniso Abdullayeva
Assalomu alaykum Xushnudbek
Sizdan minnatdormiz
Eng dolzarb mavzu muammolarni olib chiqib oxirigacha harakat qilyapsiz
Albatta bu kasallikdan har birimiz harakat qilsak xudo xohlasa nasib qutulamiz
Mani bir muammo oʻylantirayapti
Maktablarda nima boʻladi sentyabrda
Rossiyada preparat chiqdi deyishdi
Yana bir muammo balki kulgilidir lekin bu ham ogʻriqli masala JEKlar masalasiga ham bir toʻxtalsangiz
Domda yashaydiganlar muammosi bu
Katta pul talab qilishadi ammo ish yoʻq bahonalar koʻp
Rahmat
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
Show next 3 comments