Нима учун ОТМларнинг молиявий ҳисоботлари ошкор қилинмайди?

Жуда кўп дуч келамиз, давлат бўладими, нодавлат бўладими, кўплаб ташкилотлар халқда пайдо бўлаётган норозиликларга энг аввало одамларнинг ўзини айбдор қилади. «Биз қилаётган ишларни билмасдан, масалани тушунмасдан, қилинаётган ўзгаришлар моҳиятини тўғри англаб етмасдан, фақат танқид қилишни билишади» деган айбларни тез-тез учратамиз.

Аммо аслида айб ўша ташкилотларнинг ўзида, улар етарли даражада тушунтириб бера олмаган, масала моҳиятини халқ тилида кенг тарғиб қилмаган ва энг асосийси очиқ ҳамда шаффоф маълумотлар тақдим қилмаган.

«Улар» лойиҳасининг аввалги сонида TEAM университети ректори Алишер Ҳасанов ҳам талабалар контрактлари атрофида юзага келаётган норозиликлар ҳақида гапира туриб, айнан шунга урғу бериб ўтган (видео пост охирида). Яъни талабалар тўлаётган контракт харажатни қопламаслиги рост, аммо буни тўғри етказиб бера олиш керак, маъносида.

Яқинда Ҳукумат пандемия муносабати билан талабалар контрактига 10% чегирма эълон қилди. Аммо шу чегирмадан кейин ҳам норозиликлар тиниб қолгани йўқ, аксинча яна янги гаплар, янги важлар пайдо бўлди. Бунинг сабаби нима? Сабаби "эй, булар ўзи доим ношукр"лигидами ёки етарлича очиқ ва шаффоф маълумотлар берилмаётганидами?

Шу чоққача ОТМ ректорлари ўз талабаларига молиявий харажатлари ҳақида маълумот бердими? Қайси ректор қилди шу ишни? Чиройли (хунук бўлса ҳам майли) тақдимот, диаграмма, инфографикалар билан ОТМ 1 йилда қанча топяптию, қанча харажат қиляпти, шуни қанчасини талаба тўляптию, қанчасини давлат қоплаб беряпти, ҳар йили қанча фойда ёки қанча зарар билан чиқяпти, шулар ҳақида ҳисобот тақдим этдими? Йўқ!

❓Нега? Нега тақдим этишмайди? Нега ОТМлар бюджети, молиявий ҳисоботлари ёпиқ ва сирли?

Ахир давлат ОТМлари халқ тўлаётган солиқлар ҳамда талабалар тўлаётган контрактлар эвазига кун кўряптику. Уларнинг молиявий ҳисоботлари билан танишишга нафақат талабалар, балки ҳар бир ўзбекистонликнинг тўла ҳаққи бор. Бюджетдан ажратилаётган пуллар қаёққа, қанақа сарфланаётганини билишга ва уни назорат қилиб боришга жамоатчилик 100% ҳақли!

Шунинг учун янги ўқув йили бошлангунга қадар солиқ тўлаётган халқни, контракт тўлаётган талабаларини ва албатта ўзини ҳурмат қилган ректорлардан очиқ ва шаффоф молиявий ҳисоботларини эълон қилишларини сўрайман. «Биз зарар билан чиқяпмиз, ўшанчун контракт нархи шунақа» деган умумий гаплардан чекинадиган пайт келди.

P.S.: олий таълимдаги контрактлар миқдори масаласидаги позициям кўпчиликка маълум. Менга давлат ОТМлардаги молиявий сиёсати ёқмайди, ОТМларнинг зарарига ишлашига эса тиш-тирноғим билан қаршиман, гарчи бу талабаларга унчалик ёқмаса ҳам. ОТМлар тезроқ молиявий ва академик мустақил бўлишини, контракт нархини харажатларидан келиб чиқиб ўзи белгилашини, ҳадеб давлат бюджетига қараб қолмасдан, ўзи даромад қилишга ўрганишини, ўзи топган пулни эркин ишлата олишини, умуман олганда бозор иқтисодиёти қоидалари ва соғлом рақобат муҳитида таълим сифати кўтарилишини истайман.

