Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 92 more comments
Qarorni qaysi axmoq imzoladi ekan. Minglab talabalar oʻsha fanlardan tayyorlanib turib 3 oy qolganda nima qiladi endi. Oʻzingni bolangniyam shunaqa qilarmiding xumpar kallalar
8 oydan beri tayyorlanib yurganlar nima qiladi endi? Bu nimasi bo'ldi?
Shaxrizoda Abdusharipova
Chetdan perevod qiladiganlarga xam tegiwlimi bu. Ballar tartibi ci oʻzgarmidimi
Нигора
Nurali Jamilov
8 oydan beri tayyorlanib yurganlar nima qiladi endi? Bu nimasi bo'ldi?
Ba‘zilar 3 4 yildan beri shu fanlarni o‘qiydi 🤕
hech yo bir yil oldin aytish kerak edi uzgarishni shundayam alam qilmasdi, hoz 3oy qoganda qaysi tilchi ingliz tilini oqivoradi
Do'stlar, ingliz tilidan barcha oliy o'quv yurtlarida test bo'ladimi yoki ijodiy ham bormi?
👑👑👑
Qizim yildan beri tarixdan qancha pul sarflab tayyorlanib yuribdi hozir juda tushkun ahvolda shunaqa dardlaring bor ekan yil boshida aytinglar Edi joyiga qaytaringlar shuncha odamni qargishiga qolmasdan bolalarimiz qiynalayabdi qaytaringlaaaaaaaaaaaaaaaarrrrrrrr joyigaaaaaaaa
DTMdagi qo'ylar barbir tushunmidi chunki ular Qo'y
Bu narsalarni yil boshida aytsa yaxshi bo'ladi. Axir 1 yildan beri mehnat qilib yurgan abituriyent nima qiladi
Qaytarilishi kerak bu adolatsizlikku qanchadan beri tayyorlanayotganlar osha oquv dargohida oqishni orzu qilganlar yillab yiqilib qayta tayyorlanayotganlar bor axir ularni ham oylash kku 3 oyni ichda ingliz tilini organib bolmasa organgan taqdrda ham boshqa fanlarga irgu bermay tayyorlanish kk iltimos tarix va ona tili yaxshi edi orniga qaytarizlar qanchadan qancha abiturentlar oquvchilar tushkun ahvolda hoz shuni dastidan
Xatolik bor bu yerda.Otgan yili kadastrga topshirganlar geografiya matematikadan topshirdikuu
Mirjonova Mohinur
Ona tili yoʻnalishiga yana qaytarib tarixni qoʻyishiga umid qilsak boʻladimi. Agar hamma birdan norozilik bildirib chiqsa
Muhayyo Toshmatova
Shu qarorlarni o'ylab ko'rib yozisharmikina
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Savolim shundan iboratki fanlar majmuasiga oʻzgartirish kiritildi .endi perovod viloyatdan viloyatga mumkunmi. Fanlar oʻzgardiku shunga soʻragandim
Rozimasman. shunday ulug kunlarda
Yanagi yil geografiya qoʻyilar 🤣
Ассалому алайкум хаммага шу юналишлармикан факат ёки бошка юналишлархам узгарармикан???
Ro'zimurod QOSIMOV
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar bu qaror koplarni adabini tamom qildi shunga qandaydir yana korib chiqishlarini ilojini qilaylik
Show next 100 comments