Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Zayirova Dildora
Oʻzi shu kun xuddi shu narsani oʻylab oʻtirgan edim barobar 4 yil oldin shu payt imtihonda edim deb. 2017 yil 135 ball kantrak bilan Buxoro davlat universitetiga kirgandim
Mirolim
1.2k USD
Ohho moliyani bitirganla max 4 mln som olishardi diyishardi shu rostmi
Marg'uba
Men 2000-yil 2-o'rin byudjetga 120 ball bilan kirgan QDU ga o'zbek filologiyasi,u vaqt korrupsiya yo'q edi.Hozir pul avj olgan
221.4 bal bilan 1-o’rin grandga kirgandim
2014-yil Guliston davlat universitetiga 199.3 ball bn grantga kitganman.Tarixdan 34 ingliz tilidan 30 ona tilidan 29 ta yechganman
1996-yil 119,6lar edi adashmasam u paytlar kontrkt kirish uyat edi ballar ham pastroq edi. Eng oxirgi kursdoshimiz 49ballar edi.
Man 1-avgustda topshirganimda endigina super kantrakt chiqqan yillar edi. Buni narxini eshitib tòlashga ham tayyor oilalar bor edi. Chunki institutga kirib òqishni kopchilik xohlar edi. Lekin mahalliy institutga kirsam ham òqigim kelmagandi. Chunki kop talabalar sessiyalar pulga yopiladi degan gaplar ommalashardi. Va oxirida xalqaro universitetda òqishga qaror qilgandim. jahon tillarida òqishni xohlamagan edim kirsamam
M.Ra'no.S
Экзаменга паспорт обложка орасига йулкира олиб борганман
2012-yil oʻz yoʻnalishim boʻyicha 199,8 ball bilan 1-oʻrinda kirganman (oʻz bilimim bilan ) oʻsha paytlar ham korrupsiya bor edi. Lekin oʻzi oʻqiganlardan kuchlilar emas faqat oʻta kuchlilar kira olardi xolos. Hozir esa ancha yaxshi. Ozgina oʻqigan ham kiradi. Bakalavriatura uchun hammasi ancha joyiga tushib qoldi. Endi magistraturadagi qabul uchun oʻyinlarni ham sal joyiga tushirish kerak. (Magistraturada kontrakt oʻqiganman. Lekin birga oʻqigan grandlarni bilimini juda yaxshi bilardim..........)
2019 yil kirganman xozir 3 kursga otdim. 131 ball bilan kirganman biologiyada oqiyman. Bio 30 ta kimyo 8 ta ona tili 23 ta bugan. Yaramas kimyo doim pand bergan😁😆
2009-yil 179.6 JIDU kirolmaganman. 2010-yil 174 Moliya kirolmaganman. Yashasin adolat
Mohidil
1995 FDU. 129ball bilan 1- orinda kimyo fakultetiga.kirganman
Men 2010 yil ADTPI hozirda ADUni ingliz tili fakultetiga 166.3 bal bilan grantga kirganman o'sha yili shpargalka chiqmagandi bahtimga
Marg'uba
Farzandlarim ham ilohim byudjet o'qisin,faqat bilim g'alaba qozonsin!
2016 yili 156.3 ball bn Nizomiyga kirganman 32 ta biologiya 23 ta kimyo 8 ta ona tili va adabiyoti
𝙼𝚒𝚛𝚓𝚊𝚕𝚘𝚕 𝚂𝚑𝚞𝚔𝚞𝚛𝚞𝚕𝚕𝚊𝚢𝚎𝚟
Men 2020-yil 161 ball bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialiga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganman. Matematikadan 30 ta savoldan 29 ta, ingliz tilidan 22 ta ishlaganman.
2004 yil 1 yoshli farzandim bilan tayyorlanib FARDU Boshlangʻich taʼlim boʻlimining maxsus sirtqisiga 17- oʻrinda byudjet kirganman.20 ta byudjet 80 ta kontrakt olgan edi.Eng qizigʻi ay iqtisod fakultetiga topshirgandim odam oz ekan deb.Negadir koʻnglim chopmay ,boshlangʻichga oʻzgartirgandim.Oʻsha paytda boshlangʼichga 1 oʻringa 17-18 ta toʻgʻri kelyapti,kirolmaysan deyishgan edi.Adashmasam balim 114 Dan yuqori edi
2003yil 138.1 Ped. Institut. In.yaz. Grant. Faqat ingliz tilidan bal olgan ekanman, tarix, ona tilidan yaxshi bal ololmaganman. Lekin o‘sha yili X variant degan narsa ko‘chalarda sotilgan. Dadamlar olib bermagandilar, rosa yig‘lagandim. Mandat 10-da yakshanba kuni chiqqan. Haligacha xursand bo‘laman, dadamlardan~halollik uchun.
In Shaa Alloh bu yil 189 ball bilan Diplomatiyaga kiraman ☺️
Show next 100 comments