Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?

Bir kun oldingi postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.

Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!

Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.

P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...

Siz qanday fikrdasiz?

37 comments

Show 3 more comments
Xarajatsiz harakat nolga teng
Degan gapni tushunishimiz kk barchamiz
Assalomu aleykum . Men repetitorlik bilan shuģulanaman 6 yildan beri shuni qòrqmasdan ayta olamanki bizni xalq tupoylikga qarab ketyapti
Avezov Behruz
Assalomu aleykum . Men repetitorlik bilan shuģulanaman 6 yildan beri shuni qòrqmasdan ayta olamanki bizni xalq tupoylikga qarab ketyapti
Xalq deganda, butun O'zbekiston tushunilsa, fikringiz xato.
Guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Ilmga intilayotgan odamlar juda ko'p.
Shaxsan men ijobiy o'zgarishlarni his qilyapman. Bu yurt insonidan nolishdan foyda yo'q. Hamma tushunib yetguncha "tushunganlar" harakat qilishi kerak deb hisoblayman
Sadoqat Davronova
Bunday gaplarga e'tibor bermasdan faqat oldinga harakat qilamiz asta asta tushinib yetishadi
Akbar Rasul
Sardorbek dardini aytgan odamlardan hafa boʻlmang, internetda trafik tez tugaydi. Ayni test yechayotganda trafik tugasa odamni hafa qiladi. Severdsgi uzilish bilan trafik tugashi yoʻlimizdagi toʻsiq,uni oshib oʻtishga harakat qilishimiz kerak.
Ilm olaman izlanaman degan insonga internet xam server xam xalal bera olmaydi .ilojsiz narsani uzi yuq .Ustoz aytganlaridek farzandlarimizni talimi uchun Jon kuydursak arziydi.Kattakon raxmat sizga Ustoz.
Мен хозирда магистратурада уқийман. Грант булиб уқисам хам ота-онам хечқачон пул аяшмаган. Буни натижасида худога шукур 2та тилни биламан, 2та жойда ишлайман ва хусусий фаолиятим хам бор.

Бизниг халқ жуда болажон аммо, унинг келажагини уйлаш ертаси учун қайғуриш кадрияти тулиқ шаклланмаган. Бу асосий хатойимиз. Ота-оналар хам сармоя киритишни, хам натижани талаб қилишни урганиши лозим.(малум ёшгача албатта).
Xodjayeva Azizaxon Komiljonovna
Assalomu alaykum yaxshimisiz noyabr oyida faol qatnashgan o'quvchilarni qachon e'lon qilasiz Sardorjon
Assalomu alaykum Sardor! Koʻp yillik ilmsizlik hali beri toʻgʻirlanmaydigan kemtigimiz. Odamlarda bilim olishga qiziqish oshib bormoqda,lekin hamma buni toʻla tushunib yetishmagan. Buning uchun hali yana vaqt kerak, bilim olib koʻp narsaga erishayotganlarni koʻrishsa balki hammasi izga tushar. Har xil gaplarga ahamiyat bermang. SIZ QILAYOTGAN ISHLARNI QILISH QOʻLIDAN KELMAYDIMI, YORDAM BERSIN; YORDAM BEROLMAYDIMI XALAQIT BERMASIN! Axir hamma oʻz farzandi kelajagi uchun qiladi, yaxshilikniyam, sarmoyaniyam! ISHLARIZGA OMAD! OLLOH OʻZI QOʻLLASIN SAVOBLI ISHLARIZDA!
Rahmat sizga shuncha biz un harakat qilyapsiz
Qaytar dunyo
Assalomu aleykum azizlar. Meni gapim trend buladi deb uyladim. Oddiy ustozman darsda foydalanaman deb ilovani yukladim. Maktabda ishlaganingizda Ota Onalar bilan suxbatda bulganingizda tushunardingiz. Yaponiya davlatidagi urtacha maoshni bilasizmi ilmga intilganlarni kupi Oddiy oila. Ota onani topishi yaxshi bo'lsa keyin sarmoya qiladi.siz ilm tarqatmoqchimisiz yoki sotmoqchimisiz.
Qaytar dunyo
Lekin qoyil xammaga . Farzandini kelajagiga sarmoya kirita olmaydiganlar nima qilsin. Tangani ikki tarafini ko'rishga xarakat qilinglar xamyurtlar.
Assalomu alaykum... Shunaqa yaxshi platforma borligini endi bildim... Qizim har kungi erishayotgan yutuqlaridan xursand xatolarini esa ertasiga tekshirish bilan band bo‘layapti. Farzandimizga youtube ko‘rish uchun ypki bekorga foydasiz o‘yinlarni o‘ynash uchunam telefonimizni beramizku. Undan ko‘ra shunaqa bilimni charxlaydigan bilmaganini o‘rganishga yanada harakat qilishga undaydigan prilojeniyalar ko‘payishini xohlardim... Raxmat. Alloh hayrli qilsin...
Qaytar dunyo
Xech bo'lmasa 8-sinfgacha qandaydir qulaylik yaratish kerak.9-sinfdan tushunib qolib bola uzi pul tushurib ishlatadi. Aksariyat iqtidorli bolalar 9-sinfgacha uzini shakllantirolmasdan qolib ketyapti. Men 12 yillik faoliyatim xulosasini aytdim xolos. Qanday tushunish sizga xavola. Ishlaringizga omad. Tugri fikr÷puli bor uqisin. Qora ishchi ham kerakku !
H Nazarov
SARDORJON ZUR G‘OYA BU ISHLARIZGA OMAD ALLOH HAYLI ISHIZNI OXIRGA YETKASIN!!!...
Show next 13 comments