Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2018-yil TKTI 89.6 Grant
Togri bu yil endi oqwga topwiraman , 7 yildan beri jiduga deb tayyorlanaman LEKIN BIR ortogim javoblarini sotib olgaini kordim, bu yilgi imtihonim qanday boliwini oylagim ham kelmayapti 😟😟
85.8 ball
Fizika 13
Matematika 18
Inglis tili 7
Grand
2019 yil. 61.8 to'plab sirtqi yo'nalishda talaba bo'lganman. Eng qizigi o'tish bali 61.8, qabul 50 ta. 50-bo'lib kirib ketganman o'qishga)))
Xushnud aka asli qaerliksiz
2018-йил Тошкет Давлат техника университети Электр энергетика йўналишига 103.0 балл билан тўлов кантракт асосида ўқишга қабул қилинганман. Математика -19та, Физика-10та, Инглиз тили-21та
Прахадной 87 бўлганди
Айтганча биринчи имкониятдаёқ кирганман . Имтихондан йиқилиш насиб қилмаган😅 Аллохга шукур.
Olmos Nuriddinovich
2003 yil 3 urinishda (ikki yil yuridicheskiyga kira olmaganman) Nizomiy nomli TDPU tarix fakulteti "Milliy g‘oya huquq va ma‘naviyat asoslari" yo‘nalishiga 157 ball bn grandga kirganman.
Men 2018 yil 108 ball b n chirchiq davlat pedagogika institutining
TSMG yo'nalishi ga kantrak asosida o'z qobiliyatim b n kirganman
Unda avval 6 yil yiqilganman ona tili va tarix fanlaridan tinimsiz va mukammal tayyorlansamda ballar yuqori bolip ketaverardi
Ollohga shukur Sh M Mirziyoyev prizdentimiz tashabbusi b n hozirda talabaman 4 kursiga qadam qo'ydim
ANDIJON DAVLAT UNVERSITETGA 154 BALL 2020- YIL TARIX FAKULTET
Manzura Xudoyberdiyevna
Mening xech qanday tankam bo'lmagan lekin o'qishga kirgandim
Madaminova Charosxon
2016 chi yil Ekologiya 77.7 oldim Kirish esa 78.7 edi. Kirolmagandim. U payti super kantraq yoq edi afsus. Bu yil yana topshirdim
2012 йил Самарқанд Давлат Университети биология факультети экология ва атроф муҳитни муҳофаза юналигига 173.2 балл билан биринчи ўринда грант асосида талаба бўлганман Алҳамдулиллаҳ 2016 йил тамомлаганман
Muzaffar Kadirov
2007 yil TATU ga 192.3 ball bilan grant asosida o'qishga qabul qilganman.
Matematika fanidan 36 ta;
Fizika fanidan 29 ta;
Ona tili va adabiyot fanidan 21 ta savolga to'g'ri javob berganman.
Ramazon
TASHPMI Nukusga 2014 yil 158.8 ball bn 3 o‘rin grant asosida o‘qishga qabul qilinganman zo‘r bo‘lgan imtihon. Chunki Nukusda tartib bor ekan auditoriya juda tinch edi hatto qulog‘i qimirlagan ham chiqib ketgandi egzamindan men esa mazza qilib savollarni ishlaganman 🙄.Nukusga rahmat lekin o‘sha institutda nohaqliklar ko‘p bo‘ladi hozirgacha sessiyada
Aliyev Azizbek
Men 2019 yil Toshkent Davlat Yuridik universitetiga 184,6 ball toplab tòlov kontrakt asosida òqishga kirganman. 30 talik savollar bolgan. Ona tili va adabiyotdan 30 ta, ingiliz tilidan 30 ta, tarixdan 26 ta yechganman. Eng yuqori ball 189 bolgan.
Show next 100 comments