Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 83 more comments
Нигора
Bunaqa zarbalar bo‘laversa hech kimni oliy ma‘lumotga qiziqishi qolmaydi
Shu uchun ham Ozb bowqa davlatladan orqada Hamma soxada pora pora pora 🙄 shu 3 oy qolganda ozgartirgandan kn ulani faqat chontagi boyiydi tamom buyoda bomagan kadrla yetiwib ciquradi shu ketish bosa oxiri baxayir bosin 😒
Assalomu alaykum xushnudbek aka.
Shu òzgarishlar bòyicha ertaroq xabar berilishi kerak edi.
Abuturiyent va uning ota onasi yillar davomida tayyorlanyapti, lekin ularning taqdiri muxokamalarsiz xal etilishi adolatdanmi? Mana shu isloxotlar xalq manfaati uchunmi.
Bugungi isloxotlarni xalqimiz òzi xis qilishi kerak deyapmizku lekin ayrim qòshtirniq ichidagi shaxslarning qarorlari buni inkor etyapti
Sherali
Bu qanaqasi buni endi aytadimi. Bir yildan beri shu yunaliwga eski aytgan fanlardan tayyorlanganku
Ey jonga tegib kettiku ular uzlari xam abturent bulgandir qancha kuyb yonib tayyorlanayapti ku ular joyiga qaytarzlar tarx nma kerak
ASALOMU ALEYKUM XUSHNUDBEK AKA JORIY YILDAN MAGISTRATURADA O'QISHGA KIRISHDA CHET TILINI BILISH DARAJASINI BERUVCHI SERSIFIKAT KERAK DEYISHDI LEKIN AFSUSKI HALI KO'PLAB BAKALAVRIAT BITURUVCHILARIDA SERSIFIKAT YOQ BU QAROR MART OYIDA CHIQDI IMTIXONLAR AVGUSTDA BO'LADI B2 SERSIFIKAT OLISH UCHUN KAMIDA 8 OY KERAK EKAN ENDI O'ZIZ O'YLAB KO'RING SHU MANTIQQA TO'G'RI KELADIMI YANA BIR GAP KO'P BITURUVCHILAR SERSIFIKAT OLAMAN DEB KURSGA KETYAPTI LEKIN AYNI O'ZINING MUTAXASISLIGI BO'YICHA FANLARIGA UMUMAN ETIBOR BERMAYAPTI KO'PCHILIGI TASHLAB QO'YDI O'QISHNI ERTAGA ULARDAN NIMA KUTSAK BO'LADI SHU SERSIFIKAT KERAK EKAN SHUNI SENTYABR OYIDAN AYTSA BO'LADIKU NEGA BULARNI HECHKIM SO'RAMAYDI
Sabrin
😡
DTM axmoqona ishlar qilayapdi..
Qarorni qaysi axmoq imzoladi ekan. Minglab talabalar oʻsha fanlardan tayyorlanib turib 3 oy qolganda nima qiladi endi. Oʻzingni bolangniyam shunaqa qilarmiding xumpar kallalar
8 oydan beri tayyorlanib yurganlar nima qiladi endi? Bu nimasi bo'ldi?
Shaxrizoda Abdusharipova
Chetdan perevod qiladiganlarga xam tegiwlimi bu. Ballar tartibi ci oʻzgarmidimi
Нигора
Nurali Jamilov
8 oydan beri tayyorlanib yurganlar nima qiladi endi? Bu nimasi bo'ldi?
Ba‘zilar 3 4 yildan beri shu fanlarni o‘qiydi 🤕
hech yo bir yil oldin aytish kerak edi uzgarishni shundayam alam qilmasdi, hoz 3oy qoganda qaysi tilchi ingliz tilini oqivoradi
Do'stlar, ingliz tilidan barcha oliy o'quv yurtlarida test bo'ladimi yoki ijodiy ham bormi?
👑👑👑
Qizim yildan beri tarixdan qancha pul sarflab tayyorlanib yuribdi hozir juda tushkun ahvolda shunaqa dardlaring bor ekan yil boshida aytinglar Edi joyiga qaytaringlar shuncha odamni qargishiga qolmasdan bolalarimiz qiynalayabdi qaytaringlaaaaaaaaaaaaaaaarrrrrrrr joyigaaaaaaaa
DTMdagi qo'ylar barbir tushunmidi chunki ular Qo'y
Bu narsalarni yil boshida aytsa yaxshi bo'ladi. Axir 1 yildan beri mehnat qilib yurgan abituriyent nima qiladi
Show next 100 comments