⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
shunda o'tish ballari o'zgartiriladimi yoki o'tgan yilgidek qoladimi
ingliz tilidan grammatika necta readingdan necta savol beriladi?
Bir kuni quyon yugurib yugurib charchab daraxtni teepasida turgan qarg‘aga qarab
- Ey qarg‘a, senga mazzaya o‘tirasan bir joyda desa
Qarg‘a quyonga qarab
-Ha senam o‘tir debdi
Quyon bir joyda o‘tirgan ekan bo‘ri keb yeb ketibti...
😏Shunday ekan bemalol o‘tirish uchun ancha tepada o‘tirish kerak test topshirnaydigan joyda shunda bilganingizcha qarorni o‘zgartirayverasizlar.😉
Assalomu alaykum. Ingliz tilida 18 ta grammatika , 12 ta matndan test tushardiku, endi qanaqa bo'ladi?
Aℓhɑღժuℓιℓℓɑh ﷽ ❤️
Assalomu aleykum savollar qiyinlawadimi qanday boladi
Gulchehra
Eee juda yomon bo'libdiku spes fanlarni shuncha o‘qib 20ta test ishlemizmi
Dilnoza
Assalomu alaykum.
Ona tili adabiyotdan savollar qanaqa taqsimlanadi endi ?
Savollar darajasi qanday buladi
Perevod qiladiganlarni test i qachon dan boshlanadi ekan shu haqida iloji boʻlsa habar bersezlar
Ibragimova Sarvinozxon (Xoliqova)
Nima keragi bor pandemiyani?baxonasimi qachon zga tuwadi oliy ta’lim baribir 3 soat o‘tiradiku test ishlab kam test bersa ham kop bersa ham bizi davrimizda 36 tadan 108 test iwlanardi o‘shanda haqiqiy o‘qish kirish uchun test ishlaanday bolinardi. Otm ham o‘yin bo‘lib ketti kim nimani hohlasa shuni kuylaydigan. Shu o‘zgarishni ayni paytda chiqishi ham notog‘ri 10 ta savol bn majburiy fanni qanchalik darajada bilishlarini tekshirish mumkinmi....?
Nimalar bo‘lyabdi. Shuncha spes fanni o‘qib 20 ta ishlaymizmi
Show next 100 comments