Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 63 more comments
мохи
Қиладган ишини йоқотиб қойган фан озгартириш
Salimov Sayyodjon .....
O‘zbek tilini rasvo qilishdi abiturientlarning ba‘zilari 2-3 yildan buyon tarix o‘qib kelishayotgan edi. Birdan imtihonga 3 oy qolganda blokni o‘zgartirib balo bormi. Shu niyat bor ekan a baraka topkur sentabr e‘lon qilib qoy. Exx...
Assalom alekum hammaga
Bundan 2 yil oldin ham shunga o'xshash qaror chiqqandi. Men o'zim huddi sizlar kabi shunaqa holatga tushganman. Bu udum bizni amaldorlarni qoniga singib ketgan. Agar iloji bo'lsa Xushnudbek aka sizga murojatim shuki; shu yil ham o'tgan yilgi holatga qaytarish mumkin bo'lsa, agar yordam qilolsayiz mana shu abiturentlarga yordam qilizlar. Har holda siz ham ko'pni ko'rib yuribsiz. Qo'lizdan kelsa harakat qilib ko'rin.
Gapirsa gap ko'p. Vaziyatta mendan ham yaxshi tushinib turibsiz.
Omad hammaga
Тестдан бир кун олдин чикармабсиларда бунака карорни.
Абитуриентам одам
Shahnoza
Fanlarni o'zgartirish kerak ekan nimaga shuni oldinroq aytmadi .3 oy ichida yangi fanni o'rgana olishadimi qanchadan qancha mehnat qilinayapti.Qizim 2 yildan beri ona tili va tarix fanidan tayyorlanadi .Fanni o'zgarganini eshitib o'zim shok holiga tushdim shuncha o'qib kechalari uxlamay tinmay o'qiyotgan farzandimni holatini aytmasa ham bo'ladi.Xushnudbek sizdan iltimos yordam bering fanni o'z o'rniga qaytishiga yangi o'quv yilidan qo'llasinlar bu qarorni
Beksulton
Yuridik aniq huquq bularmikan
Har yili shunday imtixondan 3 kun oldin chiqarishadi o'zgarishlarni.
Odamlarni fikri qiziq ham emas bu DTM va Vazirliklarga
@kun.uz да шикоят билдирилди деган пост чикди ку, энди яна узгартириш киритилиши мумкинми?
Buni o‘z holiga qaytarish kerak, kelasi yildan o‘zgartirsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Abituriyentlarga biroz rahm qilinglar, hurmatli komissiya! Axir ular orasida bir necha yillardan buyon har yili bo'ladigan fanlarga tayyorgarlik ko‘rib yurganlar bor. Uch oyda yangi fanni yetarli ball yig‘adigan darajada o'zlashtirish oson emasligini bilasizlar o'zlaring ham.😓
Geologiyada oʻqiydiganlar shunda TATU ga pervod qilsa boʻladimi bilganlar javob bersin iltimos
Mirjonova Mohinur
Tarixni oʻqish nima kerak. Tarix kerakmas. Tarixiy xotirasiz kelajak zoʻoʻoʻr boʻladi
мохи
Озбек тилини озгартиришга бало борми унда филолгиядан фарқи қоладими довдурми булар
Assalomu alaykum. Kanalizda yuridik universitetiga kirish uchun joriy yil qaysi fanlarda imtixon topshirish kerakligini ham yozib o'tolasizmi. ILOJI BO'LSA BARCHA YO'NALISHLARGA KIRISH UCHUN FANLAR RO'YXATINI JORIY YILNIKINI TASHLANG. ILTIMOS.
Salimov Sayyodjon .....
мохи
Тоғри айтасиз 3 йилдан бери тарих оқийман
Abiturientlarim orasida tarixi 30 taga chiqqanlari bor edi. Endi ular huquq ma‘naviyat falsafaga topshirishi kerak. L.n ular O‘zbek tili uchun tayyorlanib yurishgan edi.
Urolov (MN-119)
Hodimlar ishlamayapti. Bu narsani yil boshida qilish kerak edi. Hammani qarg‘ishiga uchramay. Tovuq miyyalar yig‘ilgan uzi.
Eh bu DTM da ishlidiganlar aniq o'zlari pulga kirgan hammasi chunki shunaqa qisqa vaqt qoganda etadimi man bu qo'ylani VATAN SOTQINLARI deb atiman DTM talabalar uchun ishlash kerak talabalar DTM dagi qo'ylar uchunmas
Шармандалик! Узгариш килиш керак булса, кейинги йилдан бошлаб килиш керак. Шунча абитуриентларнинг, куз ёшларига, уволига колади. Албатта жабрланувчи ва мазлумларнинг хаклари шунчаки колиб кетмайди
Киёматда хамма уз килган амалларига жавоб беради ва албатта айбдор булса жазосини олади
Нигора
Bunaqa zarbalar bo‘laversa hech kimni oliy ma‘lumotga qiziqishi qolmaydi
Show next 100 comments