Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Фарзандлар ота-оналар учун бахт, қувонч, фахр ва ҳаётининг мазмуни, бутун борлиғидир.

Ота-она ва фарзандлар ҳақида гап кетса, мана шу сурат ёдимга тушади.

Сиз ушбу расмга қандай изоҳ берган бўлар эдингиз? Оригинал таъриф берилган изоҳларни кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Батыр
Фарзанднинг дунёга келиши, улгайиши, унинг соглиги, характери, яьни ички ва ташки дунёсининг шаклланиши бевосита ота ва онага боглик булиб, ота-оналар фарзандларининг келажаги учун масьулдирлар.
Qiyin damlarimda yelkasi menga panoh bo‘lgan suyanchig‘im , Menga o‘zidan ko‘p ishonadigan - ishonchim , Umrimning qorong‘u kovakchalarigacha yoritib turuvchi quyoshim, " Qizim" degan so‘zlaringizda mexr oqib turadigan mehribonim , Uddalay olmaydigan ish yo‘qligiga namunam - kuchli insonim , Hayotimning katta bir bo‘lagi idealim Onajonim

Kim nima desa , desin. Men sizga ishonaman. Siz "hammasi yaxshi " dedingizmi , demak chindan ham shunday! Siz " Bo‘ladi" desingizmi , demak, rostan ham bo‘ladi....

Menga yolg‘on gapirishni o‘rgatmadingiz , pand yeyishim ham shundan aslida . Eng qattiqqo‘l, eng ko‘ngli yumshog‘im onajonim,
Borligingiz BAXT.....
BARINI SIZ MENGA BERDINGIZ HAMMASI UCHUN KATTA RAHMAT.

@Madinasultonova
Muqaddasxon Ruzmatova
Ey,farzand seni butun boʻlishing uchun ota-onang oʻzini qurbon qilganini koʻr.
Sadoqat Karimovna
Ikki vujuddan paydo bo'lgan bir bola,👨‍👩‍👧
Kun sayin yemirilayotgan ota ona😔.
Икки ёрти бир бутун
ёки
Меҳр коваклари...
Assalomu aleykum Xushnud aka bu yerda ko'pchilik bir xil fikr bildotyapti lekin haqiqatdan ham to'g'ri fikirlashyapti. Ota Ona farzand uchun borini berishga tayyor bo'ladi, albatta yaxshi niyatda, ammo ota ona qilolmaydogan ishni jamiyat qilishi mumkin.Ko'p narsa muhitga qarab o'zgaradi shu jumladan farzand tarbiyasi ham shuning uchun bo'lsa kk 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni deb belgilangani.
Bu shunchaki oddigina baxt....
У Ф
Хушнудбек изохларни укиб кузимга ёш келган жойи куп булди,мухлисларни мулохазага чорлаганингиз учун катта рахмат!
Sut va shokoladdan ajoyib ta'm deb nomlang
Shoxistaxon Baxodirjonovna
Ota-ona farzandi uchun hamma narsaga tayyor,hatto jonini ham
Инсон факат махшар кунида шундай холатда булади, факат ку́ллар ушланмайди.
Фарзанд униб усган сари ота она нураб боради бу уларнинг фидокорлигидандир
Достон.Н.Х
Ota-Onalar farzandi un jonini ham berishi uqtirilgan!!!!
Мунира Собирова.
Икки инсондан яралган бир бутун инсон. Узидан кечиб булсада, борини фарзанди учун бахшида килган, жонкуяр ота ва она.
👨🏻‍🏫
Гузал Одилжоновна
Ushbu rasmni hamma o'z saviyasi bilan ko'radi.Hushnudbek bu rasmni tomosha qilish uchun emas xulosa qilish uchun,ma'naviy ozuqa olish uchun,teran fikr yuritish uchun qo'yganlar menimcha.
Katakchalar ma'noli chiqarishga harakat qilgani tõg'ri va shunchaki Allohning qudrati!
Lekin rasmdagi ayolning ziynati ochiq kõrsatilgani noto'g'ri: sizning fikringiz xuddi Million jamoasi a'zosi chiqib aytgan gapga õxshab ketdi: agar kishining tarbiyasi 20 yil olinmagan bõlda u holda bu tarbiya 2 soatda buzilib qolmaydi. Bu fikr notõgri ekanligini barchamiz bilamiz
Vallohu a'lam
Фарзанд - Аллоҳ томонидан берилган бебаҳо неъмат. Фарзанд - ота-онанинг борлиғи, жигарпораси, бир бўлаги!
Muhiddin
Oq non, qora non yetishtirganlar boğbon.
Sadoqat Karimovna
Muhiddin
Oq non, qora non yetishtirganlar boğbon.
👍🏻👍🏻👍🏻
Mahbuba
Assalomu alaykum Xushnudbek .Borligimizni baxti deb biladigan, biz uchun butun borlig'ini berib evaziga hech narsa so'ramaydigan beminnatlarimiz ota-onalarimizdir. Ushbu haqiqatni o'zim ona bo'lganimda yana ham teranroq anglaganman. Allohim farzandlar baxtiga ota-onalarni, ota-onalar baxtiga farzandlarni sog'-omon qilsin...
Жоним парчаси
Abruyev
Ota Onasi bor inson dunyodagi eng boy insondir
Show next 91 comments