Assalomu alaykum. O'tgan kuni telefon oldim 2 ta simkartali (redmi, yangi, ishlatilmagan). Kecha Bittasiga sim karta qo'yib ishlatishim bilan imeidan ro'yxatdan o'tish haqida sms keldi. Ro'yxatdan o'tish uchun urinib ko'rsam, quyidagicha xabar keldi: Hurmatli mijoz! 31.08.2020 sanasidagi 200831041436128-raqamli arizangiz tekshiruvdan o‘tmadi. IMEI kodlar ro‘yxati: XX va YY. 6 oy ichida chegara kesib o‘tish kuzatilmagan.
Imeini pullik qilishdi noroziliklarga qaramasdan, lekin tizim sog'lom ishlamasa, ro'yxatdan o'tkazish ham shunaqa ovoragarchilik bilan bo'lsa, bu tizimni nima keragi bor?!
Shoshmaylar. Avval buni o'ylab topganlar uchaska olib uyini bitirib 3 tadan moshina olishsin. Ana undan keyin mana bu yozayotganinglarni ko'rib chiqishadi. (2-uchaska olishni o'ylashmasa)
Менга 3 дона телефон бор руйхатдан утказолмай сарсон. Дардингни кимга айтсанг . Мошинаку олиш хозирча кийин, телфонни ишлатиш унданда кийин буляпти бор телефоннингни ишлатолмайсан. Майли хеж булмаганда шуни туловини килиб ишлатсайкан уз номинга.....
Nodira Kenjayeva
Pul ishlashning yangi usuli bo‘lsa kerak korrupsiyani o‘zgacha usuli
Assalomu aleykum! Judayam global muammoni ko'taribsiz, rahmat.Mandayam aynan shunaqa vaziyat bo'ldi yaqinda. Yaqinda Koreadan olgan telimni imei dan o'tkazmoqchi bo'lsam, allaqachon sizni passportingizdan foydalanib bo'lishkan deyishti.Chunki uje bizni passportlarimizdan aeroportdayoq ustafaranglar foydalanib qolishyaptikan, bizni ruxsatimizsiz, indamasdan. Juda qiziq-a.Biz 2ta koreyskiy telefonni imeidan o'tkazish uchun 1 kun sarson bo'ldik.Nima ekan? Yaqin 6 oy ichida chet eldan kelgan shaxsni passporti bo'lishi keregakan.Bo'lmasa telefon ishlamay qoladi. Shu chaqqon noinsof odamlarni sharofati bn o'zimizda bo'la turib boshqalarni passportini qidirdik
Kamolaxon Abrorxonova
Menda ham oldin registratsiyadan oʻtgan dedi, hayronman karobka holida olgandim, yangi edi
Хушнудбек жуда долзарб мавзуни кутарибсиз.Шу мавзу буйича "Менинг фикрим" га таклиф киритсангиз. Менинг хам опам ва укам чет элдан келишганда 14 кунни карантинда утказишди.У ерда паспорт ва телефонлар олиб куйилар экан.Карантиндан уйга кайтгач уларни телефонидан руйхатдан утказмокчи булсам,уларни номига аллакачон бошка телефонлар утказиб булишган экан.Туман ИИБга ариза ёзганмиз лекин жимлик.Шу муаммони охиригача кутарсангиз.Ачинарлиси пулини тулашга рози булсак хам руйхатдан утказа олмаяпмиз.Ва яна бир муаммо.Бир фукаро номига битта телефон руйхатга олиш мумкун экан.Опам кизи учун хам совгага телефон олиб келган эди.Шу тарафларини хам хисобга олишмаган бу тизимни уйлаб топганлар.Хозир 3 та телефон калькулятор ва будильник килиб ишлатишдан бошка чора йук
hap seni otbergan quyoningdan. Shunaqa qilib xalqni qiynaganlarga xam Xudo bordir. Hushnud aka agar òqisangiz sizdan iltimos shu IMEI kod ni ròyxatga olishni yòq qilishsin bu xam xuddi moshina muammosiga aylanadi yaqin orada.
