❗️18:00 да премьера!

Ёдингизда бўлса, йил бошида О, ТМТ - Олий Таълим Муассасалари Таҳлили лойиҳасини бошлаб, илк сонини суратга олгандик. Аммо кейинчалик карантин сабаб, бу тўхтаб қолди.

Бугун Сизларга ушбу лойиҳа доирасидаги иккинчи сонни ҳавола этамиз.

Биз Ўзбекистондаги илк хусусий тиббиёт университети бўлган - AKFA Университетида меҳмон бўлдик ва маъмурият ҳамда талабалар билан суҳбатлашдик.

Суҳбат фақат университет ҳақида бўлгани йўқ, шунингдек, қуйидаги мавзуларда ҳам гаплашдик:

- юртимиздаги таълим тизими;
- талабаларни қийнаётган муаммолар;
- сифатни ошириш учун нималар қилиш кераклиги;
- контракт нархлари нега бунча қимматлиги;
- кредит-модул тизими ва ҳ.к.

Очиғи суҳбат менда жуда илиқ таассурот қолдирди. Айниқса университет талабалари билан таълим тизими ҳақида гаплашиб, мазза қилдим. Уларнинг фикрлари, дунёқараши ва орзулари мен учун қизиқ бўлди.

Сиз ҳам бир томоша қилинг, чин дилдан тавсия қиламан. Хулосаларингизни изоҳларда кутиб қоламан.

👉 https://youtu.be/dCr99iHR7JY


P.S.: ушбу сон 23 июнда суратга олинган, шу сабабли 25 июнда чиққан АКФА Университетига оид лойиҳа ҳақида ҳали маълум эмасди.

78 comments

Show 36 more comments
Бехзод
Кун.уз сайтида "акфа медлайн" мухокама булобти
Assalomualaykum aka Man Qabul_2020 bo'yicha yozyapman qande pulni o'tkazadi man o'tkaza olmayapman qanday telefonda gaplashib ma'lumotlar olsak bo'ladi
Salom Xushnudbek aka mabodo o‘qib qolsangiz deb:
Ta‘lim tizimi haqida gap ketayotganda, xotin qizlar kam o‘qishayotganligi bod bod aytiladi. Muammo nimada aslida.
Masalani bir uchini keltirsam hali hanuz ta‘lim tizimining pastki bo‘g‘imlarida( yuqorini bilmayman) ahmoqona siyosat . Qizlarga muslimalarga diniy erkinlik deyarli yo‘q . Hijobda kelishiga to‘sqinlik qilishmoqda . Axir ular diniy majburiyati bunga sababchi . Cheklovlar hisobiga qanaqa bilimli oqila qizlar 11 ni bitirib turmushga chiqishyapti. Nega aksariyati xristian bo‘lgan YI davlatlarida emin erkinligu . Biz kabi davlatlarda bunday emas
HUQUQIY SAVODXONLIKNI TARG‘IB QILADIGAN "DEMOKRATIK" TA‘ILM TIZIMIMIZDA SHUNGA E‘TIBOR QARATILMAGAN.
SIZ YURIST SIFATIDA SHUNI OLIB CHIQING ILTIMOS
BIZGA HECH KIM QULOQ SOLMAYDI
P.S.MAKTABGA BORIB AYTSAM HAMMANI QO‘RQANIDAN TOMI KETIB QOLADI AGAR
Xushnudbek aka "AYTINGCHI ..." (adashmasam nomi shunday edi, birinchi mehmoni Zoir Mirzayev edi) loyihasi ham qolib ketdi. Loyihaning navbatdagi mehmoni sifatida ko'pchilik Shuhrat G'aniyevni ko'rishni istagandi. Mayli u inson( inson deyishga arzimasa ham ) kelmasin lekin loyiha davom ettirilsa yaxshi bo'lardi. 3 ta ta'lim vaziri bilan suhbat o'tkazsangiz yana ham yaxshi bo'lardi.
Kim biladi, dtm.uz saytida roʻyxatdan oʻtayotganda 5 ta yonalishni tanlash va pul toʻlov qilish joyi nega yoʻq. DTM ruxsatnomasi qachon olinadi.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Loyihani Keyingi sonlarida Qo'qon Universitetiga ham tashrif buyuring. Sizni kutib qolamiz!
Assalomu aleykum xammaga.boyigi pragrammaga kirib bo'mayaptiku.qanaqip kirsa bo'ladi.kim biladi chuntirvorila iltimos
Islom Abdullayev 91 233 88 02
Assalomu aleykum hammaga manga sirtqi talim yònaliwi bòyica 2019 yildagi òtiw ballari kk edi
Assalomu alaykum haqiqatdan ham imkoniyat yaratish kerak tushdan keyingi simenada oqiydigan talabalar asr namozini ham o‘qiy olmaydilar
Xushnudbek aka oqigan kiradi institutga tavakkal qib kirib bolmaydi hadeb oldi qochdi postlar qoymasdan chernoykada uzbekistonda otolmaydiganlar haqida post qoldiring yo siz ham qarsak chalib turadiganlardanmisiz yaxshi lavozim yaxshi maosh bolsa boldimi jim yuraverasizmi qani g'ayrat qani shijoat qani gapiring xalq dardini paxta qoymasdan
Сайёра Абдурахимова
Jasurbek Rakhmonkulov
Kim biladi, dtm.uz saytida roʻyxatdan oʻtayotganda 5 ta yonalishni tanlash va pul toʻlov qilish joyi nega yoʻq. DTM ruxsatnomasi qachon olinadi.
Yonaliw tanlab bolgandan keyin saqlawdan keyin tolov amalaga oshirilidagon invoys kod beradi . Ruxsatnoma qabul tugagandan keyinda😊
Sayyora_Urozaliyeva🌼
Assalomu alaykum Xushnudbek akada shaxsiy savolim bor edi, shuni qanday bersam bo'ladi, iltimos bilganlar aytib yuboringsizlar
Show next 21 comments