Электр энергиясининг янгича ҳисоблаш тизимига саволлар кўп

Тадбиркор, блогер ва «Asaxiy» лойиҳаси асосчиларидан бири Фируз Аллаев ўзининг Телеграм каналида электр энергиясига оид янгича ҳисоблаш тизимига оид ўз бошидан ўтказган воқеани сўзлаб берибди. Уни сизларга ҳам илиндим:

«Электр токи борасида янги ҳисоблаш тизими ASCUE ҳақида бугунги кунгача жамоатчилик ва ОАВ кўп гапирди. Лекин, вазиятда қандайдир ўзгариш кузатилмади. Бугун бу муаммога шахсан ўзим гувоҳ бўлдим.

Қарздорсан деб Зангиота туманида яшайдиган дўстимнинг уйида токни масофадан ўчириб қўйишган. Дўстимнинг 4 нафар фарзанди бор, улардан бири ҳали бир ёшга кирмаган гўдак. Бутун уй электр токи асосидаги тизим билан иситилади. Энди -10 даражада совуқ ҳавода вазиятни фараз қилишингиз мумкин.

Қарздор бўлса, ўчирган бўлса дўстимни ўзини айбласа бўларди. Лекин, у олдиндан 5 500 000 сўм тўлов қилиб қўйган. Хато термадим, беш миллион беш юз минг сўм.

Телефон орқали электр тармоқлари маркази билан боғланиш имконсиз. Бирга Зангиота туманига бордик. Пойтахт билан шундоқ чегара туманда пойтахтдаги тизим билан ер билан осмонча фарқ бор. Ўзи Зангиота тумани бўйича ҳокимиятга аҳолида кўп савол йиғилган кўринади.

Бино ичига одам сиғмаганидан ўнлаб одамлар кўчада навбатда туришган, ҳеч ким ҳеч кимни тушунмайди, ҳатто эшитмайди ҳам. Энг қизиқ томони компьютер ҳам қарзни бир марта 23 миллион сўм, бир марта 3 миллион сўм кўрсатди. Шундан сўнг бошқа хонадан ҳужжатларни топиб келишни сўрашди, у хонадагилар ҳам ҳужжатларни беролмаслигини ва ҳозир топишга ҳам вақти йўқлигини айтишди. Раҳбарият сўралганда, раҳбар ҳам жойида йўқ. Бунақа ишлаш, халқни овора қилиш нотўғри эканлигини асабийлашмасдан тушунтиришга ҳаракат қилдик. Ходим бўлса ўзи ҳам шундоқ ишдан кетмоқчи эканлигини айтиб ўтди.

Ниҳоят, узоқ асаббузарликлардан сўнг, сиз бораверинг, кечгача ёқиб қўямиз деган жавобни беришди. Лекин, қўнғироқ қилиб сўрасак, ток ҳали ҳам ёнмаган.

Одатда маиший муаммолар ҳақида ёзмасликка ҳаракат қиламан. Бугун ҳам бу фақат дўстимнинг муаммоси ёки шунчаки вазиятдан ташқари хато бўлса ёзмасдим. ОАВ, ижтимоий тармоқда халқнинг доимий эътирозларини кўриб, бу алоҳида фуқаронинг эмас, аксинча тизимли муаммо эканлиги аниқ ва равшан кўринмоқда. Менимча керакли идоралар ASCUE тизимини ўрганиши, шартномалардан бошлаб ишлатилган пулгача, тизимгача тўлиқ текшириб чиқиши муҳим деб ўйлайман».

Пост тугади.

❓Сизда ҳам шу тизим билан боғлиқ муаммо бўлганми? Изоҳларда аниқ мисоллар билан ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