Soqqani qilish bilan ovvora yuqoridagi xurmat talab bexurmat muxtaram raxbarlarimiz
Sulaymonova Firuza
Shu holat pastortimga avval telefon ro'yhatdan o'tkazilmagan, lekin xatolik deyapti. Bu muammo butun mamlakatda tarqalganidan bexabar edim, endi birgalikda bu siyosatni yo'qotish kerak. Yap-yangi telefonni 1 oy ishatib kn ta'tilga chiqarib quyadigan darajada boy mamlakat fuqarolari emasmiz
Mening onamni ham telefonlari IMEI registratsiyadan o'tkazish kere bo'lganda bir emas beshta xorijga 6 oy ichida chiqib kelgan odamni topdik lekin IMEI koddan o'tmadi uni sotib yangi telefon olaylik desak hech kim ham sotib olmayapti juda qiynalyapmiz bo'lmag'ur narsa bo'lipti to'g'risi
Megafon 4G+ modem olgandim. Qayta prowivkadan keyin, programist oxirgi 6-7 oyda rossiyaga ciqib kelgan odamni passporti kerak dedi. Imei kod registratsiya qilsa iwlaydi dedi. Bu xolat cetdan olib kelingan telefonlarda ham bo’layapti ekan.
Bu tizime deyarli hech narsani o'zgartirmadi. IMEI ni bunaqa qonuniylashtirishdan maqsad nima edi? Birinchi navbatda telefon o'g'irlanishini oldini olish. Lekin bir vaziyatga o'zim guvoh bo'ldim. Telefon yo'qolgan. Karobkasi topilmadi. Xullas, uni UZIMEI dam ro'yxatdan o'tkazilganidi. UZIMEI ga tel qilib palon imei kodli telefon yo'qoldi. Shuni egasi ko'rsatilgan passport ma'lumotlarini olmoqchimiz deyilganda bu narsa ularning qo'lidan kelmasligini aytgan. Eng qizig'i: sizlar unda nima qilyapsizlaf deb so'ralganda tayinli javob olinmadi. Ikkinchi masala: bu sifatsiz noqonuniy telefonlarni kirib kelishini oldini olish edi. Sifatsiz telefonni hohlagancha olib kirib hohlagancha odamni ma'lumoti bilan ro'yxatdan o'tkazish mumkinku. Faqat orada yana kimdirlar uchun "yog'li" luqma paydo bo'ldi.🤨🤨
Malika bozorida yilni boshida telefon sotib oldim koreadan opkelingan Lg G7, olayatganimda imei dan royxatdan otish muammo bolmaydimi deb soradim, u yoq ishlatishni boshlang avtomaticheskiy otib ketadi dedi, haqiqatdanam ishlatishni boshlaganimda sms keldi royhatdan oting deb, ikki kundan keyin ozi royhatdan otib ketibdi, kim otkazni kimni passport danniylariga hudo biladi buyogini
ABROR NIYOZOV
menda xam ushanday muamo. 18 iyulda uzbga kelganman xozir telifonimi imeidan utkazolmayapman. imei ga utgazishga borsam chegaradan utgan kuningiz nomingizga imei kodi ruyxatdan utgazilgan diyapti.
Hurmatli mijoz! 31.08.2020 sanasidagi 200831041436128-raqamli arizangiz tekshiruvdan o‘tmadi. IMEI kodlar ro‘yxati: XX va YY. 6 oy ichida chegara kesib o‘tish kuzatilmagan.
Imeini pullik qilishdi noroziliklarga qaramasdan, lekin tizim sog'lom ishlamasa, ro'yxatdan o'tkazish ham shunaqa ovoragarchilik bilan bo'lsa, bu tizimni nima keragi bor?!
Майли хеж булмаганда шуни туловини килиб ишлатсайкан уз номинга.....
Ikkinchi masala: bu sifatsiz noqonuniy telefonlarni kirib kelishini oldini olish edi. Sifatsiz telefonni hohlagancha olib kirib hohlagancha odamni ma'lumoti bilan ro'yxatdan o'tkazish mumkinku. Faqat orada yana kimdirlar uchun "yog'li" luqma paydo bo'ldi.🤨🤨