⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Ingliz tilida 18 ta grammatika , 12 ta matndan test tushardiku, endi qanaqa bo'ladi?
Aℓhɑღժuℓιℓℓɑh ﷽ ❤️
Assalomu aleykum savollar qiyinlawadimi qanday boladi
Gulchehra
Eee juda yomon bo'libdiku spes fanlarni shuncha o‘qib 20ta test ishlemizmi
Dilnoza
Assalomu alaykum.
Ona tili adabiyotdan savollar qanaqa taqsimlanadi endi ?
Savollar darajasi qanday buladi
Perevod qiladiganlarni test i qachon dan boshlanadi ekan shu haqida iloji boʻlsa habar bersezlar
Ibragimova Sarvinozxon (Xoliqova)
Nima keragi bor pandemiyani?baxonasimi qachon zga tuwadi oliy ta’lim baribir 3 soat o‘tiradiku test ishlab kam test bersa ham kop bersa ham bizi davrimizda 36 tadan 108 test iwlanardi o‘shanda haqiqiy o‘qish kirish uchun test ishlaanday bolinardi. Otm ham o‘yin bo‘lib ketti kim nimani hohlasa shuni kuylaydigan. Shu o‘zgarishni ayni paytda chiqishi ham notog‘ri 10 ta savol bn majburiy fanni qanchalik darajada bilishlarini tekshirish mumkinmi....?
Nimalar bo‘lyabdi. Shuncha spes fanni o‘qib 20 ta ishlaymizmi
Karantin buladi degan gap yomi
Feruza Raxmonqulova
Assalomu alaykum. Ijodiy imtihonlar o'tqazilish tartibi haqida malumot bersangiz masalan dizaynerlik yo'nalishidagi imtihonlar haqida qanday va qay tartibda o'tkaziladi
Nega birdan? 🤔 Savol oz bolsa demak savollar qiyin bóladimi?
417-qorodagi imtiyozi bor shaxslarga kirish ballari qancha bóladi. Shu haqida malumot bersangiz.
Show next 100 comments