Нима учун ОТМларнинг молиявий ҳисоботлари ошкор қилинмайди?

Жуда кўп дуч келамиз, давлат бўладими, нодавлат бўладими, кўплаб ташкилотлар халқда пайдо бўлаётган норозиликларга энг аввало одамларнинг ўзини айбдор қилади. «Биз қилаётган ишларни билмасдан, масалани тушунмасдан, қилинаётган ўзгаришлар моҳиятини тўғри англаб етмасдан, фақат танқид қилишни билишади» деган айбларни тез-тез учратамиз.

Аммо аслида айб ўша ташкилотларнинг ўзида, улар етарли даражада тушунтириб бера олмаган, масала моҳиятини халқ тилида кенг тарғиб қилмаган ва энг асосийси очиқ ҳамда шаффоф маълумотлар тақдим қилмаган.

«Улар» лойиҳасининг аввалги сонида TEAM университети ректори Алишер Ҳасанов ҳам талабалар контрактлари атрофида юзага келаётган норозиликлар ҳақида гапира туриб, айнан шунга урғу бериб ўтган (видео пост охирида). Яъни талабалар тўлаётган контракт харажатни қопламаслиги рост, аммо буни тўғри етказиб бера олиш керак, маъносида.

Яқинда Ҳукумат пандемия муносабати билан талабалар контрактига 10% чегирма эълон қилди. Аммо шу чегирмадан кейин ҳам норозиликлар тиниб қолгани йўқ, аксинча яна янги гаплар, янги важлар пайдо бўлди. Бунинг сабаби нима? Сабаби "эй, булар ўзи доим ношукр"лигидами ёки етарлича очиқ ва шаффоф маълумотлар берилмаётганидами?

Шу чоққача ОТМ ректорлари ўз талабаларига молиявий харажатлари ҳақида маълумот бердими? Қайси ректор қилди шу ишни? Чиройли (хунук бўлса ҳам майли) тақдимот, диаграмма, инфографикалар билан ОТМ 1 йилда қанча топяптию, қанча харажат қиляпти, шуни қанчасини талаба тўляптию, қанчасини давлат қоплаб беряпти, ҳар йили қанча фойда ёки қанча зарар билан чиқяпти, шулар ҳақида ҳисобот тақдим этдими? Йўқ!

❓Нега? Нега тақдим этишмайди? Нега ОТМлар бюджети, молиявий ҳисоботлари ёпиқ ва сирли?

Ахир давлат ОТМлари халқ тўлаётган солиқлар ҳамда талабалар тўлаётган контрактлар эвазига кун кўряптику. Уларнинг молиявий ҳисоботлари билан танишишга нафақат талабалар, балки ҳар бир ўзбекистонликнинг тўла ҳаққи бор. Бюджетдан ажратилаётган пуллар қаёққа, қанақа сарфланаётганини билишга ва уни назорат қилиб боришга жамоатчилик 100% ҳақли!

Шунинг учун янги ўқув йили бошлангунга қадар солиқ тўлаётган халқни, контракт тўлаётган талабаларини ва албатта ўзини ҳурмат қилган ректорлардан очиқ ва шаффоф молиявий ҳисоботларини эълон қилишларини сўрайман. «Биз зарар билан чиқяпмиз, ўшанчун контракт нархи шунақа» деган умумий гаплардан чекинадиган пайт келди.

P.S.: олий таълимдаги контрактлар миқдори масаласидаги позициям кўпчиликка маълум. Менга давлат ОТМлардаги молиявий сиёсати ёқмайди, ОТМларнинг зарарига ишлашига эса тиш-тирноғим билан қаршиман, гарчи бу талабаларга унчалик ёқмаса ҳам. ОТМлар тезроқ молиявий ва академик мустақил бўлишини, контракт нархини харажатларидан келиб чиқиб ўзи белгилашини, ҳадеб давлат бюджетига қараб қолмасдан, ўзи даромад қилишга ўрганишини, ўзи топган пулни эркин ишлата олишини, умуман олганда бозор иқтисодиёти қоидалари ва соғлом рақобат муҳитида таълим сифати кўтарилишини истайман.

Тезроқ шу кунлар келишига тилакдошман.


