❗️Спортчи-абитуриентларга истисно равишда имтиёз белгиланди

Осиё ва Республика чемпионатларида охирги уч йилда ғолиб ва совриндор бўлган ҳамда жорий йилда фақат “Спорт фаолияти” ва “Жисмоний маданият” йўналишларига ҳужжат топширган спортчи-ўқувчиларга истисно тариқасида қуйидаги имтиёзлар белгиланди:

— иккинчи мутахассислик фани ҳамда мажбурий учта фанга максимал балл берилади;

— ушбу абитуриентлар умумий танловдан ташқари давлат гранти ва тўлов-контракт асосида талабаликка қабул қилинади. Уларга алоҳида минимал ўтиш бали белгиланади;

— Сиртқи таълимга топширган абитуриентлар имтиҳонлар натижаларига кўра фақат тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилиши мумкин;

— “Жисмоний маданият” йўналишига топширган абитуриентларга ўзи ғолиб бўлган спорт хусусиятидан келиб чиқиб, биринчи мутахассислик фани бўйича имтиҳон ўтказилади;

— имтиҳонлар махсус комиссия томонидан онлайн видеотрансляция қилинган ҳолда ўтказилади.


👉 @xushnudbek 👈

105 comments

Show 31 more comments
@Ramazon Eshqobilov@
Assalomu aleykum!
Yaxshi ish qilmabdi lekin tepada savollarni sonini o'zgartirib endi o'zini spes fanini yaxshi o'qigan abiturientning boshqalardan (o'rtacha o'qigandan)yuqoriroq bal to'plash ehtimoli juda pasayadi.Chunki yaxshi o'qigan abiturient ilgari 108ta savol bo'lganda ham ulgurgan 105 taga ham ulgurardi shu 3 soat ichida. Bu degani manzilga borishda toshbaqaga ham imkon yaratildi degani quyonni oyog'ini kesib.Pandemiyada xuddiki abiturientlarga yordam beryotgandek ko'rsatibdi o'zini lekin yaxshi o'qigan abiturientni o'ylamabdi shuncha yil o'qib spesidan atigi 20 ta test ishlab chiqsaya exx mayli shunchalik pandemiyada yordam qilmoqchi ekan majburiy fanni qisqartirsin edi .Nima ham derdik omad tilaymiz yaxshi o'qigan abiturientlarga.
Asosiy biloglarni 30 ta qoldirib qolganini 10 tadan qilish kerag edi
suhbat tawkil qilin mudasadi va bizlar uchun meni ham savolim bor beraman ukam johon chempioni boldi endi qirgizistonga osiyo chempionatiga ketadi uham kiradimi oqiwga mma boyicha ukrainada johon chempioni bolib keldi
Қабул тугаганку, бу спортчилар документлани қанде топширади
Жасурбек
Imtihon kuni syurpriz qilish kerak edi, hozir ham aytadimi? Imtihonga 4 kun qolganda?
Nima busayab bu davlat shuncha yil o'qigan abiturintlarni ko'rolmayabdi quri ulardan pulini olishni biladi
Ассалому алейкум, Хушнудбек.
Хужжат топшириб, Айрим сабабларга кура, хозирги пандемия даврида, туловни амалга оширмаган абитуриентна имтихон топширишга рухсат берилмайдими?
Бундай абитуриентларнинг такдири Нима булади? Буларга Яна Бир имконият , туловни амалга ошириш учун бериладими?
Bular o‘zicha hamma abituriyenlarga yordam bermoqchi boptida
Men bu qarorga rozi emasman hech bo'lmasa 25 ta qilish kerag edi
Жавобни кутаман. Олдиндан РАХМАТ
Assalomu alaykum Xushnudbek mani farzandim milliy sertifikat bo'yicha test topshirdi 26ta savolga to'g'ri javob bergan endi 20ta savol bo'lsa bali hisobmi yoki to'g'ri javoblar sonimi shunga izoh bering iltimos borizga shukur charchamang
Assalomu alaykum perevot qilayotgan talabalarga imtihonlar qachon boladi
3 yil oralig'ida o'rin olganlar orasida hokim bolalari bor ekanda
Zor bolibdi shuncha yillik mehnatimizni rohatini ham koraylik ertalabdan kechgacha qilgan trinirofkalarimiz oz foydasini beribdi kattadan katta raxmat 10yillab tayyorlanganmiz sportdan
Shuxrat
Ijodiy imtixonlar qachondan boshlanarkan?
Юлдуз Курбанова
@Ramazon Eshqobilov@
Abituriyent bo'lmaganmisiz deyman.Chunki yillab qiynalib tayyorlangan odam bunaqa o'ylamaydi.
Allohga shukur abituriyentlik davrini 3yil boshimdan òtkazganman. Hozirgi kunda studentman. Savollar soniga umuman ahamiyat bermaganman. Savollar soniga e'tiroz bildirganiz bilan savollarning kòpayishi yoki kamayishi bu sizning yoki abituriyentlarning e'tirozi bilan chiqarilmaydi. Shu sababli bilimni mustahkamlab boraverish kk.
Юлдуз Курбанова
Barcha abituriyentlarga OMAD. Hammaga student bòlish nasib etsin
Show next 53 comments