❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1272 comments

Show 60 more comments
Assalomu alaykum ilohim Alloh rozi bo‘lsin bunday hokimliklar uchun to‘g‘ri o‘qishni xoxlagan lekin kontrakt asosida o‘qish imkoni bo‘lgan talabalar ko‘p savobli ishni har kim har kuni qilishi kerak juda xursand bo‘ldim
ИКБОЛА АЛИМЖАНОВНА мактаб УТИБДУ
Рахмат, ёшларга мотивация булади. Мен Наманган шахарда яшайман фарзандларим ёшига тулмай дадаси ташлаб кетган. К,ийналсамда хеч кимдан ёрдам сурамадим. Отаси бордан зиёда килишга харакат килдим. Урал тиббиёт олийгохини НамДУдаги филиалига укишга кирди. Агар мумкин булса шу ёрдамни лозим топсангиз чунки контракт микдори жудда киммат 23млн сум. Кизим 17ёш булгани сабабли ёшлар дафтарига хам киритилмади. Минг хижолат билан ёзяпман.😢😢😢
Super kontrakt nimaga hal bo'mayapti
Assalomu alaykum. Men talabalarim nomidan ariza bersam buladimi. Guruhimda 16 ta talaba kontrakta tahsil oladi. Shular ichida qiynalgan talabalarim bor. Javobingiz uchin rahmat.
Tog'ayev
xatolik bor deyapti bir necha bora urinib kurdim
Assalomu alaykum, qiyinlik darajasi yuqori bo'lgan parol qo'ying, iltimos.
Assalomu alekum aloh rozi bo'lsin sizdan .......
men o‘zim ham kontraktga o‘qiyman men bu xabarni o‘qib xursand bo‘ldim lekin ming afsuski hujjatlarini topshira olmayabman
꧁s⃠h⃠o⃠k⃠h⃠ d⃠e⃠n⃠t⃠i⃠s⃠t⃠꧂
I
Ассалому алайкум. imkon.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.
Assalamu aleykum platformaga kirgach qaysi bõlimiga kiramiz ariza berish uchun
Assalomu alaykum Musulmonlar ismim Azizbek yoshim 20 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti veterenariya profilaktikasi va davolash fakulteti 3kurs talabasiman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz ,bilasizmi taqdir meni juda koʻp sinadi sinov berdi va bu hali ham davom etmoqda yigit kishi uchun ayniqsa u navqiron yoshda boʻlsayu "Temir daftar"da tusa bu juda alam qiladi ekan, toʻgʻri men oldin notoʻgʻri joyda ( gʻisht zavodda xumdonni ichida issiqda) ishlab katta xato qilganman va buning aziyatini hozir oʻzim chekyapman( buyrakda tosh va tuz, siydik yoʻllarida kuchli shamollash va davlena hamda kamqonlik) juda qiynalib ketdim kantraktga kirganimda hamma oʻqi yigit kishi oʻqish kerak bu hozirgi zamon talabi til oʻrgan kompyuter oʻrgan deyishgan, ammo puling boʻlmasa va uyingda doimo notinchlik qiyinchilik boʻlsa koʻngilga hech narsa sigʻmaydi ekan, har kuni mardikor bozorga chiqib qaytib kelayapman ob-havo noqulay ,keyin esa vizipga chiqib kasalliklarni davolashni oʻrganaman. Yaqinda shifokorim Lichena olishimni aytdi unga esa kamida 700 ming pul ketadi ekan , Shartnoma asosida stependiyasiz oʻqiydigan talabaga bu qiyin shuning uchun iltimos ish masalasida yordam beringlar kechki smena boʻlsa ham oʻqib ishlamasam boʻlmaydi Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ta'ala
Kimda oʻqib boʻlingan Paygʻambarimizning yoshlarga nasihatlari , Yaxshilik va siylayi rahm hamda Odoblar xazinasi va boshqa shunga oʻxshash kitoblar bor

Iltimos menga keyin ish masalasida yordam kerak edi. Oʻzim talabaman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz sharotim oʻgʻir. Hamma IT oʻrgan deyapti unga esa kompyuter kerak ekan

 AVVALO UMIDIM ALLOHDAN YORDAM BERINGLAR INSHAALLOH ARAB TILINI OʻRGANYAPMAN HOZIR TAVJIDNI YARIMIDA KETYAPMMAN INSHAALLOH QUR'ONI KARIMGA TUSHAMAN
Tizim umuman ishlamayapti
🚁✈🚐🎁🙏💖
Ssilka ochdimi kimdadir
Князь
oyogiz qoliz bor bolsa ishlanglar itimos silardan
Oybek
Xushnudbek ishlarizga omad, juda savobli ishga qo'l uribsiz. Amalga oshirayotgan ishlarizni kuzatib boraman faqat xayrli ishlar qilasiz. Bu yo'lda xech qachon tolmang topganizni barakasini bersin!!!
@metsenat_support_bot орқали барча муаммоларингизни ёзиб қолдиришингиз мумкин, акалар опалар. Тўлиқ жавоб бериб борилмоқда.
Yaxwi iwni bowlabsiz olloh sizdan rozi bulsin👏👏👍👍
tizim ishlamayapti umuman
Magripov Shohraxmatullo
Assalomu alaykum Xushnudbek Aka, Imkon.uz sayitidan ro'yhatdan o'tib bo'lmayabdi. Enter Enjinering kompaniyasi ham Grant ajratganda ro'yhatdan o'tib bo'lmagandi. Grantlar ajratilyabdi lekin ro'yhatdan o'tishda muammo bo'lyabdi???????
Assalomu alaykum Men ham jam taminlangan oilaman , uqishga sharoitimiz yuq . Ollohga shukur mama shunaqa narsaga qul uribsila Olloh rozi bulsin iltimos manga ham yordam bervorila iltimos kirolmayapman arizaga
Show next 100 comments