Юқоридаги қарор бўйича фикрларингизни шу ерда билдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Bu yangilikni eshitib to'g'risi xursand bo'ldim. Lekin hozirgi paytda chiqayotgan qarorlar faqat bir tomonlama bo'lib ketdi. Boshqa fanlardan imkoniyatimiz yaxshimi yoki boshqa fanlarga qaraganda matematika, kimyo va biologiya ustunroqmi? Nega bu fanlarni boshqalaridan ustun ko'rishimiz kerak? Nega oqibatiga qarab ish tutish kerak? Keyin yana bu xatolar takrorlanaveradi.
KamolaxoN
Nega hamma korrupsiyaga yopishib olgan? Korrupsiyani boshida kim turipti oddiy xalq emasmi. Amaldorlarni ayblashdan oldin biz o‘zimizniyam ozgina tartibga olishimiz kerak nazarimda.Amaldorga porani kim qo‘sh qo‘llab tutqazyapti? Farzandini bilimiga ishonmagan, puli ko‘pligidan qayerga sarflashni bilmaydigan ota-onalar emasmi? Pul bilan o‘qigan talabani ongiga singib qolyapti o‘qish o‘qitish shu ekan deb.Ertaga uyam qayerdadir ishlaydi.Uyam ta'magirlik qiladi.Mana korrupsiya qayerdan
Садокат
Ассалому Алайкум жуда яхши Биология ривожланса мен хам табий фанлар талабасиман Президентимизга рахмат ишлаш яхши каррупсияга йул куйилмаса албатта
Assalomu alaykum
Juda yaxshi taklif ayni pandemiyaga ham yordam ekan ijrosini ko‘ramiz endi
" Zopirov G'ayrat "
Yaxshi yangilik bo'libdi. Ijrosida ham ijobiy natijalar bo'lsin. Qog'ozlarda qolib ketsin bunaqa kreativ yangilik. Fan rivojlanishi uchun juda katta qaydan bo'libdi.
👍👍👍
Iqro🌟Bismirobbik❗❗
Mallades.Alloh Rahbarlarimizdan rozi bulsin.Barcha ijrochilargayam insof bersin.Yaxshi xabar bulibdi Alloh yanayam ziyoda qilsin.Amiin
⏰€€£¥¥⏳
Qizil diplom to'g'risida gap borgan yani magistratura yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi deyilgan. Bu esa yana o'sha eskirib ketgan bahoga borib taqaladi. O'z o'zidan korrupsiya tanish bilish singari illatlarning ko'payishi olib keladi. Qizil diplomni bahoga emas talaba tomonidan olib boriladigan mustaqil izlanishga yani o'sha soha bo'yicha qilgan yangilikka bo'g'lash lozim
Sirojiddin
Assalomu alaykum, bizda aniq fanlar o'lib bo'ldi mayli qayta etibor berib rivojlantirsin. O'g'il bolalar ximiya, biologiya, fizika va matematika fakultetlariga kirmay qo'ydi, hamma bank, moliya, IT va chet el institutlariga qiziqib ketdi, mayli bunga qarshiligim yo'q bunda ham bir xikmat bordur lekin yillar davomida o'qituvchilarni ezib o'qituvchi kasbini eyrga urib kelgandan keyin oila boshi bo'ladigan yigit albatta o'qituvchi bo'lmaydida. Maktablarda direktorlar ayol kishil , bizni vaqtimizda erkak direktorlar ko'proq edi, oilada ham erkak bosh bo'lgandek. Xulosam shuki bu ishlar boshida 1-2 yil qattiq olinadi va keyin korupsiyani o'chog'i bo'ladi hamda yillar o'tib kollejlarga o'xshagan bir kuydirgi bo'ladi. Xushnudbek aka sog' bo'ling Ilohim kam bo'lmang.
Shohrux Zokirov
Assalomu alaykum!
men Universitetni Biologiya yònalishini bu yil tamomladim. Ammo maktablarimizda bu fanga bòsh ish òrin yòq. bitta maktabda 2 yoki 3 ta bio òqituvchi ishlayabtiyuuu,lekin natija yòq ularga hozirgi kundagi DTM testidan bersangiz yecha olishmayabti (gap egasini topadi).
shunday ekan maktabni bitirgan òquvchi qana qilib talaba bòlsin.Men Universitetda 4 yil bòsh vaqtimda repititorlik qildim.
Hozircha bir maktabdan YOSHLAR YETAKCHISI lavozimiga ishga tayinlandim, studentlikdagi repititorlik faoliyatimni shu maktabimda yulga qòymoqchiman.
Inshaalloh mutahasisligim bòyicha ish òrni ham b-b qolar....
Qarorga tòxtaladigan bòlsam:
Insoniyat svilizatsiyasida azaldan eng asosiy masala: 1) oziq-ovqat
2) salomatlik
bu muammoni yechish esa Biologiya fanning vazifasidur!
