9 milliard 900 million so‘m!

PDP Universty IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Unicorn 2.0” grantini eʼlon qiladi!

Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🟢PDP University 1-kurs toʼlov shartnomasini 100% gacha qoplash;
🟢Yotoqxona xarajatlarini qoplash;
🟢Grant asosida taʼlim olayotgan talabalarning 3 mahalgacha ovqatlashini taʼminlash.

Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga oʼzini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar berish, ularni bepul oʼqitish, aktual boʼlgan IT sohasini puxta oʼrgatish. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga, mahalliy va xorijiy TOP kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis boʼlishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash, ularni boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga koʼmak berish.

➡️ BATAFSIL

21 comments

Show 7 more comments
Ha, Agar bajarilsa
Munira Nutfulloyevna
Assalomu aleykum
Loyihani eshitib xursand bo'ldim
Men ham qatnashmoqchiman
Lekin faqat yoshlar uchun ekan bu imkoniyat
Men bu sohaga qiziqaman lekin mablag masaladi qiyinroqda
Курбонова Ш.Э.
Ассалому алейкум. Мен айнан Сардор Базарбаевдан бу лойихага алокаси булмаган савол билан мурожаат килмокчи эдим. Буладими
42
Bular ham qo'shilsa yomon bo'lmasdi, xullas shu shartlar bajarilar ekanmi, axir 9 milliard 900 million Deb jarsolyapsizlar-ku, ko'pi bilan 30ta talaba kirsa kerak bu pdpga, demak 330 milliondan yetarkan, olg'a gazini bosinglar
Birinchidan yo qilmaysizlar, yo qilganga rahmat aytmasizlar. Nimani qoyillatgansiz, shu 30 ta talaba davlatga, jamiyatga, oilasiga qancha yordam qiladi keyin?

IT da nega grant 1 yillik? Chunki 1 yildan keyin oyiga minimum 2000$ topadigan odam boʻladi. Oʻz aravasini oʻzi tortadi. Yana yangi shuncha odamni oyoqqa turgʻizish mumkin. Birorta rivojlangan davlatda 100% lik grant yoʻq.

Izohda arslon boʻlishni nima keragi bor?
It sohasini biz ham ko'rib chiqqanmiz, ish doirasida, ish topishda qanday qiyinchiliklar borligini bilamiz va bu shunchaki pul topish uchun qilingan bir maynavozchilik ekanligini bilamiz, nimaga erishganligimga kelsak. Men 11-sinf o'quvchisiman matematikadan viloyatda 2 va3-o'rinlarni olganman, 5 Marta tumanda 1-o'rin, fizikadan 1marta 1-o'rin, IELTS 7.5 va SAT 1446; Agar sizga o'qish bo'yicha muvaffaqiyat kerak bo'lsa.

Maynavozchilik deb haqoratlaganingni va bu boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishing mumkinligini eslatgan holda yozaman:

Loyihani ichiga kirib yaxshilab tanishib chiq oldin. Ishga joylashishiga koʻmaklashishi ham yozilgan. Keyin bu Unicorn 2.0 deyilgan. Ya’ni Unicorn 1.0 muvaffaqiyatli amalga oshgan.

Shaxsan 2 ta shogirdim (matematika edilar, birdan qiziqib 0 dan IT oʻqishdi) hozir 2000$+ oylik olishadi. Shu yerdan turib AQShni kompaniyasida ishlaydi. Toshkentdan uy oldi 2 hafta oldin.

Bu loyiha ham duch kelgan odamni oʻqitmaydi. Imtihon qilib oladi.

