Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Ramazon Nomozov
2016 yil, 159, 5 ball bilan, TerDuga grant asosida kirganman. 2020 yil bitirib, shu yilni o'zida magistraturaga birinchi grant bo'lib kirdim, Allohga shukur!
Xushnud aka, la'natlaganlar xalqni boshiga kulfat bo'lib kelganlar. Hozir ham bor.
Shunday odamlarga doim bir gapni aytgim keladi-ki, Alloh jazoingizni ikki barobar qilib bersin. Kimnidir ko'z yoshiga, kimnidir hayotini barbod qilgan ular, qancha qancha millatni bo'lajak olimlar, soyosatchilar, kerak bo'lsa daholarini sindirib qo'ygan. Alloh jazoingizni bersin!
RAHMONOVA_SEVINCH
#Bu yil 189ball bn talaba bôlish nasib qilsin🤲🤲🤲
Dilobar
Men 1998 yil 189.7 ball bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagokika Universitetining tarix fakulteti talabasi bòlganman. grantga kirgan edim.
******** ********
adashdiz 2008 yildan ballar koʻtarilgan 2007 yilda men 178 ball bn grandga kirganman kelasi yili bu ball supper kontrakgayam ilashmagan. Haya supperkantraktni oʻzi boʻlmagan oʻsha yili
Sevara
2020 yil 163.9ball bln biologiyaga kirdim. Med insitutlarni yozgan joylarimga 1cisiga 3ta savol,2cisiga 2ta ,3cisiga 1ta savol yetmagan kirishimga .buni alamini tortdim anca .
Nazokat
Fan of Real Madrid☾
Iye milliyda mat/fiz ketin ingl bo’lmaydiku 🤦🏻‍♂️
Men matemni o'ziga emas , informatika va axborot texnologiyalariga kirganman mat fakni ichida u ham, 3 - blok ingliz tili.😜😜
Madina Isroilovna
2011-yil TDPU ga 183 ball bn kontrakt asosida qabul qilinganman
🧚‍♀️
ToshMI ga 161.4ball bilan kontraktga kirganman 2019-yil.Hayotimdagi unitilmas kun bo'lgan.Barcha bilimli abiturentlarimizga ham bu yil oliygohlarga kirish nasib qilsin iloyim.
2018 da 96 ball bilan 6-o'rinda budjet NAMMTI. 24ta matematika 6 ta fizika😊
112 бал Миллий Университет тарих факултет.Бу ийл 2курс
Рус паток
1994 йил 1 август...Имтиҳон топширишга келганларни виқоор билан кузатиииб турганман 😇😇😇 чунки шу йили она тили ва адабиёт фанидан республика олимпиадасида ғолиб бўлиб, БухДУга имтиёзли равишда имтиҳонсиз ўқишга қабул қилингаман 😊😊😊
2016 yil. 113 ball bn O'zDJTU kontraktga
1993-yilda Buxoro Davlat universitetga 201,4 ball bilan 3-o'rinda kirganman,99 kishi hujjat topshirgan 49 kishi kirgan,50 va 51 -o'rinda turganlar bir xil ball olganligi uchun ikkalasi ham qabul qilinmagan(kvota 50 o'rin).
Hamma grant,kim kontraktga o'qimoqchi bo'lsa,testdan oldin shartnoma qilingan va qancha ball olishidan qat'iy nazar o'qishga qabul qilingan,bizda bundaylar yo'q edi.
1-blok "Tabiiy fanlar"(biologiya,ximiya,fizika)-75 ta savol,2-blok mat-ka 48 ta,3-blok ona tili-48 ta savol bo'lgan.
Savollar shunchalik oson bo'lgan-ki,maktabni darsliklarini 1 marta ko'rib chiqqanman,xolos.Chunki u vaqtda repititorlik kurslari yo'q edi.
Nazokat
ⓑⓤⓝⓨⓞⓓ☆ .
11 chidagi men 2017 yil
Men ham fakultetdegi hamma yo'nalishni mandatini rasmiga olib qo'yganman 😁
Nma bu yil vaksina olmaganlar imtihonga qo‘yilmaydimi
man 173,9 ball olganman 3 yil oldin. 29-29-21 (testlar 30talik edi)
166 bal bn. Medga. 2018 yil
Show next 100 comments