​​⚡️Бугундан магистратурага ҳужжатлар қабул қилиш бошланди
#abituriyent

1 июлдан бошлаб бутун республикадаги давлат ОТМларида магистратура учун ҳужжатлар қабул қилиш бошланди.

Қабул 30 июлгача (шу куни ҳам) давом этади.

📲 Ҳужжат топшириш magistr.edu.uz сайти орқали онлайн амалга оширилади, ОТМларда қабул қилинмайди!

Ҳужжат топшириш учун керак бўладиган маълумотлар:

1) Паспорт маълумотлари тўлдирилади. Бунда абитуриент ЖШШИР рақамини ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритиши кифоя. Паспортнинг сканер ёки расм варианти талаб этилмайди;

2) Доимий яшаш манзили (тушунарли айтадиган бўлсак, прописка бўйича) киритилади;

3) Бакалаврда тугатган таълим муассасаси маълумотлари киритилади;

4) Дипломнинг расми ҳамда баҳолар қайд этилган илованинг сканер варианти юкланади;

5) Агар абитуриент имтиёзларга эга бўлса, яъни чет тилини билиш сертификати, олимпиадалар ғолиблиги, Президент ёки номли стипендия соҳиби эканлиги ва ҳ.к.ларни тасдиқловчи ҳужжатларни киритади;

6) Ҳужжат топширмоқчи бўлган мутахассислигини танлайди.

❗️Абитуриентдан шундан бошқа қўшимча ҳужжатлар, масалан фотосурат, мақолаларининг нусхаси, тиббий маълумотнома талаб этилмайди!


👉 @xushnudbek 👈

341 comments

Show 100 more comments
Zoir Samadov Ismoilovich
uzr tugatgan talim yonalish demoqchi edim
Zoir Samadov Ismoilovich
Nima qilsam boladi magistraturaga hujjati topshirmoqchi edim?
🌟🌟
Чет давлат укишларини тошкентдаги филиалларидаги йуналишлар киритилмаганми кейингисига утмаяпти
Sayt umuman ishlamayapti. Roʻyxatdan oʻtish ilovasi toʻldirilsa ham qayta qayta soʻrayveryapti
Keyingi etapga oʻtib boʻlmayapti
Shu etapda qotib qolgan
o'qishni shu yil bitirganlar diplom ma'lumotlarini qanday olamiz
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
JaSuR BeK
o'qishni shu yil bitirganlar diplom ma'lumotlarini qanday olamiz
Diplom oganizdan keyin topshiring
Ariza kiritishda tizim umuman ishlamayapti, JSHSHIR va qolgan ma'lumotlarni kiritib bo'lmayapti, kimga murojaat qilish kerak, ro'yxatdan o'tdim lekin ma'lumotlarni kiritib bo'lmayapti, magistraturaga
Assalomu alaykum. Ariza topshirishda muammo boʻlayapti. Pasport yoki JShir raqam xato kiritilgan degan yozuv chiqayapti. Lekin toʻgʻri yozganimga aminman. Har xil vaqtda, bir necha bor urinib koʻrdim, natija bir xil.
Iltimos, biror maslahat bering
endi saytni o'zi umuman ishlamepti
Dushanbadan jumagacha deyilgan ishlash vaqti ham bor shanba yakshanba kunlari ishlamas ekan
Eldorbek Muydinov
Pasport yoki jshir notogri kiritilgan deyapti qayta va qayta
Bozorova Dilafza Lingvistika(ing) 4
Ro'yhatdan o'ta olmayabman. Qayta-qayta urunsam ham.
MEN 2 MUTAHASSISLIKKA TOPSHIRMOQCHI EDIM HOZIR MENGA ASL DIPLOM KERAK DIYILAYAPTI Nima qilsam bo'ladi
Men jismoni tarbiya va sport universitetiga boks yonalishiga topshirgan edim nega yana boshqa shunga oxshash yonalishlarga universitetlarga topshira olmavoman
Yulduz a^2+b^2=c^2
Bozorova Dilafza Lingvistika(ing) 4
Ro'yhatdan o'ta olmayabman. Qayta-qayta urunsam ham.
Men ham óta olmayapman. Ózi boshidan beri sayt yaxshi ishlamayapti. Kimdir róyxatdan ótdimi ótganlar aytizlar iltimos
Bozorova Dilafza Lingvistika(ing) 4
Yulduz a^2+b^2=c^2
Men ham óta olmayapman. Ózi boshidan beri sayt yaxshi ishlamayapti. Kimdir róyxatdan ótdimi ótganlar aytizlar iltimos
Men o'tdim. Telefondan kirib o'tolmadim. Oxiri kompyuterdan kirib amalladim
Юлдашева Зилола...🌸
Bozorova Dilafza Lingvistika(ing) 4
Men o'tdim. Telefondan kirib o'tolmadim. Oxiri kompyuterdan kirib amalladim
Kompyuterdanam o'tomayamman, ma'lumotlarni qayta qayta kiritishimni so'rab yozuv chiqadi nuqil, qanaqilib kirdiz
Show next 26 comments