Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Фарзандлар ота-оналар учун бахт, қувонч, фахр ва ҳаётининг мазмуни, бутун борлиғидир.

Ота-она ва фарзандлар ҳақида гап кетса, мана шу сурат ёдимга тушади.

Сиз ушбу расмга қандай изоҳ берган бўлар эдингиз? Оригинал таъриф берилган изоҳларни кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Добрая мама
Ассалому алейкум хушнудбек укам.ижодингизга барака тилайман.бу саньат асарини мен шундай изохламокчиман ирки́дан катьий Назар ок танлими кора танлими фарзанд кувончи хаммага баравар .
Бу расмга киска килиб айтадиган булсак икки инсондан бир бутун инсон яратилябди хулки хам хусни хам кучириб утказилаетган бола.
Давронбек
Чет элники деб хурозканд ялайвермаслик керак.Шаркона хайкаллардан йукмиди
Sen meni yaratding
Seni tugatdim.

© Muhammad Yusuf
Bu rasm meni uzoq õyga toldirdi, albatta bir qarashda ota bilan onadan andoza olgan farzand deyish mumkin lekin, bola tug'ilgan kunidan boshlab to voyaga yetguncha har bir kuni har soniyasini ota ona ōzidan kechib bolasiga baxshida qiladi.ota ona bola uchun bag'ishlayotgan laxzalari hisobiga ōzi tugab boraveradi.😔😔😢. Bu hayot qonuni.Iltimos rassom haqida ma'lumot bering.
Ota ona vujudidan millat va avlod davomchisi farzand dunyoga keladi va hayot davom etadi.
Болам, сенга дунё ваъда қилмайман, боримни ва борлиғимни бераман.
Журабек Шарипов
Dunyoda shunday qarzlar borki ularni uzub boʻlmaydi..!
Батыр
Фарзанднинг дунёга келиши, улгайиши, унинг соглиги, характери, яьни ички ва ташки дунёсининг шаклланиши бевосита ота ва онага боглик булиб, ота-оналар фарзандларининг келажаги учун масьулдирлар.
Qiyin damlarimda yelkasi menga panoh bo‘lgan suyanchig‘im , Menga o‘zidan ko‘p ishonadigan - ishonchim , Umrimning qorong‘u kovakchalarigacha yoritib turuvchi quyoshim, " Qizim" degan so‘zlaringizda mexr oqib turadigan mehribonim , Uddalay olmaydigan ish yo‘qligiga namunam - kuchli insonim , Hayotimning katta bir bo‘lagi idealim Onajonim

Kim nima desa , desin. Men sizga ishonaman. Siz "hammasi yaxshi " dedingizmi , demak chindan ham shunday! Siz " Bo‘ladi" desingizmi , demak, rostan ham bo‘ladi....

Menga yolg‘on gapirishni o‘rgatmadingiz , pand yeyishim ham shundan aslida . Eng qattiqqo‘l, eng ko‘ngli yumshog‘im onajonim,
Borligingiz BAXT.....
BARINI SIZ MENGA BERDINGIZ HAMMASI UCHUN KATTA RAHMAT.

@Madinasultonova
Muqaddasxon Ruzmatova
Ey,farzand seni butun boʻlishing uchun ota-onang oʻzini qurbon qilganini koʻr.
Sadoqat Karimovna
Ikki vujuddan paydo bo'lgan bir bola,👨‍👩‍👧
Kun sayin yemirilayotgan ota ona😔.
Икки ёрти бир бутун
ёки
Меҳр коваклари...
Assalomu aleykum Xushnud aka bu yerda ko'pchilik bir xil fikr bildotyapti lekin haqiqatdan ham to'g'ri fikirlashyapti. Ota Ona farzand uchun borini berishga tayyor bo'ladi, albatta yaxshi niyatda, ammo ota ona qilolmaydogan ishni jamiyat qilishi mumkin.Ko'p narsa muhitga qarab o'zgaradi shu jumladan farzand tarbiyasi ham shuning uchun bo'lsa kk 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni deb belgilangani.
Bu shunchaki oddigina baxt....
У Ф
Хушнудбек изохларни укиб кузимга ёш келган жойи куп булди,мухлисларни мулохазага чорлаганингиз учун катта рахмат!
Sut va shokoladdan ajoyib ta'm deb nomlang
Shoxistaxon Baxodirjonovna
Ota-ona farzandi uchun hamma narsaga tayyor,hatto jonini ham
Инсон факат махшар кунида шундай холатда булади, факат ку́ллар ушланмайди.
Фарзанд униб усган сари ота она нураб боради бу уларнинг фидокорлигидандир
Достон.Н.Х
Ota-Onalar farzandi un jonini ham berishi uqtirilgan!!!!
Show next 99 comments