Тезроқ шу кунлар келишига тилакдошман.


👉 @xushnudbek 👈

185 comments

Show 100 more comments
Улугбек
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Siz shunday negativ fikrlarni o'ylab yurgan payt, men IELTS o'tib oyiga kishi boshiga 300dan pul olib, oyiga 3 mln olib, oddiy talaba bolsamam kontraktimni tolab yuribman. Faqat qonunlardan nolish kerakmas, ularga moslashish kerak, qandaydir ijtimoiy yangilik qilish uchun ozimizni ham ozgqrtirishimiz kerakkkk
Siz shunday zo'rdirsiz lekin hamma ham farovon yashayapti deb o'ylaysizmi? Ko'zingizni kattaroq oching atrofga qarang qo'shningiz qanday yashayapti yoki tanishingiz hammani daromadi yuqorimi? Odam sal vatanparvar bo'lishi kerak och qornim tinch qulog'im bilan ish bitmaydi!
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Siz shunday zo'rdirsiz lekin hamma ham farovon yashayapti deb o'ylaysizmi? Ko'zingizni kattaroq oching atrofga qarang qo'shningiz qanday yashayapti yoki tanishingiz hammani daromadi yuqorimi? Odam sal vatanparvar bo'lishi kerak och qornim tinch qulog'im bilan ish bitmaydi!
Hammaga yordamni bu yolda bermang, oqib Zo'r bolib ish o'rni yarating, moliyaviy sharoit yarating xalqqa, shu kerak sizdan, bunday vatanparvarlik nolga teng hozirgi kunda, quruq gap kerakmas, birovlar masalasga kesak, ishlasin, harakat qisin, kimlarnidir harakat qimagani uchun uyda aza tutib o'tirmayman. Hamma harakatiga yarashasini oladi
Hushnud aka oxiridagi fikringiz unchalik maqul emas agar OTM kantrakni ozi belgilab davlatdan pul olmaydigan bolsa Hindiston bolamizu qolamiz kantrakt kamida 50 mln Dan boshlansa kk Agar akmal aka ertaroq korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlamasa ancha qiyin boladi Xalqga chunki shu korrupsiyaga botgan OTM larda xalqning bolasi oqiydi axir
Шерзод
Kontrakt kutarilib ketuuradi, xalq uyini sotib busayam bolasini uqitadi bitirib chiqgach ish urni tola, ish topomiydi keyin nima qiladi? Yaxshi kvalifikatsiyasi busayam befoyda hamma yo tanish bilish
Boyni bolasiga farqi yoq u aniq ish topadi
Улугбек
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Hammaga yordamni bu yolda bermang, oqib Zo'r bolib ish o'rni yarating, moliyaviy sharoit yarating xalqqa, shu kerak sizdan, bunday vatanparvarlik nolga teng hozirgi kunda, quruq gap kerakmas, birovlar masalasga kesak, ishlasin, harakat qisin, kimlarnidir harakat qimagani uchun uyda aza tutib o'tirmayman. Hamma harakatiga yarashasini oladi
Hamma narsani biz qilsak unda davlat nimaga kerak o'ylab gapiryapsizmi. Man o'qishni tugatganman germaniyaga fransiyaga borganman xudoga shukur yashashim yomon emas. Lekin boshqalarchi ularga to'g'ri yo'nalish to'g'ri ta'lim berilyaptimi. O'zim bo'lsam bo'ldi desam bo'ladi manam lekin unday qilolmayman. Yurtimizda boylar nechi foiz borinki 10% qolganlarni 90% aholichi. Hayot zo'r deb qarsak chalib maddohlik qildik 27 yil nima bo'ldi. Aslida reaksiya bildirmaganimizdan shu holga tushdik. Yashash yaxshi bo'lsa biz boy bo'lsak qudratli iqtisodiyotga ega