Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Show 83 more comments
Asalomu alaykum Hushnudbek aka boshida bizga vaksina olsak kontraktni tuliq summasini 10% miqdorda chegirma deyilgan edi hozir endi kontraktni 50%ni tulaysan keyingi semesrrda qolgan yarmini 50% tulaymiz deyobdi nima bu ahvol maqsad to'lamaslikmi yoki yoshlarga bo'lgan e'tibormi yoki rivojlanayotgan O'zbekistonmi?Bu aytgan gapida turmaslikmi xalq tilida tupurganni qaytarib olishmi? Xalq sizlarga ishonib saylaydi bular esa davri keldi soqqani qilishni uylaydi biz gapirmasak Hushnud aka siz gapirmasayiz kim gapiradi yoki qog'ozda yoshlarga e'tibor kuchli amalda .... .Xullas yoshlar yana Rossiyaga
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men talim kreditni olmoqchi edim vaksina olgan talabaga chegirma berilsa bu talim kreditiga ham amal qiladimi yani yillik kantraktimdan 10 % chegirmani chiqarvorib talim krediti beriladimi yoki kredit olgan talabaga chegirma chiqarilmaydimi shu haqida to‘liq malumot ololmayabman javob uchun rahmad
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, ijodlar bilan charchamayapsizmi! Bir masalada xolisona maslahatingiz kerak edi. Turmush o`rtog`im Samarqandda maqsadli grantda o`qiydi, men Toshkentda yashayman, doimiy propiska ham Toshkentda. Ayolim ham toshkentga ko`chib keldi, ammo o`qishini maqsadli bo`lgani uchun toshkentga ko`chira olmadi. Endi toshkentda yashab turib samarqandga qatnab o`qishni imkoni bo`lmayapti, shu vaziyatda akademicheskiy olmasdan o`qishni qanday davom ettirsa bo`ladi. Hozir o`qib turgan institutidan so`rab ko`rdik, sirtqi yoki online o`qishni davom ettirishga ruxsat berishmadi. Yana qanday yo`li bor?

Men bir narsani eshitdim, akademik mobillik dasturi bor ekan, shu narsani amalga oshirish tartibi qanday bo`ladi, shu haqida malumot bera olasizmi?
Raxmatova Lobar
Assalomu alaykum yaxshimisizlar super kontraktni ham to‘lashni muddatini 2 yil qilish kerak sababi diplom bo‘lmasa ish topolmaydi yoshlarimiz, yoshlarni bandligi ham ta'minlanadi,hamma falokat yoshlarni bekorchiligidan kelib chiqadi
Xushunbek aka bitta iltimos va taklif sizga hozirgi o'qitish tizimini yani kiridit modul bilan tanishib chiqing. Iltimos .Chet eldan ôğirlashdi nimga talim sifatini orttirish uchun shundaymi.lekn nima sababdan ôğirlashniyan eplolmagan.Ôzbekona qilib boshqa narsa qilib qôygan bu dasturni.Man chet elliklarni tizimini ôrgandm .Bizniki kiridit modul emas kiridit soqqa bolyapti. Oldingi tizimda yakuniydan yiqilgan odam donlalarga pul berardi karupsiya qilardi lekn bu dasturda davlatni oziga ham domlalarga ham pul tôlaydi. Bu degano davlat karrupsiyani rasmiylashtirdi .Domlalarga keladogan pulni davlat endi ôzi olyapyi Yana bitta narsa agar talaba darsga kelmasa unga NB qôyilarkan. Bu degani shu mavzuni ozlashtirolmadi degani ekan. Yakuniy imtihonda Talaba mavzuni ozlashtirib shu mavzulardan imtihon topshiradi.lekn 2 -smestrdan keyin mavzuni yana qayta 9zlashtirishga vaqt berarkan yani iyul iyun oyda ham talabaga ruxsalt yoq uyiga borishga ham bu vaqtda esa talaba domlaga ish xaqqi berarkan yani 3 marta shu fandan dars qoldirdizmi boldi shu domlaga siz yozda ish haqi berib ôqiysiz 1 oy 3 tabmavzuni.Bu nima degan gap ahir.Talabalar odam emasdek iltimos aka shunga oydinlik kiritibbbering kerak bolsa talim tizimini tanqid qilamiz.Shubketishda talabalar odam boladimi.Undan tashqari kvotalarni kengaytirdi lekn odamlar kirob talim ninkorobbôzlari chiqib ketishyapti Ozm farğona palitex instituti Arxitektur a fakultetida ôqiyman.+998916681571 shu nomerim.Shu narsaga oydinlik kiritib bering iltimos
Jonga tegdi magistraturasi ham budjet ga kirgandim, 2 oy oʻqidik mana, maktabdan battar axvol, korrupsiya rasvogarchilik samarasiz darslar.....
Taxmina
Assalomu alaykum
Sizga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman
Man Shayusupova Taxmina O'zbekiston Milliy Universitetida sirtqi 2chi bosqichda Sotsiologiya fakultetida o‘qiyman. Shu yili avgust oyida boshqa fakultetga o‘tish uchun ariza topshirgan edik. Lekin hali ham o‘qish ko'chirish to‘g‘risida aniq javob olmadik. Transfer.edu.uz saytiga 4 sentyabrdan buyon hech qanday ma'lumot kiritilmagan. Dekabr oyidan bizga dars mashg'ulotlari boshlanar ekan. Sizdan o'qishni ko'chirish to'g'risida ma'lumot bilib berishingizni iltimos qilaman.
