⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Savollaring qiyinlik darajasi qanday bòladi
M. Ahmedova
Hm milliy sertifikatiz nechta test un?
Milliy sertifikatim 87,10 foiz bu 63balldan 54,81 ball degani 20tallik sistema bóyicha
M. Ahmedova
𝓜𝓮𝓭𝓲𝓬𝓪𝓵_04_06
Savollaring qiyinlik darajasi qanday bòladi
Oson bolsa kerak. "Maqsad" abitiriyentlarni virusdan saqlashku
Asadbek
Ishilib yasha O'zbekiston malades bundan battar xalqingizni qoy qilin DTMga br kun qolganda aytmabsilarda zor bolardi 👍
Nozima
Qiyinlik darajasi o'zgarmasmikan
Nozima
Qiyinlik darajasi o'zgarmasmikan
Menimcha 8 ta oson(1- darajali) 8 ta o'rtacha(2-darajali) 4 ta qiyin (3-darajali) savollar tushadi.
Savollar soni kabi 3 dan 1 qismi olib tashlanadi.
Dunya
Assalomu alaykum.Bu qaror kimyo biologiya böyicha bölib ötgan sertifikatga tasiri qanday böladi.Masalan biz 30 ta savol uchun topshirgandik hozirgi test esa 20 ta bölar ekan?
Mirqobil Hakimov
Бу тестларни кодификатори качон чикади укувчилар билиши керакку кандай тестлар тушади кандай даражадаги саволлар булади
Savollar soni kamaygani yaxshi boʻlmabdi.Taxminchilar ham ancha ball yigʻishi mumkin taxmin bilan.
Asosiy blokdagi 2 ta fan 30 tadan qolishi kerak edi.
3,5 soat test vaqtidan 3 soat qilishibdi tovba bu nimasi mantiqsizlik.Yarim soatda virus yuqmasmikin😂
Mantiqsiz qarorlardan dod.
Haqiqiy bilimdonlar uchun test savollari soni koʻproq boʻlgani yaxshi edi.
Toza hamma joyni rasvo qlib tashashdi bir kun qolganda etish kk edi biza ozgartirgandek eshitmadilami deb. DTMda hamma befarosatla ishlidimi ))))
Казаков Дилшод Нурбекивич
Hamma tomonda ahmoqgarchilik
Show next 100 comments