❗️18:00 да премьера!

Ёдингизда бўлса, йил бошида О, ТМТ - Олий Таълим Муассасалари Таҳлили лойиҳасини бошлаб, илк сонини суратга олгандик. Аммо кейинчалик карантин сабаб, бу тўхтаб қолди.

Бугун Сизларга ушбу лойиҳа доирасидаги иккинчи сонни ҳавола этамиз.

Биз Ўзбекистондаги илк хусусий тиббиёт университети бўлган - AKFA Университетида меҳмон бўлдик ва маъмурият ҳамда талабалар билан суҳбатлашдик.

Суҳбат фақат университет ҳақида бўлгани йўқ, шунингдек, қуйидаги мавзуларда ҳам гаплашдик:

- юртимиздаги таълим тизими;
- талабаларни қийнаётган муаммолар;
- сифатни ошириш учун нималар қилиш кераклиги;
- контракт нархлари нега бунча қимматлиги;
- кредит-модул тизими ва ҳ.к.

Очиғи суҳбат менда жуда илиқ таассурот қолдирди. Айниқса университет талабалари билан таълим тизими ҳақида гаплашиб, мазза қилдим. Уларнинг фикрлари, дунёқараши ва орзулари мен учун қизиқ бўлди.

Сиз ҳам бир томоша қилинг, чин дилдан тавсия қиламан. Хулосаларингизни изоҳларда кутиб қоламан.

👉 https://youtu.be/dCr99iHR7JY


P.S.: ушбу сон 23 июнда суратга олинган, шу сабабли 25 июнда чиққан АКФА Университетига оид лойиҳа ҳақида ҳали маълум эмасди.

78 comments

Show 26 more comments
Ойбек Отабекович
Assalomu alaykum 2 chi mutahassislika qanday hujjat topwirsa boladi javob un oldindan rahmat
Yo Xudoyim, Yurtimizda ham ajoyib ta‘lim tizimi bor ekanku
Men ToshMi 1kursni bitirdim videodan keyin xayolimda solishtirdim
Kamchiliklarimizni aytaymi: shanba kuni ham hatto 6 para 5 50da dars tugaydi
O‘qituvchi yetishmaydi chunki superkontraktda o‘qiydiganlar ko‘p
Bu ham yetmagandek ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmagan mutasaddilar qo‘shni res. Dan ham talabalarni qabul qilishdi.yakka hokimiyat leksiyada 48 kishi SSSR qoldiqlariga to‘yingan ma‘ruzachini eshitsa eshitadi yoki oq xalati yo‘qligi uchun nb oladi. Darslar yagona podsho va qullar tizimida " ajoyib " . Solishtirsam asabim qaqshab ketyapti
Сирожиддин
Билим юртини битирганларни дипломида серияси йўқ, хужжат топширишга қийналаябмиз.Қанақа белги қўямиз.Илтимос ёрдам берворила.Олдиндан катта рахмат!
Magistr.edu.uz dagi 2018 yilda bitirganlarni "mutahassislik" bandi muammosi qachon hal bo'ladi. Oliy ta'limni ishonch telefoniyam call centeriyam ishlamaydi. Baraka topgur oliy ta'limdagilar yo mutahassislikni qo'shib qo'yinglar yoki o'zimiz kiritadigan qilib qo'yinglar iltimos
🌹Mokhira Rakhmatilloyevna🌹
Ассалому алайкум Хушнудбек катта рахмат сизга жудаям ажойиб, керакли сухбат тайёрланибди. Кани энди худди шундай тизим Республикамизни бошка ОТМ да булса эди. Кредит модул тизимига тайёр эмасмиз деймиз, качон тайёр буламиз? Биз тайёр булганда чет элда яна бошка ривожланган тизим жорий килинар балким унакада качон биз ракобатбардош кадрлар тайёрлаймиз? Шу саволлар кийнайди киши. Кийинчиликдан кочсак хечкачон ривожланаолмаймиз тугрими? Шу сабаб умид килиб коламиз Республикадаги бошка ОТМ хам худди шундай тизимга утишса зора коррупция деган иллатдан тезрок кутилармидик. Айникса ТошМи.
Assalomu alaykum 2019 2020 uquv yili uchun kontrak tulashga ulgurmadim super kontrak asosida uqishga kirganman tulov yarimi qolgan muddati endi qachongacha
Assalomu alekum menda savol bor edi savol quydagicha

Bu yil õqishga topshirgan abiturentlar 2 ta fandan imtixon topshiradi va bu abiturent toplagan ball lari teng bolish extimoli juda ortadi oshanda bir xil bal toplagan abiturent lar bir oringa yoziladimi? Va bir xil bal olgan abiturentlar 1 õringa yozilsa ular nechta bolishidan qatiy nazar õqishga qabul qilinadimi?

Kimdir bilsa javob yozib yuborsin..
Бехзод
Кун.уз сайтида "акфа медлайн" мухокама булобти
Assalomualaykum aka Man Qabul_2020 bo'yicha yozyapman qande pulni o'tkazadi man o'tkaza olmayapman qanday telefonda gaplashib ma'lumotlar olsak bo'ladi
Salom Xushnudbek aka mabodo o‘qib qolsangiz deb:
Ta‘lim tizimi haqida gap ketayotganda, xotin qizlar kam o‘qishayotganligi bod bod aytiladi. Muammo nimada aslida.
Masalani bir uchini keltirsam hali hanuz ta‘lim tizimining pastki bo‘g‘imlarida( yuqorini bilmayman) ahmoqona siyosat . Qizlarga muslimalarga diniy erkinlik deyarli yo‘q . Hijobda kelishiga to‘sqinlik qilishmoqda . Axir ular diniy majburiyati bunga sababchi . Cheklovlar hisobiga qanaqa bilimli oqila qizlar 11 ni bitirib turmushga chiqishyapti. Nega aksariyati xristian bo‘lgan YI davlatlarida emin erkinligu . Biz kabi davlatlarda bunday emas
HUQUQIY SAVODXONLIKNI TARG‘IB QILADIGAN "DEMOKRATIK" TA‘ILM TIZIMIMIZDA SHUNGA E‘TIBOR QARATILMAGAN.
SIZ YURIST SIFATIDA SHUNI OLIB CHIQING ILTIMOS
BIZGA HECH KIM QULOQ SOLMAYDI
P.S.MAKTABGA BORIB AYTSAM HAMMANI QO‘RQANIDAN TOMI KETIB QOLADI AGAR
Xushnudbek aka "AYTINGCHI ..." (adashmasam nomi shunday edi, birinchi mehmoni Zoir Mirzayev edi) loyihasi ham qolib ketdi. Loyihaning navbatdagi mehmoni sifatida ko'pchilik Shuhrat G'aniyevni ko'rishni istagandi. Mayli u inson( inson deyishga arzimasa ham ) kelmasin lekin loyiha davom ettirilsa yaxshi bo'lardi. 3 ta ta'lim vaziri bilan suhbat o'tkazsangiz yana ham yaxshi bo'lardi.
Kim biladi, dtm.uz saytida roʻyxatdan oʻtayotganda 5 ta yonalishni tanlash va pul toʻlov qilish joyi nega yoʻq. DTM ruxsatnomasi qachon olinadi.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Loyihani Keyingi sonlarida Qo'qon Universitetiga ham tashrif buyuring. Sizni kutib qolamiz!
Assalomu aleykum xammaga.boyigi pragrammaga kirib bo'mayaptiku.qanaqip kirsa bo'ladi.kim biladi chuntirvorila iltimos
Show next 31 comments