Магистратурага контракт шартномаларини 17.11.2021йил куни беришди, банкка борсак таълим кредитига таълим кредитлари 15.11.2021 йил куни Молия вазирлиги томонидан тухтатилганини айтишди. Банкларни хеч кайсиси колмади кирмаган. Битта жавоб кейин келасиз. Отенга бор, онегга бор. Контрактни 2-3 баробар ошириб юборишди. Шароити йуклар жудда хам ачинарли равишда холатлари укийман, неча йиллардан бери оз ойликка ишлаб келаётган таълим йуналишида бир изланиш киле деб топширганлар бор. Микрокарз килиб карзга ботиб, бир нарса килиб олиб бориб туле дисен муддати 20.11.2021 йилгача эди. Энди йук дамини олорасан кейиинги йилга келасан дийилди, мана энди контракт тулов пули узайтирилди дийиляпти. Шу учун кадрлар сустлиги бор.Сиз укиш учун карзга ботиб имкон килсез, буёкда имкони йук. Эх нима булса ёшларга сабр тилеман.
Assalamu alaykum Xushnudbek. Super kontrakni xam vaqti uzaytiriladimiiii
Usmonaliyev
Эльёр
Магистратурага контракт шартномаларини 17.11.2021йил куни беришди, банкка борсак таълим кредитига таълим кредитлари 15.11.2021 йил куни Молия вазирлиги томонидан тухтатилганини айтишди. Банкларни хеч кайсиси колмади кирмаган. Битта жавоб кейин келасиз. Отенга бор, онегга бор. Контрактни 2-3 баробар ошириб юборишди. Шароити йуклар жудда хам ачинарли равишда холатлари укийман, неча йиллардан бери оз ойликка ишлаб келаётган таълим йуналишида бир изланиш киле деб топширганлар бор. Микрокарз килиб карзга ботиб, бир нарса килиб олиб бориб туле дисен муддати 20.11.2021 йилгача эди. Энди йук дамини олорасан кейиинги йилга келасан дийилди, мана энди контракт тулов пули узайтирилди дийиляпти. Шу учун кадрлар сустлиги бор.Сиз укиш учун карзга ботиб имкон килсез, буёкда имкони йук. Эх нима булса ёшларга сабр тилеман.
Shartnoma tolash muddati uzaytirildimk
Сафарова М.
Менинг 2 та фарзандим контракт асосида укийди,лекин октабрда сертификатини олди.Лекин биттаси укийдиган ТерДУ педагогика институтида контрактга 10 фоиз чегирма беришмади.Мен 1-курсда укиганлиги ун сентабр ойида 3 млн контракт тулаганман.Институт рахбарияти шартнома базага тушиб кетди энди кеч деб олишмади.Шу тугрими .Хушнудбек илтимос 2 та контракт укитаётган оддий кишлок укитувчисига кандай ёрдам бероласиз.Хатто квартплатасигаям имтиёз беришмаяпти иккаласигаям.
Rasulova Gulnora
Assalomu alaykum hozirda ishlab turgan kamida 5yil ish stajiga ega 65 bal -yuqori bal olgan òrta maxsus ma'lumotli pedagoglarni oliy ta' limga qamrab olish uchun joylardagi XTBlar tomonidan ròyxat shakillantirilgan edi ,iltimos shu haqida ma'lumot bering.
Toĝri men ham
Magistrman
50%ni to'ladim lekin hali 10% chegirma qilmadi
G.Farmonova
Assalomu aleykum.
Xayrli kun!
Hurmatli Xushnudbek,shu mavzuda yozib juda yaxshi ish qilibsiz.
Bizning oilada ham shu muammo hozir.
Bilasizmi o‘g‘lim QMI da ikkinchi kurs talabasi.
Biz ham vaksina oldik,ham sog‘lik uchun ham kontraktga harna yordam deb.
Sertifikatni o‘g‘lim kuratoriga bergan qog‘oz variantini.
Bilasiz yaqindan Tyutor tayinlandi.
Sertifikat avvalgi kuratorida qolgan va o‘g‘lim ham ishonib qolavergan ro‘yxatdan o‘tqazmasi.
Endi sertifikatiz o‘tmaydi,kontraktni to‘liq to‘laysizlar deyapti.
Sertifikatni yil davomida taqdim etishiga ruxsat berishi kerak emasmi?
Ma'lum vaqt belgilash bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydiku?
Bu talabalarni ustidan kulish emasmi?
Shu holatni qanday tushunish kerak,vaqt chegarasi haqida?
Vaksina setifikati elekronnisini bergandik universister so'raganda, keyin 15 ga bir kun qolganda aytishdi qog'oz topshirila deb, ulgurmay 16 sida topshirdik qabul qilmaymiz muddat o'tdi deb turib olishdi, talim vazirligiga telefon qildik elektronnisini topshirdik nega bunaqa qilishyapti deb yordam so'rab, vaqt o'tdi, bu universister ichki qoidasi, dekanat hal qiladi deyishdi. Agar ta'lim vazirligi shunaqa desa, boshqasidan nima kutish mumkin
ВАКСИНА ОЛИШ МУДДАТИ УЗАЙТИРИЛСИН
Izoh talab qilamiz Oliy Ta'lim Vazirligidan!
Show next 100 comments