9 milliard 900 million so‘m!
PDP Universty IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Unicorn 2.0” grantini eʼlon qiladi!
Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🟢PDP University 1-kurs toʼlov shartnomasini 100% gacha qoplash;
🟢Yotoqxona xarajatlarini qoplash;
🟢Grant asosida taʼlim olayotgan talabalarning 3 mahalgacha ovqatlashini taʼminlash.
Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga oʼzini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar berish, ularni bepul oʼqitish, aktual boʼlgan IT sohasini puxta oʼrgatish. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga,
mahalliy va
xorijiy TOP kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis boʼlishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash, ularni boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga
koʼmak berish.
➡️ BATAFSIL
IT da nega grant 1 yillik? Chunki 1 yildan keyin oyiga minimum 2000$ topadigan odam boʻladi. Oʻz aravasini oʻzi tortadi. Yana yangi shuncha odamni oyoqqa turgʻizish mumkin. Birorta rivojlangan davlatda 100% lik grant yoʻq.
Izohda arslon boʻlishni nima keragi bor?
Loyihani ichiga kirib yaxshilab tanishib chiq oldin. Ishga joylashishiga koʻmaklashishi ham yozilgan. Keyin bu Unicorn 2.0 deyilgan. Ya’ni Unicorn 1.0 muvaffaqiyatli amalga oshgan.
Shaxsan 2 ta shogirdim (matematika edilar, birdan qiziqib 0 dan IT oʻqishdi) hozir 2000$+ oylik olishadi. Shu yerdan turib AQShni kompaniyasida ishlaydi. Toshkentdan uy oldi 2 hafta oldin.
Bu loyiha ham duch kelgan odamni oʻqitmaydi. Imtihon qilib oladi.
Oʻzingni muvaffaqiyatlaringa kelsak, omadingni bersin. Biror ish qilmaysizlar deganda oʻzing uchun emas, jamiyat uchun degan ma’noda yozdim. Hali maktab bolasi boʻla turib, boshqalarni loyihasi haqida hukm qilishing, “prava”si yoʻq odamni avtobusni qanday haydashni haydovchiga oʻrgatishdek gap.
1-dan: 12 million emas finalga chiqqan har bir bola 12+12 million grant yutdi.
2-dan: Bir soʻmini ham davlat bergani yoʻq. U xususiy universitet. Kerak boʻlsa davlatga soliq toʻlaydi, davlat universitetlaridan farqli oʻlaroq.
3-dan: Loyihani men boshlamadim, aloqam ham yoʻq PDP ga. Kim foydali loyiha boshlasa odamlarga yetib borishi uchun ulashaman.
4-dan: 42 ni tasodifan yozding demadim. Ism-familiyangni yozmasdan (hozirgi kunda bundaylarni “troll” deyishadi) jar solib, javobgarlikka torting deyishing mardni ishi emas.
5-dan: Zakovat yoki boshqa tanlovlarga aloqam yoʻq, hozircha
6-dan: Universitet biznesga aylandi degani, hammasi ham degani emas. Chindan PDP ni maqsadi yaxshi. Misol uchun ularda sirtqi yoki kechki ta’lim, yoki boshqa joydan “soqqasi”ni berib “perevod” qilish yoʻq.
7-dan: Takrorlayman, bu Unicorn 2.0 loyihasi. Unicorn 1.0 juda foydali boʻldi. Kompyuter olishga puli boʻlmagan bolalar hozir uyga boshlangʻich pul toʻladi. Davlat 1 soʻm bermaydi xususiy tashkilotlarga.
8-dan: Yosh ekansan uka, maslahatim orqa oldinga qarab, Alloh taolo bergan eng qimmatli ne’mat - farosatni ishlatib gapir. Chunki bilim olish mumkin, farosat ishlatilmasa foydasiz.
Toshkentga kelsang xabar ber, doʻstona gaplashamiz. Har qanday yordamga tayyorman. Bu kattalik emas, oʻzim ham oʻzimdan katta har bir odamni suhbatini, tajribasini olishga intilaman. Ustozim aytgandi: mening tajribamni 70 yil yashab olish shart emas, nasixatlarimga quloq sol, yetarli.
Elektron pochtam: uzedu.bazarbaev@gmail.com