Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Bekor shoshilib ochishdi
Endi toʻxtatib boʻlmaydi 😥
Man Navoiydanman
Bu yerda kasal juda koʻp
Lekin aytishmaydi
Nega bunaqa qilishadi
Toʻylar doimgiday 200 300 ta boʻlyabdi
Hamma joyda
Nazorat umuman yoʻq 😔
Nima un karantinni oxirigacha olib boriwmadiii Aprel oyida bizda xam tugar ediii xamma narsaga ruxsat bervorganidan keyin kopayib ketti axir qowni davlatlarda wundeee olib qolyapti odamlarii. inson taqdiri nima boladiii manimcha ynaa xamma joyni kere bosa yangi yilga cha yopiw kere soglik salomatlik xammaizga Avvalom bor Alloh ni ozi qollasin Azizi kanal muxlislari Yurtimiz soglikimiz un douda bolaylik
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
Asanov Anvar
Man Navoiydanman Bu yerda kasal juda koʻp Lekin aytishmaydi Nega bunaqa qilishadi
Man ham navoidanman bizdan kasallarni yawiriwyapdi rostanam
Dilshodbek
Sogliqni saqlash vazirligi chichib qoydi. 10mingta kasalga otrib qoldi. Joy yoq u bu. Kopaysa nma qladi odamla. Kech murojaat qildi dvotti xamma olganlar i. Kordim murojaat qilgan bilan xamma bir briga tel qil didi. 1003 ga qilsak poliklinika unga qilsak 103ga qil didi. 103 bza xc nma qimimz didi. Analiz topwirsn dvoti. Analizni ses omayapti faqat kontaktda bolgan bolseyz tekshramz diyishdi. Chastniyga bordik kochada moshinada olishvotti xamma yoq bardak masofa saqlanmagan. Sog odamam shu yerdagi kasallardan yuqtirib ketaveradi. Yana javobi 2kundan keyn chiqadi. Bular yana kech murojaat qildi deyishadi
Xushnudbek Farģonadan chiqdiku hamma joyda aytti siz "yashil hudud"dep yozdiz kimiki anniqroq. Lekin Farģonadan chiqdi
Shoira Karimqulova
Xushnudbek,assalomu alaykum Toshkent shaxrida juda ko'payib ketdi Viloytlarda kamroq Toshkent axolisini xammani emas bir oz shamollash tomoq og'rigi alomatlari bor bemorlarni barchasini pullik bo'lsa xam testdan o'tkazish va bemorlarni aloxida davolash kerak va xec Toshkent shaxrida karantinni kuchaytirish kerak xamma bemalol yuribdi .Namunni testga SesDA emas maxallalarda odam to'plamasdan mashinalarda olish kerak.Xushnudbek balki fikrlarni siz yetkazarsiz
Shoira Karimqulova
Sog'liqni saqlash vazirligiga davlatga xam oson emas o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz barchaga,xukumatimizga,shifokorlarga,militsiya,milliy gvardiya xamma mexnat qilib kurashayotgan yurtdoshlarimizga,ilohim xamma so'g'ayib oilalariga qaytsin
Mehriniso Abdullayeva
Assalomu alaykum Xushnudbek
Sizdan minnatdormiz
Eng dolzarb mavzu muammolarni olib chiqib oxirigacha harakat qilyapsiz
Albatta bu kasallikdan har birimiz harakat qilsak xudo xohlasa nasib qutulamiz
Mani bir muammo oʻylantirayapti
Maktablarda nima boʻladi sentyabrda
Rossiyada preparat chiqdi deyishdi
Yana bir muammo balki kulgilidir lekin bu ham ogʻriqli masala JEKlar masalasiga ham bir toʻxtalsangiz
Domda yashaydiganlar muammosi bu
Katta pul talab qilishadi ammo ish yoʻq bahonalar koʻp
Rahmat
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
Doston @ .
Karantin markazidagi bemorlarni alohida saqlash kerak bir konteynerda 4 ta odam yana karavoti ustma ust orasi yaqin bunaqada sogʻiyam kasal boʻladiyu
Dunyo boyicha hammadan o'zib ketish hamma taraflama. Bu hozir kasallikdan qutilish. Ozbekiston boshqa davlatlar amerika avstraliya hitoy yeponya. Umuman eng ilgor mammlakatlar ichida eng kuchli bolishi kasallikdan qando bomasin qutilish borini tikib bolsa ham qutilish tinchlikga ,hotirjamlikga erishishidir.buyam bir biznes kim ozarga . Kim qattiq turib ehtiyotkor bolib, harakat qilib bu balodan qutilsa osha davlatni dunyoda ilgarilab ketishi anniq bolib qoldi.hammamiz bilvommiz ichimizdan bu narsala tugidi tugamasa ham bizning yurtimizda bunday kasal bn ogriganlar qolmaganicha davom etadi. Bunga qachon erishamiz qachonki chegaralarimizdan boshqa kasallanganlar kirmi qoysa. Boshqa yurtdoshlarimiz qolmasa u yerlarda. Har bir 10 ta uyga bittadan ichki ishlar yoki milliy gvardiya hodimlari tomonidan qattiq nazorat bilan qaralsa. Hamma honadonlardan analizlar olinsa , telvizirda radyoda keraksiz reklammalar orniga kerakli mulohaza va tushunchalar koproq berilsa ,uzogi bn 1 oydan 2 oygacha davom etsa. Buni qilishimiz kerak kelajak uchun. Bolmasam kim ayta oladi men kasalga uchramayman hechqachon deb. Men hattoki bizga bu kasallik kelmaydi hechqachon deredim,🤔 . Bu kopga yoqmasligi anniq lekin kasal insonga yoqgan bolarmikin..