👉 @xushnudbek 👈

185 comments

Show 100 more comments
Улугбек
Mayli achchiq gaplarim uchun hammadan uzur so'rayman. Hammani o'z shahsiy fikri bor to'g'rimi noto'g'rimi!
Xushnud aka oziz ham oqigansiz shu oliy talimda nima uchun universitetni domlalariga va boshqa harajatlarini kontrantga yuklash kerak axir dunyoga real qaraydigan bolsak rivojlangan universitetlarni hech qaysida bunaqa tizim yogu ular eng avvalo oz harajatlarini kontrantga yoki davlat budjetidan emas,ozini bilmini sotish yoli bilan qoplidi.masalan bitta osha yerda ishlayotgan domlalar imliy unvon olishi uchun shunaqa bir yangilik qiladiki u ixtirosi bilan kotta kotta kampaniyalar. Bilan shartnomalar tuzishadi bizdachi bunaqa ilmiy unvonlar xojakorsinga boladi.keyin oxirgi aytgan gapiz umuman mantiqqa togri kelmidi chunki oliy talim faqat foydani ortidan quvaversa bunaqa talimni nima keragi bor bechora kambagalni bolasini puli yoq lekin bilimi yaxshi boyni bolasini esa bilimdan hech narsa yoq lekin pul bor siz shu ikkala holda qaysini tanlardiz.meni taklifim oliy talim faqat kontrantni hisobiga kun korishdan voz kechish kerak bundan kora sistemasida ishlayotgan domlalarni qilayotgan dissertatsiyalarini tubdab ozgartirish kerak bolsa akademik professorlarni qilgan ishlari jamiyatimizga foydasi bor yoqligiga qarab kerak bolsa imliy unvonini olib qoyish kerak
Шерзод
Hushnudbek Aka noroziliklarni taxlil qilish kk emas ularni kerakli mutassadilarga tushuntirish kk vaziyatni yaxshi tomonga ozgartirish uchun harakat qilish kk
Talabalar nomidan chiqib ular fikrini aytishga vakolatingiz borku
Шерзод
Biz tuxmat qilmayapmizku hamma bir ovozdan buvolib
Yemagan somsanga pul tolashkubu
Xushnud aka siz talabalar tarafmisiz yo Xalq talimi vazirligimi? O'qishimiz agar odatdagidek bulayotganda mayli edi, hozirgi paytda tushurilishi kerak. Karantin payti pul topish qiyin bub qoldi, kantrakni talabalar sharoitidan keb chiqib yana korib chiqishsa yaxshi bolardi.
Keyingi masala, OTM uzlari mustaqil bub olishgani bilan zararli taraflariyam bor, chunki kantrakga talabalar kopayib ketyabdi, unisi mayliku bitirganidan keyin ish topib beriwadimi shu OTMlar! Hozirda bitirganlar ham iqtidorli kadrlar ham ish topo olishmayabdi. OTM larni byudjetdan ajratib qoyish kelajakda talabalar uqigan pullariga kuyib, ish topo oloshme qiynalishini ham mumkinku?
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Siz bu fikrlarni bu yerda emas, kerakli shaxsga aytishingiz kerak, gaplaringizdan jamiyatda o'z o'rningizga ega insonga oxwaysiz, shunday ekan depressiyadagi xalqni negativ fikrlqr bilan battar zaharlash kerakmas, nabarot ularga goya, taklif, pozitivlik berish kerak, hozir fikrlaringizni kopchilik oqib tushunyaptiki oqiyotgan ham, bitirgan ham otmlardan norozi, ular faqat axmoqona ishlar qilishadi, deb.
Sizga goya kerakmi unda yaxshi rektorlar domlalarga tolaydigan oylikini kanrtak yoki davlat budjetidan emas domlalar qilayotgan ilmiy yangiliklarni qilishni Organich kerak nima uchun butun boshli universitet professorlari birorta xalqaro grant yutib ololmaydi yoki Xalqaro grantlar Ozbekiston domlalariga kelganucha tugab qoladimi? dolmalar bir tinga qimmat kochirilgan dissertatsiyalarini qilmacdan kichkina bolsa ham ixtiro yaratganlarida edi uziga ham universitet budjetiga ham foyda bolardi
Qaysi zamonga qaresila , zadogonlarni davri kegan, kambagalni bolasi yana Byudjet chiqib ketgan qimmat kantrakalarda uqib qiynalib yiraveradi! Xushnud puli yu talabalarni ham uylaysizmi?
Assalomu alaykum

OTM Imtixonlariga kirish uchun ruxsatnoma yani DTM qog'ozlari qachondan berilishi haqida aniq habar bormi