656 comments

Show 100 more comments
Manda yangi taklif bor nafas olganda burunga o'rnatiladigan schotchik har nafas olganiyizga pul tulaysiz qale
Sodikjon Mamasoliev
Assalomu alaykum! Yuqoridagi holat ancha muhokamaga sabab bo’libdi. Tizimni yaxshi yo’lga qo’yish uchun avvalo tarmoqni raqamli, innovatsion boshqaruv tizimidagi texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirish kerak. Hammaga ma’lum hozirgi qonunchiligimiz bo’yicha davlat tashkilotlari o’zlariga kerak bo’lgan har qanday texnologiyani kim oshdi (kamayib boruvchi ) savdosidan olishlari kerak. Yangi innovatsion texnologiyaga byurtma bersangiz sifatsiz texnologiya taklifi bilan uddaburon tadbirkorlar savdoda yutib chiqishmoqda. Natijada xitoyning bir tiyinga arzimaydigan kompyutorlari sizning xizmatingizda. Bu holatda xizmat ko’rsatuvchi ham iste’molchi ham sarsan sargardon. Qo’ying shu davlat tashkilotlariga manopolya bo’lsa ham uzlariga mos va hos brenddagi texnologiyalarni olaverishsin deb xech kim aytmaydi. Sohta olib sotarni qachongacha boy qilib yuraverarkin bu Davlatimiz bilmadim. Ma’lumot o’rnida Men elaktr tarmoqlarida ishlamayman. Faqat barcha byudjet tashkilotlarni qiynalayotgan holatni keltirdim.
Bugun ham shunday holat kuzatildi. Men Tashkent, Olmazorda turaman. Tuman elektr tarmoqlariga 1,5 soat vaqt ketdi davlat ishonchli telefonini olishlariga. Tel qilsa chaqiradi yoki olib bosib qo'yishadi.
Axir biz davlat telefon raqamlariga qilyapmizku. Оплата qilinganidan keyin shuncha vaqt olishdi. Agarda hodimlar bunchalik ishga mas'uliyatsizlik bilan qarashsa, yangi tizimdan nima foyda?
E'tibor uchun rahmat.
Buxoro viloyati Qorako'l tumanidanman tizim o'rnatilgandaniga 1 yilcha bo'ldi lekin yangi hisoblagich bo'yicha umuman muanmo yo'q 1 yoki 2 kun avval to'lov qilish haqida ogohlantirish keladi
Биз свет бор йўқлигини ҳам билмаймиз
Chiroqchi tumanida kuniga 18 soat svet yonmaydi. Kechqurun 23:00da yoqib, ertalabga yaqin 05:00larda o'chiradi. Barcha to'lovlarni to'laganmiz. Kechga ovqatlanish vaqtida qorong'uda o'tiramiz. Kunduzi yoqsin hech bo'lmasa. Ehhhhh..... zato osmonimz musaffoo
Gaz muommosi ham muhim qishni kunida. Oktabrda berilgan Arízaga haligacha Lekin gaz ulab berishgani yo'q. Termez shahrida yashayman.
Tok rosa o'ynayapti, avtomatlar chidash bermayapti ko'p narsalar ulansa.