Shunday ekan bu fanni maktab davridayoq chuqurroq e‘tibor berish k-k! (darslarni ilmiylik darajasi yuqori bòlish kerak)
Har bir maktabdagi biologiya òqituvchisi abituriyent tayyorlash darajasidagi bilimga ega bòlsa,òquvchi boshqa òquv markazlarga borib sarson bòlmaydi. Menkuuu endi repititorlikda dastlabki qadamlarni bosyabman....
Xullas, hozirgi "vaziyatimiz" kuchli repititorlarni shakllantiryabti xolos.( shaxsiy fikrlarim)
Prezidentimiz qaroridan xursandman..!
Chet el OTMlarining filiallarida biologiya, kimyo fanlari o'qitiladigan fakultetlar ochilsa maqsadga muvoffiq bo'larmidi, ayniqsa bioengineering yoki biomedicine juda dolzarb yo'nalishlar. Ularda esa IT, business va h.k. bilan bog'liq bo'lib qolgan
Dinara
Ассалому алайкум! Мен хам янгиликдан жуда хурсанд булдим. Аник фанларни ривожланишига катта кадам. Энди барча фанлардан укувчиларни амалий куникмаларни оширадиган дастурлар хам ишлаб чикишларини кутиб колар эдим.
qarorlar chiqyapdi ammo uning ijrosi haqida ham o'ylashsa yaxwi bo'lardi oldinroq matimatiklar haqida ham wunday deyishgan edi lekin hali maktablarda o'zgarish yo'q eski oylik eski taktika
Xushnudbek aka qarorlar ijrosi haqida ham tanqid qilsangiz balki jarayon tezlashar
O'ktam Rajabov
Эй барака топгурлар! Бир ишни килмокчи булсангиз, аввал-бошидан бошлаб килингда! Таълим жараёнининг боши умумтаълим мактабида. Умумтаълим мактабида ишни тартибга олмасдан таянч мактаб, президент мактаби ва б.ни уйлаб чикиш, яъни кайтадан велосипед кашф килишни нима кераги бор? Таълим ва тарбия кенг камровли, оммабоп асос ва узлуксиз жараён сифатида амалга оширилсагина жамиятда ижтимоий ва иктисодий усиш булади. Хусусий таълим муасасалари таълим тизимидаги табакалаштириш учун етарли деб хисоблайман. Давлат хамма учун бепул ва самарали умумий урта таълим олиш имкониятини яратиб бериши ШАРТ деб хисоблайман. Ижтимоий лифт тушунчаси бу мезонсиз маънога эга эмас!
Shohnazar Dusanov
Qabul qilangan ushbu qaror korrupsiyani kuchaytiradi.
Chunki bu ham Monopolya. Kimyo bilologiya maktab monopolyasi.
Demokratik qadryatlarga zid.
Bitta yo'nalishga imtiyoz prefensiya berish orqali 5 foizni kuchaytiradi 95 foizni susaytiradi.

...
Nimaga faqat biologiya va kimyo. Fizika fani ham kuchaytilishi kerak. Bu soha ham korrupsiyaga botib qolganku
Бобир Назаров
Аскар Исматов
Nimaga faqat biologiya va kimyo. Fizika fani ham kuchaytilishi kerak. Bu soha ham korrupsiyaga botib qolganku
Чунки хозир химия ва биологиячилар керак булиб колди, коронавирус туфайли. Ядровий хавф кучайса (астарагфурлох, худо сакласин) кейин физикага эътибор каратамиз.
Ozoda Ikromovna
Asalom alaykum Meni bu qaror juda quvontirdi chunki kimyo biologiya sohasida mutahasislar ko'p ammo shu fanni mohiyatini o'quvchilar yetkazib beradigan o'qtuvchi juda sanoqli borlari ham repititorlik qiladi chunki maktabda dars soatlari kam davlat beradigan oylik maosh kam shuning uchun qaysidir uqv markazlarida dars berganim afzal deydi buning oqibatida o'quvchilar qiynaladi agar shu qaror kuchga kirsa yaxshi bulardi Ahir iqtidorli bolalarni ham o'sishiga yordam berish kerak
O'ktam Rajabov
Таълим ва тарбия масаласи маърифатпарвар Абдулла Авлоний айтганидай биз учун "хаёт ва мамот масаласи" булса, у холатда бу нозик масалада турли-туман хатарли "экспериментлар"дан узимизни тийсак хайрли булармиди?! Ёки Абдулла Кодирийдек "мозийга караб иш килмок хайрлимикин?" Атрофимиздаги оламда биздан кура илмлирок давлатларнинг тажрибасидан биз учун нафи тегадиган жихатларидан урганадиган вакт келгандир? Хаётда уз урнини топиб, яшаб кета оладиган концепцияларни жорий этиш даври келмадими?
Karrupsiya bo'pketadi bularning hammasi.
Show next 70 comments