Javob un oldindan raxmat
Assalomu alaykum. Yurtimiz shiddat bilan rivoj topayabdi. Bugungi kunda insoniyatning boshiga turli kulfatlar yog'ilayabdi. Bu kasallik insonlarni, davlatlarni juda ham qiyin ahvolga solib qo'ydi. Davlatimizga rahmatki, shunday qiyin vaziyatda biz talabalarga qanchadir miqdorda kontrakt qiymatini o'zgartirdi. Bu albatta, juda katta yordam degani. Men Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o'qiyamn. Bilamizki, universitetning kontrakt summasi deyarli ikki barobarga oshirilgan. Maqsad nima? Demak, bundan ko'zlangan maqsad, universitet salohiyatini tubdan o'zgartirish, rivojlangan mamlakatlar saviyasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, chet el mamlakatlaridan professor-o'qituvchilar jalb qilish, xaqaro kuchli universitetlar bilan hamkorlik qilish (talabalar almashish, o'rganish) maqsadida amalga ishirilgan. Bu yil o'qish karantin sababli onlayn tarzda bo'lishi tasdiqlandi. Davlatimiz kontrakt miqdoriga chegirma bergan bo'lsada, diplomatiya universiteti kontrakti kishini larzaga solishda davom etayabdi, ya'ni o'zgarmagandek. Agar darslar onlayn tarzda bo'lsa, yuqorida kontarkt summasi oshirish sabablari bajarilmay qolmasmikan, onlayn darsda qayerdan tajriba almashinadi, qaysi universitet bilan hamkorlikda talabaga biror foyda bo'ladi, ya'ni u uyda bo'lsa qanday tajriba almasha oladi, qanday professor-o'qituvchilar bilan o'qish davridek aloqa qila oladi, menimcha bularning hech ham iloji yo'q. Kimlarnidir mo'may daromadi bor, kimlardir mavsumiy yoki oylik pulga yashaydi, kimlardir kunlik. Men ommaviy tarzda aytayabman.
Nega bizdagidek yuridik institutida, Islom Akademiyasida bor fakultetlar u yerda kontrakt summasi 13 mln. Agar uyda o'tiladigan onlayn darsni fikr qilsak, saviya jihatdan ulardan ustun bo'lmaymiz, menimcha. To'g'ri, bu diplomatiya lekin, hozirgi karantin holati nufuzga qaramaydi, inson qadriga qaraydi.
Нилуфар Салимова
Хафа булмангу тугри гапиряптилар Шерзод ака. Мен хозир сиртки 3 курс талабасиман. Педагогика йуналишида укийман. Аммо мактабларга иш сураб борсам жой йук деди. *ё пулингиз, ё танишингиз* булсин. Вахоланки уша таълим буйича номутахассис урта махсус ходим ишлаяпти. Кимга мурожаат килишни билмайман.
Нилуфар Салимова
Хамма жойни нафакахур ходимлар эгаллаган. Узлари зурга юришадию, ёшларга жой беришмайди.Тугри улардан куп нарса ургансак арзийди. Лекин ёшлар хам иш бн таъминланиши керакку
Assalomu alaykum Xushnudbek aka . Men bir narsadan xavotir olyapman , ertaga imtihonlar davrida (stadionlarda, bog'larda bo'lib o'tadi) koruptsiya bo'lmasligiga dtm kafolat bera oladima , Iltimos men sizdan shuni so'rardimki , koruptsiyaga qarshi qanadir choralar ko'rilayotgani haqida kanalizda post qoldiring , biz ozgina bo'lsa ham dtm ga ishongan bo'lar edik . * agar shunaqa choralar ko'rilayotgan bo'lsa * !
Assalomu aleykum @xushnudbek, uzr mavzudan tashqari narsani yozyotganim uchun, Institutni bitirdim, pandemiya sharoiti deb maktablar ishga olmaymiz deyishdi, internet orqali ish qidirsam, soxam bo'yicha berilgan maktablarga telefon qilsam biz ishga olib bo'ldik deyishmoqda, bu ko'zbuyamachilikmi? Unda nima keragi bor ish.mehnat.uz ni?! Pandemiya sharoitida xar bir maktabga borib ish bormi deya olmaymizku!?
Bugun ruxsatnoma beriladi dgan xabarla kevotti xar xil kanalladan rosmi yolgonmi
Kontrakt narxini OTMlar erkin belgilashi haqidagi fikrlarizga men ham qushilaman.lekin hamma narsaning uz vaqti bor.chet elda kontraktni OTMlar uzi belgilaydi deb ulardan buni urnak olsak.lekin bizni aholini daromadichi?Chet eldagi kabi aholini ish bn band qilinishi darajasiga erishaylik oldin.talim sohasida tugri judayam ehtiyotlik bn siyosat yuritish kerak.avvalo aholini ish bn taminlanishini yaxshilash va OTMlarga ham zamonaviyroq fikrlaydigan yoshlarni kuproq raxbarlikka jalb qilish kerak.bizda yoshi keksa qariyalarga kuproq tayaniladi.nimaga ahir.kelajakni yoshlar quradiku
Aslida eng katta xato qarorlardan biri nafaqadagilarning ishga qaytarilishi buldi.hamma joyni keksa chollar va momoylar egallab oldi.yoshlarga na imkoniyat bor na qullab quvvatlash.
Vayyannilarni bollariga ligotalar berildi 5 % li. O‘sha xaqida malumot bersangizlar. Endi uni olgan abutrent endi nima qilsin. Uni qayergadir topshiradimi
Bizni bitta qishloqda 800 ga yaqin oila bor.va shu yerda 4 ta fermer bor.bu degani butun aholi fermer xujalik bn band va ish bn taminlanib daromad bn taminlangan,tadbirkorlik qilyabdi degani emasku.televideniyeda fermerlik qil fermerlik qil deydi.odamni ustidan kulgandek qiladi.yana IT sohasida ishlab pul topayotganlar haqida ham gapirib urnak qilishadi.qishloqlarda maktablar ham komputer bn taminlanmagan.uzim uqigan maktabda komputerni ishlatish pullik edi.maktab komputerini informatika uqituvchisi shaxsiy manfaati yulida ishlatardi.endi aytingchi biz shunaqa sharoitda komputer mutaxassisi bulamizmi.odamni ustidan nagli kulishku bu.na bir zavod bor na fabrika.aholi ishsiz.nega endi kontrakt oshishi kerak deyiladiyu aholini tulov imkoniyati haqida uylab kurilmaydi
Show next 38 comments