Gaz yo'q muommosi ham. Export qiguncha xalqqa berilsa bo'maydimi? Rossiya gaz olishni bekor qildi Xitoy kamaytirdi degan yangiliklar chiquvdi. Ko'chamizda xonadonlar birikib pul yig'ishtirib gaz turbasini kattaroq tarmoqqa izlash u n pul yig'ishtirib yuripmiz.Gor gaz tomonidan bir pul yig'ishtirib gaz turbasini kattaroq tarmoqqa ulatishimiz salida o'zlarini ishi ekanligi hayoliga ham kelgani yo'q. Gaz yo'qligi sanab ko'p tok o'chyapti menimcha.
Qisqasini aytgancha ahvol chatok sovuqqa 1 tasini o'lib ketdi degan xabarga ishonmagandim 1 kechada o'lib ketish hech gapmas -5-10 gradiusda.
Imkoniz boricha shu muommolar ni hal qilishga yordam qiling. Alloh omadizni va sog'ligizni bersin.
Buxoro shaxridan man bizadayam aynan wu muammo ☹️☹️☹️ harkuni 10 ming so'm tashlaymiz . To'lovingiz 1 kunlik qoldi deydi kuniga 10ming uradi menimcha cilicdan pul tawlaymiz wotida 100 ming turadi ln uchiradi sms kelib nima balo bu
ELBEK SHODIBOYEV
Endi yana boshqa elektr hisoblagich chiqaradi bu bomiydi ekan kop hisoblarkan deb yana yangisini chiqaradi bechora xalq yana bowqa sotib oladi wunaqa ovoragarchilik
Assalomu alaykum Xushnudbek aka biz Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida turamiz sho‘rtan gaz zavodi bizdan 5 km uzoqda gaz yuq umuman nechchi yildan beri svet kuninga 2 3 soat yonadi bazi kunlar yonmaydiham bu muamolar 2050 yillar hal buladimi
Саидхонов
Bizning uyga o'rnatilgan xisoblagich 1 oyda 1 marta pul xisoblar ekan. Har oy ortacha 150 ming ishlatar edik, bu safar -650 ming bo'lguncha hech qanday habar kelmagan. Telefon qilsak 230 ming qarzingiz bor dedi, tumanga borsak 450 ming qarzsiz dedi, viloyatga borsak 650 ming qarzsiz dedi. Online xisoblagich 1 oyda bir marta online bularmish. Hayf sanlani matoqlaringga.
Светни нархи киммат янги хисоблагич бир ойда жуда куп ишлаяпти нима килишга одам хайрон.
Assalomu alaykum Akalar
Ko‘pchilikda ko‘p hisoblayotganini bir sababini bilaman agar uyingizda zazemlenya(yerlatgich) bilan uyingizga kirib kelgan nol simni bitta qilib ulab qo‘ygan bo‘lsangiz yoki uyni montaj qilishganda shunday ulangan bo‘lsa yangi hisoblagich ichtemol qilgan elektrenergiyasini ikki barobar ko‘p hisoblarkan (buni shaxsan sinab ko‘rmadim shu sohaga qiziqqanim uchun yutube da ko‘rdim) shu bois uydizdagi zazemlenya va nol ni alohida-alohida qilib montaj qilib qo‘yinglar.
#dolzarb_muammo
Assalomu alaykum Akalar
Ko‘pchilikda ko‘p hisoblayotganini bir sababini bilaman agar uyingizda zazemlenya(yerlatgich) bilan uyingizga kirib kelgan nol simni bitta qilib ulab qo‘ygan bo‘lsangiz yoki uyni montaj qilishganda shunday ulangan bo‘lsa yangi hisoblagich ichtemol qilgan elektrenergiyasini ikki barobar ko‘p hisoblarkan (buni shaxsan sinab ko‘rmadim shu sohaga qiziqqanim uchun yutube da ko‘rdim) shu bois uydizdagi zazemlenya va nol ni alohida-alohida qilib montaj qilib qo‘yinglar.
Abdulatif XANAEV 10A 20 TMO
Ilgari shetchikda 1 oyga100 150 ming to'lardik vaxolanki lampochkalar 100 200 vatli istemoimiz ko'p edi. Xozirchi xamma lampalar, televizor, xolodelnik. va .x.kz.. ekonomichniy lekin bu yangi xisoblagich 1 oyga 350 400 ming yozadi .
Salom! Bu muammo bizda ham bor men Qoraqalpoĝiston Respublikasi Amudaryo tumanida yashayman. Dekabr oyida biz ham elektr energiyasi uchun 650000 oldindan tòlov qildik keyin ertasi kuni tok òchib qoldi telefon qilsak kòtarishmadi keyin borib sòrasak siz 490000 qarzsiz diyishdi keyon biz bir kun oldin tòlangan chekni kòrsatdik ular bu pul bundan bir necha yil oldin qarzdorligingizga yechilgan siz xozir yana qarzsiz deyishdi uzoq baxsdan keyin yana 700000 tòladik keyin shu kuni kechgacha elektr energiyasini ulab berishdi.
Hammaga Assalomu alaykum man Toshkent shahar Olmazor tumani Sebzor kochasida turaman 1 hafta oldin manda shunaqa voqea boldi elektron saytda 5000 sum ortiqcha pul borligini korasatib turgandi 3 kuch otgandan u uydan kochib boshqa uyga utdim kochgandan keyin uyerda hech kim yashamayapti ammo tokda. 197 000 sum qarz borligi togrisida sms keldi xop deb 200000 sum toladim keyin qoldiqni ataylab yana tekshirdim yana 800 sum qarzdorlik korsatyapti. Bu holat bitta manda emas xuddi usha kochada 10 kuncha avval bir tanishimning kvartirasida ham boldi 300000 sum qarz korsatdi bu qandaydur tizim xatosimi yoki elektr tarmoqlarini uyinimi bilmadm
Man ham uchrayapman shu muammoga. Yangi schetchik o'rnatilgandan keyin odatda 40 minglik svet yoqsak, endi 80ming ketyapti. Biz uyda kam bo'lamiz. Asosan ishda o'tadi. Uyda hechnima yangi uskuna kelmagan. Lekin schetchik ko'p yozadi. Chilonzor E kvartal. 5- dom.
Muzaffarova Mubinabonu
Bizda ham shu muammo ogohlantirmay svet o‘chib qoldi pul tulasangiz ham tezda yoqmas ekan eski plastikli uchachik yaxshi edi tushunmadim uni ham hamma vaqtida to‘lardiku
Show next 100 comments