❗️Спортчи-абитуриентларга истисно равишда имтиёз белгиланди

Осиё ва Республика чемпионатларида охирги уч йилда ғолиб ва совриндор бўлган ҳамда жорий йилда фақат “Спорт фаолияти” ва “Жисмоний маданият” йўналишларига ҳужжат топширган спортчи-ўқувчиларга истисно тариқасида қуйидаги имтиёзлар белгиланди:

— иккинчи мутахассислик фани ҳамда мажбурий учта фанга максимал балл берилади;

— ушбу абитуриентлар умумий танловдан ташқари давлат гранти ва тўлов-контракт асосида талабаликка қабул қилинади. Уларга алоҳида минимал ўтиш бали белгиланади;

— Сиртқи таълимга топширган абитуриентлар имтиҳонлар натижаларига кўра фақат тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилиши мумкин;

— “Жисмоний маданият” йўналишига топширган абитуриентларга ўзи ғолиб бўлган спорт хусусиятидан келиб чиқиб, биринчи мутахассислик фани бўйича имтиҳон ўтказилади;

— имтиҳонлар махсус комиссия томонидан онлайн видеотрансляция қилинган ҳолда ўтказилади.


👉 @xushnudbek 👈

105 comments

Show 38 more comments
Ассалому алейкум, Хушнудбек.
Хужжат топшириб, Айрим сабабларга кура, хозирги пандемия даврида, туловни амалга оширмаган абитуриентна имтихон топширишга рухсат берилмайдими?
Бундай абитуриентларнинг такдири Нима булади? Буларга Яна Бир имконият , туловни амалга ошириш учун бериладими?
Bular o‘zicha hamma abituriyenlarga yordam bermoqchi boptida
Men bu qarorga rozi emasman hech bo'lmasa 25 ta qilish kerag edi
Жавобни кутаман. Олдиндан РАХМАТ
Assalomu alaykum Xushnudbek mani farzandim milliy sertifikat bo'yicha test topshirdi 26ta savolga to'g'ri javob bergan endi 20ta savol bo'lsa bali hisobmi yoki to'g'ri javoblar sonimi shunga izoh bering iltimos borizga shukur charchamang
Assalomu alaykum perevot qilayotgan talabalarga imtihonlar qachon boladi
3 yil oralig'ida o'rin olganlar orasida hokim bolalari bor ekanda
Zor bolibdi shuncha yillik mehnatimizni rohatini ham koraylik ertalabdan kechgacha qilgan trinirofkalarimiz oz foydasini beribdi kattadan katta raxmat 10yillab tayyorlanganmiz sportdan
Shuxrat
Ijodiy imtixonlar qachondan boshlanarkan?
Юлдуз Курбанова
@Ramazon Eshqobilov@
Abituriyent bo'lmaganmisiz deyman.Chunki yillab qiynalib tayyorlangan odam bunaqa o'ylamaydi.
Allohga shukur abituriyentlik davrini 3yil boshimdan òtkazganman. Hozirgi kunda studentman. Savollar soniga umuman ahamiyat bermaganman. Savollar soniga e'tiroz bildirganiz bilan savollarning kòpayishi yoki kamayishi bu sizning yoki abituriyentlarning e'tirozi bilan chiqarilmaydi. Shu sababli bilimni mustahkamlab boraverish kk.
Юлдуз Курбанова
Barcha abituriyentlarga OMAD. Hammaga student bòlish nasib etsin
Saparmurat Tursinbaev
Olis shol hududi uchun kvota necha ball
Юлдуз Курбанова
URCHINOV AVAZBEK AKBAR O'G'LI
Sizda pul ko'bmi deymanda o'zbekiatonda hamm besh qul baravar emas
Bilim kòp bòlgan. Savollar soniga ahamiyat bermaganman shu uchun.
Assalomu aleykum. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savol bermoqchi edim. Agar o‘qish ko‘chirilsa 3-kurs 2-kurs bo‘lib o‘qishni xohlamasa o‘zining o‘qiyotgan muassasasida oqishni davom ettirsa bo‘ladimi
Tulov qilolmaganlar uchun ham imkonyat berilsin
Jismoniy tarbiya yo‘nalishiga sirtqi ta'limga hujjat qachon va qay tarzda topwiriladi imtihon va shunga o‘xshash savollarga javob yozib yuborsangiz oldindan rahmat
Allanov (a)
Assalomu aleykum
Savol:Oxirgi 3 yilda Sportning shotokan karate-do turi bòyicha Òzbekiston chempionati musobaqalarida sovrindor bòlganman.Menga imtiyoz beriladimi?Javob uchun oldindan rahmat.Lekin men Sport bòyicha òqishga topshirmadim,boshqa yònalishga topshirdim
*""""""""""""*
Assalomu alaykum yònalishim rus tili pedagogika yònalishi majburiy fanlar rus tilida bòladimi yoki òzbek tilida
Show next 46 comments