❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1272 comments

Show 68 more comments
꧁s⃠h⃠o⃠k⃠h⃠ d⃠e⃠n⃠t⃠i⃠s⃠t⃠꧂
I
Ассалому алайкум. imkon.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.
Assalamu aleykum platformaga kirgach qaysi bõlimiga kiramiz ariza berish uchun
Assalomu alaykum Musulmonlar ismim Azizbek yoshim 20 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti veterenariya profilaktikasi va davolash fakulteti 3kurs talabasiman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz ,bilasizmi taqdir meni juda koʻp sinadi sinov berdi va bu hali ham davom etmoqda yigit kishi uchun ayniqsa u navqiron yoshda boʻlsayu "Temir daftar"da tusa bu juda alam qiladi ekan, toʻgʻri men oldin notoʻgʻri joyda ( gʻisht zavodda xumdonni ichida issiqda) ishlab katta xato qilganman va buning aziyatini hozir oʻzim chekyapman( buyrakda tosh va tuz, siydik yoʻllarida kuchli shamollash va davlena hamda kamqonlik) juda qiynalib ketdim kantraktga kirganimda hamma oʻqi yigit kishi oʻqish kerak bu hozirgi zamon talabi til oʻrgan kompyuter oʻrgan deyishgan, ammo puling boʻlmasa va uyingda doimo notinchlik qiyinchilik boʻlsa koʻngilga hech narsa sigʻmaydi ekan, har kuni mardikor bozorga chiqib qaytib kelayapman ob-havo noqulay ,keyin esa vizipga chiqib kasalliklarni davolashni oʻrganaman. Yaqinda shifokorim Lichena olishimni aytdi unga esa kamida 700 ming pul ketadi ekan , Shartnoma asosida stependiyasiz oʻqiydigan talabaga bu qiyin shuning uchun iltimos ish masalasida yordam beringlar kechki smena boʻlsa ham oʻqib ishlamasam boʻlmaydi Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ta'ala
Kimda oʻqib boʻlingan Paygʻambarimizning yoshlarga nasihatlari , Yaxshilik va siylayi rahm hamda Odoblar xazinasi va boshqa shunga oʻxshash kitoblar bor

Iltimos menga keyin ish masalasida yordam kerak edi. Oʻzim talabaman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz sharotim oʻgʻir. Hamma IT oʻrgan deyapti unga esa kompyuter kerak ekan

 AVVALO UMIDIM ALLOHDAN YORDAM BERINGLAR INSHAALLOH ARAB TILINI OʻRGANYAPMAN HOZIR TAVJIDNI YARIMIDA KETYAPMMAN INSHAALLOH QUR'ONI KARIMGA TUSHAMAN
Tizim umuman ishlamayapti
🚁✈🚐🎁🙏💖
Ssilka ochdimi kimdadir
Князь
oyogiz qoliz bor bolsa ishlanglar itimos silardan
Oybek
Xushnudbek ishlarizga omad, juda savobli ishga qo'l uribsiz. Amalga oshirayotgan ishlarizni kuzatib boraman faqat xayrli ishlar qilasiz. Bu yo'lda xech qachon tolmang topganizni barakasini bersin!!!
@metsenat_support_bot орқали барча муаммоларингизни ёзиб қолдиришингиз мумкин, акалар опалар. Тўлиқ жавоб бериб борилмоқда.
Yaxwi iwni bowlabsiz olloh sizdan rozi bulsin👏👏👍👍
tizim ishlamayapti umuman
Magripov Shohraxmatullo
Assalomu alaykum Xushnudbek Aka, Imkon.uz sayitidan ro'yhatdan o'tib bo'lmayabdi. Enter Enjinering kompaniyasi ham Grant ajratganda ro'yhatdan o'tib bo'lmagandi. Grantlar ajratilyabdi lekin ro'yhatdan o'tishda muammo bo'lyabdi???????
Assalomu alaykum Men ham jam taminlangan oilaman , uqishga sharoitimiz yuq . Ollohga shukur mama shunaqa narsaga qul uribsila Olloh rozi bulsin iltimos manga ham yordam bervorila iltimos kirolmayapman arizaga
Ассалому алейкум.Соғ бўлинг илоҳим.Юридикага ўнта ажратибсиз.Муҳтож ёки ота онаси йўқ бола ёки қиз у ерга киролармикин.Бу мени шахсий фикрим.Ётоқхона беришда ҳам шундай дейишди кимсан олий маълумотли ўқитувчилар темир дафтарга киритилиб қизларига ётоқ олишди.
Магистрларга хам килиш керак эдида
❁_СεΚρετΗαЯ🌙
Князь
oyogiz qoliz bor bolsa ishlanglar itimos silardan
Тогри етдиз
Imomali Yo'ldashev
Har bir insondan yaxshilik qoladi.Ishlaringizga rivoj tilayman.Yurtimizda saxovatpesha insonlar koʻpayaversin
Nimaga parolini xato deyapti nechtalik qanqa parol kerak shunga ham aniqlik kiritinglar
Azamat
Sizdan ollox rozi bo‘lsin ammo tizim ishlamayapti
Assalom aleykum Xushnudbek aka hayrlik ish boshlabsiz ko‘rib juda ham hursand bo‘ldim sizdan bir iltimosim bor edi iloji bo‘lsa 35 talikka talablarni tanlayotganizda ularni reytin daftarchasiga ham etibor berong lekin ko‘proq ularni moddiy tomonlama muhtojligini inobatga olsez yaxshi bo‘lar edi chunki malasan men ham talabman shunday kursdoshlarim va tanish talabalarim borki ular haqiqatda miyyasi kuchlik ishledi manam degan talabalar oldida o‘z bilimi yuqoriligi bilan ajralib turadi lekin ular har doim ham sharoiti tufaylik paralarga kira olishmaydi chunki ishlashadi demak o‘qtuvchi ham sen darsga kelmagansan deb prinsib qilib besh yoki boshqa balantroq ko‘rsatgichka topshirsa ham bir ikki pog‘ona past baho qo‘yishadi va ular unchalik baho ko'rsatgichlariga etibor berishmaydi .
Aka balkim bu smsni óqirsiz balkim yóq lekin men shuni aytmoqchimanki agar bizdan yordam kerak bólsa biz do'stlarimizga qanday yordam bera olamiz agar iloji bólsa shunday maqsadlilar ham borligini unutmang shunga siz orqali biz o'z tengdoshlarimizga qo'limizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz va biz kopchilik ekanimizga ishonaman. Agar shu habarimni kimdir óqib buni iloji bólsa Hushnudakaga yetkazsin iltimos biz ham oz bólsa ham o'z hissamizni qo'shishga tayyormiz
Show next 100 comments