​​⚡️Бугундан магистратурага ҳужжатлар қабул қилиш бошланди
#abituriyent

1 июлдан бошлаб бутун республикадаги давлат ОТМларида магистратура учун ҳужжатлар қабул қилиш бошланди.

Қабул 30 июлгача (шу куни ҳам) давом этади.

📲 Ҳужжат топшириш magistr.edu.uz сайти орқали онлайн амалга оширилади, ОТМларда қабул қилинмайди!

Ҳужжат топшириш учун керак бўладиган маълумотлар:

1) Паспорт маълумотлари тўлдирилади. Бунда абитуриент ЖШШИР рақамини ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритиши кифоя. Паспортнинг сканер ёки расм варианти талаб этилмайди;

2) Доимий яшаш манзили (тушунарли айтадиган бўлсак, прописка бўйича) киритилади;

3) Бакалаврда тугатган таълим муассасаси маълумотлари киритилади;

4) Дипломнинг расми ҳамда баҳолар қайд этилган илованинг сканер варианти юкланади;

5) Агар абитуриент имтиёзларга эга бўлса, яъни чет тилини билиш сертификати, олимпиадалар ғолиблиги, Президент ёки номли стипендия соҳиби эканлиги ва ҳ.к.ларни тасдиқловчи ҳужжатларни киритади;

6) Ҳужжат топширмоқчи бўлган мутахассислигини танлайди.

❗️Абитуриентдан шундан бошқа қўшимча ҳужжатлар, масалан фотосурат, мақолаларининг нусхаси, тиббий маълумотнома талаб этилмайди!


👉 @xushnudbek 👈

341 comments

Show 100 more comments
Keyingisi tugmasini bosmela do'stlar 1 band toldirgandan song 2 bandni ustiga bosib prapiska joyini tolsirsela kein ishlab ketadi
Lekin bitirgan oliy talim muassasasini korsatganda keingi etapga otmay zagruzkada qolib ketmoqda shu muammoni hal qilolidganla maslahat berila
Sayt ishlamay qolyapti Manda registratsiya ham qilib boʻmayapti
pasport yoki shir xato, bitirgan ta'lim muassasasidan keyin zagruzka. xullas ro'yhatdan o'tib bo'lmadi
Saytingayam registratsiyangayam
Nega bitirgan ta'lim muassasasi degandan keyingi sahifaga hech o'tolmayapman
Xushnud aka siz qanaqa qilib to'ldirdiz
Zoir Samadov Ismoilovich
Salom, savolim magistratura boyicha online ariza toldirishda tugilgan bakalavr yonalishimning kodi chqmayapti.
Zoir Samadov Ismoilovich
uzr tugatgan talim yonalish demoqchi edim
Zoir Samadov Ismoilovich
Nima qilsam boladi magistraturaga hujjati topshirmoqchi edim?
🌟🌟
Чет давлат укишларини тошкентдаги филиалларидаги йуналишлар киритилмаганми кейингисига утмаяпти
Sayt umuman ishlamayapti. Roʻyxatdan oʻtish ilovasi toʻldirilsa ham qayta qayta soʻrayveryapti
Keyingi etapga oʻtib boʻlmayapti
Shu etapda qotib qolgan
o'qishni shu yil bitirganlar diplom ma'lumotlarini qanday olamiz
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
JaSuR BeK
o'qishni shu yil bitirganlar diplom ma'lumotlarini qanday olamiz
Diplom oganizdan keyin topshiring
Ariza kiritishda tizim umuman ishlamayapti, JSHSHIR va qolgan ma'lumotlarni kiritib bo'lmayapti, kimga murojaat qilish kerak, ro'yxatdan o'tdim lekin ma'lumotlarni kiritib bo'lmayapti, magistraturaga
Assalomu alaykum. Ariza topshirishda muammo boʻlayapti. Pasport yoki JShir raqam xato kiritilgan degan yozuv chiqayapti. Lekin toʻgʻri yozganimga aminman. Har xil vaqtda, bir necha bor urinib koʻrdim, natija bir xil.
Iltimos, biror maslahat bering
endi saytni o'zi umuman ishlamepti
Show next 35 comments