Oʻzingni muvaffaqiyatlaringa kelsak, omadingni bersin. Biror ish qilmaysizlar deganda oʻzing uchun emas, jamiyat uchun degan ma’noda yozdim. Hali maktab bolasi boʻla turib, boshqalarni loyihasi haqida hukm qilishing, “prava”si yoʻq odamni avtobusni qanday haydashni haydovchiga oʻrgatishdek gap.
42
Biz hech qachon mamuriy javobgarlik qo'rqmaganmiz, chunki xavfsizlikni emas ozodlikni qidirgan shaxs kurashda davom etadi, ikkinchidan men 18dan o'tganman, maktab talabasi degani dunduk degani emas, biz o'zbekiston qanday ahvolda ekanini ko'rib turibmiz, bu bir sizning vataningiz emas, bu yerda bizning bobolarimiz qoni ham to'kilgan, uni qayta barpo qilish bizning burchimiz va vazifamiz. Marhamat, biz hech qachon tahdidga bo'yin egmaganmiz, tortavering ma'muriy javobgarlikka, agar gapingiz rost bo'lsa IT statistikasi bilan isbotlang
Akkaunting ota-bobong qoʻygan ismni qoʻymasdan, 42 nomi ortida yashirinib tortavering deyish oson. Ota-bobong qoni toʻkilgan vatanimizni nomini bosh harf bilan yozishni oʻrgan. Tahdid bilan huquqni eslatishni farqini oʻrganib ol, agar rostan “dunduk” boʻlmasang (zotan, seni hech kim unday atamadi). Sen bilan tortishishga ketadigan vaqtimga 2 bet kitob oʻqiganim foydaliroq. Olim boʻlish oson rostdan.
Ba'zi narsalarni eslatganingiz uchun rahmat, balki haqdirsiz, balki menga nisbatan ilmliroqdirsiz. Lekin bizning loyihangizga nisbatan tanqidimiz, bu osmondan yozilgan so'zlar emas, pdpga grant asosida o'qishga kirish uchun 5.5 milliard ajratdik dedingiz pdp olimpiadasiga, o'rin olgan ishtirokchilarga eng ko'pi bilan 1 milliard sarflandi, qolgan pullar 12million grant sifatida o'quvchilarga tarqatildi. qolgan 24millionni abituriyentlar to'lashi kerak deyildi, ko'pi bilan 10 ta oilaning qurbi yetishi mumkin, o'sha yerdagi qatnashchilar orasidan, endi o'ylab ko'ring universitet shuncha pulni hisob raqamiga davlatdan o'tkazdi, ham bu grant berilgan o'quvchilardan foyda qiladi, ham qolgan pulni quruq kissaga soladi. hozirgi zamonda universitet ham bizness bo'lgan, zakovatga ham 13ta Iphone promax deysizlar-u 3 tagina televizorni berasizlar, va qo'shimchasiga "shukr qil davlat shuni qilib beryapti"-deb qo'yasizlar. siz loyiha ustiga: "yangi bizness boshladik"- Deb yozsangiz yaxshi bo'lardi, ha aytgancha 42 bu tasodifiy terilmagan, bu kompyuterning hayot savoliga berilgan Javobi. Steven hawkingning so'nggi so'zlari shunday ekan: "hayot bor ekan umid bor, umid bor ekan hayot bor", biz ham sizdek ustozlar O'zbekistonni o'zgarishiga, 1 asr keyindir, 2 asr keyindir, O'zbekistonni eng qudratli davlatga aylantirishingizga ishonchimiz komildir

Toʻliq tahlil qilmasdan fikrlashingni inobatga olmasa yaxshi bolaga oʻxshaysan. Omadingni bersin.

1-dan: 12 million emas finalga chiqqan har bir bola 12+12 million grant yutdi.

2-dan: Bir soʻmini ham davlat bergani yoʻq. U xususiy universitet. Kerak boʻlsa davlatga soliq toʻlaydi, davlat universitetlaridan farqli oʻlaroq.

3-dan: Loyihani men boshlamadim, aloqam ham yoʻq PDP ga. Kim foydali loyiha boshlasa odamlarga yetib borishi uchun ulashaman.

4-dan: 42 ni tasodifan yozding demadim. Ism-familiyangni yozmasdan (hozirgi kunda bundaylarni “troll” deyishadi) jar solib, javobgarlikka torting deyishing mardni ishi emas.

5-dan: Zakovat yoki boshqa tanlovlarga aloqam yoʻq, hozircha

6-dan: Universitet biznesga aylandi degani, hammasi ham degani emas. Chindan PDP ni maqsadi yaxshi. Misol uchun ularda sirtqi yoki kechki ta’lim, yoki boshqa joydan “soqqasi”ni berib “perevod” qilish yoʻq. 

7-dan: Takrorlayman, bu Unicorn 2.0 loyihasi. Unicorn 1.0 juda foydali boʻldi. Kompyuter olishga puli boʻlmagan bolalar hozir uyga boshlangʻich pul toʻladi. Davlat 1 soʻm bermaydi xususiy tashkilotlarga.

8-dan: Yosh ekansan uka, maslahatim orqa oldinga qarab, Alloh taolo bergan eng qimmatli ne’mat - farosatni ishlatib gapir. Chunki bilim olish mumkin, farosat ishlatilmasa foydasiz.

Toshkentga kelsang xabar ber, doʻstona gaplashamiz. Har qanday yordamga tayyorman. Bu kattalik emas, oʻzim ham oʻzimdan katta har bir odamni suhbatini, tajribasini olishga intilaman. Ustozim aytgandi: mening tajribamni 70 yil yashab olish shart emas, nasixatlarimga quloq sol, yetarli.

Elektron pochtam: uzedu.bazarbaev@gmail.com
Barcha takliflar va maslahatlar uchun rahmat