bo'lsak nega 8mlnga yaqin aholimiz chetda ishlab yuripti nega aholi (arzimagan) 12mln kontraktni to'lashga qiynalyapti nega OTMni botirgan talabalar ishsiz yuripti? Yakka shaxsdan kelib chiqib xulosa qilinmaydi umumiy ahvolga qarang. Yetadi shuncha qarsaq chalganimiz SH.M. Mirziyoyevni o'zlari aytyapti fikrlang harakat qiling so'z erkinligi muammoni olib chiqiq deb. Balki biz muammolarni aytmaganimiz uchun yuqoridagilar bilmagani uchun shu ahvolga kelib qolgandirmiz. Balki bo'g'lam yo'qdir xalq bilan hukumat o'rtasida. Lekin aniq bilaman maddohlik bilan natijaga erishib bo'lmaydi!
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Шерзод
Kontrakt kutarilib ketuuradi, xalq uyini sotib busayam bolasini uqitadi bitirib chiqgach ish urni tola, ish topomiydi keyin nima qiladi? Yaxshi kvalifikatsiyasi busayam befoyda hamma yo tanish bilish Boyni bolasiga farqi yoq u aniq ish topadi
Eee kechirib qo'yasiz , siz hammani darajasidan yuqori bolingchi, ishsiz qolarmikansiz, lekin bir tomoni hozirgi muammo OTMlar bitiruvchilar uchun tashkilot va korxonalar bn shartnomasi yoq, ozimizdagi TATU, WIUT, MDIS, INHA va shunga oxwaw univerlrda shular bor, mahalliylardan sifati yaxshiroqligiyam shunda, rostan ishga qabul qilish kontraktlarini joriy qilsa talabalar orasida concurensiya bolardi oz bosayam)))
Avvalom bor Assalomu alaykum xammaga faqat o'qish OTM ga kirish xaqida ko'p o'ylashi manimchs to'xtadigan payti kemadimi. Agar ishizi ustasi bo'seyiz manimcha xamma joyda ish bor. shogirt tushib ishlashni ozgina sabr qilishni shukur qilishi qachon urganamiz. Agar biz OTM larga intilmasak shundoq xam kantrakt narxlari tushadi uzimizi uzimiz siqib nima foyda bir yilda 10 mln tolasakda daromadimiz esa shungayam yetmasa oqishdan nima foyda. 3 yilda 30 mln som. Uzbekla uy qilaman to'y qilaman dib ulib ketishadi qachon yashaymiza uzi. OTM ni bitiribam boshqa ish qivotganla qancha. 3 yilda baloniyam urgatishmidiyu. Amaliyotdagi ish boshqa uqish boshqa.
Odami o'zida bosa xamma joyda ish bor. faqat sabr xarakat va shukur qisa Xudo beradi o'sha risqini.
Uzreportda Shu muammo gapirilayapti
Vazirlikdagi va barcha yuqoridagilar bloggerlar savolidan qórqib terlab ótribdi
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Hamma narsani biz qilsak unda davlat nimaga kerak o'ylab gapiryapsizmi. Man o'qishni tugatganman germaniyaga fransiyaga borganman xudoga shukur yashashim yomon emas. Lekin boshqalarchi ularga to'g'ri yo'nalish to'g'ri ta'lim berilyaptimi. O'zim bo'lsam bo'ldi desam bo'ladi manam lekin unday qilolmayman. Yurtimizda boylar nechi foiz borinki 10% qolganlarni 90% aholichi. Hayot zo'r deb qarsak chalib maddohlik qildik 27 yil nima bo'ldi. Aslida reaksiya bildirmaganimizdan shu holga tushdik. Yashash yaxshi bo'lsa biz boy bo'lsak qudratli iqtisodiyotga ega bo'lsak nega 8mlnga yaqin aholimiz chetda ishlab yuripti nega aholi (arzimagan) 12mln kontraktni to'lashga qiynalyapti nega OTMni botirgan talabalar ishsiz yuripti? Yakka shaxsdan kelib chiqib xulosa qilinmaydi umumiy ahvolga qarang. Yetadi shuncha qarsaq chalganimiz SH.M. Mirziyoyevni o'zlari aytyapti fikrlang harakat qiling so'z erkinligi muammoni olib chiqiq deb. Balki biz muammolarni aytmaganimiz uchun yuqoridagilar bilmagani uchun shu ahvolga kelib qolgandirmiz. Balki bo'g'lam yo'qdir xalq bilan hukumat o'rtasida. Lekin aniq bilaman maddohlik bilan natijaga erishib bo'lmaydi!
