Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?
Bir kun oldingi
postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.
Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!
Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek
reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.
P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...
Siz qanday fikrdasiz?
Guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Ilmga intilayotgan odamlar juda ko'p.
Shaxsan men ijobiy o'zgarishlarni his qilyapman. Bu yurt insonidan nolishdan foyda yo'q. Hamma tushunib yetguncha "tushunganlar" harakat qilishi kerak deb hisoblayman
Бизниг халқ жуда болажон аммо, унинг келажагини уйлаш ертаси учун қайғуриш кадрияти тулиқ шаклланмаган. Бу асосий хатойимиз. Ота-оналар хам сармоя киритишни, хам натижани талаб қилишни урганиши лозим.(малум ёшгача албатта).
Notogri tushunmang, mening ota-onam ham ustoz, va ustozlarga bolgan hurmatim cheksiz.