Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Madina Isroilovna
2011-yil TDPU ga 183 ball bn kontrakt asosida qabul qilinganman
🧚‍♀️
ToshMI ga 161.4ball bilan kontraktga kirganman 2019-yil.Hayotimdagi unitilmas kun bo'lgan.Barcha bilimli abiturentlarimizga ham bu yil oliygohlarga kirish nasib qilsin iloyim.
2018 da 96 ball bilan 6-o'rinda budjet NAMMTI. 24ta matematika 6 ta fizika😊
112 бал Миллий Университет тарих факултет.Бу ийл 2курс
Рус паток
1994 йил 1 август...Имтиҳон топширишга келганларни виқоор билан кузатиииб турганман 😇😇😇 чунки шу йили она тили ва адабиёт фанидан республика олимпиадасида ғолиб бўлиб, БухДУга имтиёзли равишда имтиҳонсиз ўқишга қабул қилингаман 😊😊😊
2016 yil. 113 ball bn O'zDJTU kontraktga
1993-yilda Buxoro Davlat universitetga 201,4 ball bilan 3-o'rinda kirganman,99 kishi hujjat topshirgan 49 kishi kirgan,50 va 51 -o'rinda turganlar bir xil ball olganligi uchun ikkalasi ham qabul qilinmagan(kvota 50 o'rin).
Hamma grant,kim kontraktga o'qimoqchi bo'lsa,testdan oldin shartnoma qilingan va qancha ball olishidan qat'iy nazar o'qishga qabul qilingan,bizda bundaylar yo'q edi.
1-blok "Tabiiy fanlar"(biologiya,ximiya,fizika)-75 ta savol,2-blok mat-ka 48 ta,3-blok ona tili-48 ta savol bo'lgan.
Savollar shunchalik oson bo'lgan-ki,maktabni darsliklarini 1 marta ko'rib chiqqanman,xolos.Chunki u vaqtda repititorlik kurslari yo'q edi.
Nazokat
ⓑⓤⓝⓨⓞⓓ☆ .
11 chidagi men 2017 yil
Men ham fakultetdegi hamma yo'nalishni mandatini rasmiga olib qo'yganman 😁
Nma bu yil vaksina olmaganlar imtihonga qo‘yilmaydimi
man 173,9 ball olganman 3 yil oldin. 29-29-21 (testlar 30talik edi)
166 bal bn. Medga. 2018 yil
Ehhh birinchi avgust man uchun bayram edi abiturentlik paytlarim 2012-yil 120 ball bn 2013-yil 136 ball bn yiqilganman 2014- yil esa 148.8 ball bn informatika va axborot texnologiyalari yonalishiga 4 orin grant bn kirganman ollohga shukr oqidim. Mana ishlayapman
꧁☆𝕴𝖑𝖝𝖔𝖒☆꧂
2020-yil TerDu ga 151.2 ball kontraktga kirdim
2010 yil Palitex 113,5 kontrakt
ToshDO'TAU 178,9 ingliz tili 32, ona tili 30 tarix 18 edi adashmasam
Albatta esimda. 2019 yil FarDu, Xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili yo‘nalishiga 165.3 ball bilan kirganman. 28 ingliz tili, 29 ona tili, 16 tarixdan. Ustozlarimga behad tashakkur😊😊😊
Shaxnoza Ibragimova
Buncha zòr,men eslay olaman axir buni unutib bòladimi,òtgan yili 189 ball bilan kirganman😊😊
Samandar
Men 2011-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 192,8 ball bilan kontraktga kirganman. 32,32,24 tadan ishlaganman 3 ta blokdan. Biz 2-avgustda topshirganmiz imtihonni.
2015 йил 209 балл Тошкент давлат юридик университети,контркат
Тарих 36 та, она тили 30, инглиз тили 32 та
99.3bilan ham kirolmadim oʻtgan yili va bu yil bali sartroq yoʻnalishga topshirdim ilojsiz umidim vapshe yoʻq toʻgʻrisi karupsiya sabab Oʻzbekistonga ishonch qolmagan
Show next 100 comments