Siz bu fikrlarni bu yerda emas, kerakli shaxsga aytishingiz kerak, gaplaringizdan jamiyatda o'z o'rningizga ega insonga oxwaysiz, shunday ekan depressiyadagi xalqni negativ fikrlqr bilan battar zaharlash kerakmas, nabarot ularga goya, taklif, pozitivlik berish kerak, hozir fikrlaringizni kopchilik oqib tushunyaptiki oqiyotgan ham, bitirgan ham otmlardan norozi, ular faqat axmoqona ishlar qilishadi, deb.
Yulduz Xudayberdiyeva
To‘gri kontrakt narxini birozbo‘lsada tushirish kerak .Nega deganda xaqiqiy bilimli farzandlarimiz oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay kontrakt pulini to‘lolmaydilar Hozirda faqat puli bor lekin bilimi 0 bolalar oliygoh toldirib yuribdi .Bu holatda davlat inqirozga ucramaydimi .Oddiy sog‘liqni saqlashni olsak u yerni bitirgan ya‘ni super konntraktga uqishga kirgan talabadan qanday shifokor chiqishi mumkin
Шерзод
Kontraktga juda kop pul tulayapmiz xarajatlar esa ancha kam buni hamma bilib korib turipti
norozi bulamizda, aslida 10% chegirma stipendiyasiz kontraktdan hisoblanyapti urtacha 800 ming atrofida talabalarga chegirma qilindi boshqa davlatdagi OTMlari 25-40% chegirma qilganiga qarab, chet el tajribasidan kelib chiqib talabalarga juda katta chegirma qildik
Huddi gilam laqabli romolcha bervordi deganday buldi
Улугбек
Mayli achchiq gaplarim uchun hammadan uzur so'rayman. Hammani o'z shahsiy fikri bor to'g'rimi noto'g'rimi!
Xushnud aka oziz ham oqigansiz shu oliy talimda nima uchun universitetni domlalariga va boshqa harajatlarini kontrantga yuklash kerak axir dunyoga real qaraydigan bolsak rivojlangan universitetlarni hech qaysida bunaqa tizim yogu ular eng avvalo oz harajatlarini kontrantga yoki davlat budjetidan emas,ozini bilmini sotish yoli bilan qoplidi.masalan bitta osha yerda ishlayotgan domlalar imliy unvon olishi uchun shunaqa bir yangilik qiladiki u ixtirosi bilan kotta kotta kampaniyalar. Bilan shartnomalar tuzishadi bizdachi bunaqa ilmiy unvonlar xojakorsinga boladi.keyin oxirgi aytgan gapiz umuman mantiqqa togri kelmidi chunki oliy talim faqat foydani ortidan quvaversa bunaqa talimni nima keragi bor bechora kambagalni bolasini puli yoq lekin bilimi yaxshi boyni bolasini esa bilimdan hech narsa yoq lekin pul bor siz shu ikkala holda qaysini tanlardiz.meni taklifim oliy talim faqat kontrantni hisobiga kun korishdan voz kechish kerak bundan kora sistemasida ishlayotgan domlalarni qilayotgan dissertatsiyalarini tubdab ozgartirish kerak bolsa akademik professorlarni qilgan ishlari jamiyatimizga foydasi bor yoqligiga qarab kerak bolsa imliy unvonini olib qoyish kerak
Show next 56 comments