Олий таълим вазирлигининг
маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш
муддати узайтирилиши кутилмоқда.
Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти
вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас,
ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.
Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.
Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.
👉 @xushnudbek 👈
Men bir narsani eshitdim, akademik mobillik dasturi bor ekan, shu narsani amalga oshirish tartibi qanday bo`ladi, shu haqida malumot bera olasizmi?
Sizga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman
Man Shayusupova Taxmina O'zbekiston Milliy Universitetida sirtqi 2chi bosqichda Sotsiologiya fakultetida o‘qiyman. Shu yili avgust oyida boshqa fakultetga o‘tish uchun ariza topshirgan edik. Lekin hali ham o‘qish ko'chirish to‘g‘risida aniq javob olmadik. Transfer.edu.uz saytiga 4 sentyabrdan buyon hech qanday ma'lumot kiritilmagan. Dekabr oyidan bizga dars mashg'ulotlari boshlanar ekan. Sizdan o'qishni ko'chirish to'g'risida ma'lumot bilib berishingizni iltimos qilaman.
Magistrman
50%ni to'ladim lekin hali 10% chegirma qilmadi
Xayrli kun!
Hurmatli Xushnudbek,shu mavzuda yozib juda yaxshi ish qilibsiz.
Bizning oilada ham shu muammo hozir.
Bilasizmi o‘g‘lim QMI da ikkinchi kurs talabasi.
Biz ham vaksina oldik,ham sog‘lik uchun ham kontraktga harna yordam deb.
Sertifikatni o‘g‘lim kuratoriga bergan qog‘oz variantini.
Bilasiz yaqindan Tyutor tayinlandi.
Sertifikat avvalgi kuratorida qolgan va o‘g‘lim ham ishonib qolavergan ro‘yxatdan o‘tqazmasi.
Endi sertifikatiz o‘tmaydi,kontraktni to‘liq to‘laysizlar deyapti.
Sertifikatni yil davomida taqdim etishiga ruxsat berishi kerak emasmi?
Ma'lum vaqt belgilash bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydiku?
Bu talabalarni ustidan kulish emasmi?
Shu holatni qanday tushunish kerak,vaqt chegarasi haqida?