Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2019 yil kirganman xozir 3 kursga otdim. 131 ball bilan kirganman biologiyada oqiyman. Bio 30 ta kimyo 8 ta ona tili 23 ta bugan. Yaramas kimyo doim pand bergan😁😆
2009-yil 179.6 JIDU kirolmaganman. 2010-yil 174 Moliya kirolmaganman. Yashasin adolat
Mohidil
1995 FDU. 129ball bilan 1- orinda kimyo fakultetiga.kirganman
Men 2010 yil ADTPI hozirda ADUni ingliz tili fakultetiga 166.3 bal bilan grantga kirganman o'sha yili shpargalka chiqmagandi bahtimga
Marg'uba
Farzandlarim ham ilohim byudjet o'qisin,faqat bilim g'alaba qozonsin!
2016 yili 156.3 ball bn Nizomiyga kirganman 32 ta biologiya 23 ta kimyo 8 ta ona tili va adabiyoti
𝙼𝚒𝚛𝚓𝚊𝚕𝚘𝚕 𝚂𝚑𝚞𝚔𝚞𝚛𝚞𝚕𝚕𝚊𝚢𝚎𝚟
Men 2020-yil 161 ball bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialiga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganman. Matematikadan 30 ta savoldan 29 ta, ingliz tilidan 22 ta ishlaganman.
2004 yil 1 yoshli farzandim bilan tayyorlanib FARDU Boshlangʻich taʼlim boʻlimining maxsus sirtqisiga 17- oʻrinda byudjet kirganman.20 ta byudjet 80 ta kontrakt olgan edi.Eng qizigʻi ay iqtisod fakultetiga topshirgandim odam oz ekan deb.Negadir koʻnglim chopmay ,boshlangʻichga oʻzgartirgandim.Oʻsha paytda boshlangʼichga 1 oʻringa 17-18 ta toʻgʻri kelyapti,kirolmaysan deyishgan edi.Adashmasam balim 114 Dan yuqori edi
2003yil 138.1 Ped. Institut. In.yaz. Grant. Faqat ingliz tilidan bal olgan ekanman, tarix, ona tilidan yaxshi bal ololmaganman. Lekin o‘sha yili X variant degan narsa ko‘chalarda sotilgan. Dadamlar olib bermagandilar, rosa yig‘lagandim. Mandat 10-da yakshanba kuni chiqqan. Haligacha xursand bo‘laman, dadamlardan~halollik uchun.
In Shaa Alloh bu yil 189 ball bilan Diplomatiyaga kiraman ☺️
Zulfiya
Агар танлаган йуналиши бошка вилоятда йук булса 2та вилоят буйича коладими
2020-yil, 182,7 ball bn Narxozga kirganman.2-o'rinda(kontrakt)
🌸🌸
2019 yil 110 bal
Ilhom Abdunazarov
1-avgust 2012 yil 9 yil oldin Toshkent davlat agrar universitetiga imtixon topshirib 143.5 ball bilan grand asosida o'qishga kirganman, haaaa esimda yoshligim, ajoyib hayajon edi, hozir qaytganda ham o'sha kun yo'q demasdim umuman, baribir yoshlik soddalik yoqimli edida😊😊😊
Men 2019 yil men institutga Oliy hamshiralik iwiga 120.9 ball bn 5 oʻrinda budjet kirganman
2017. 159,7 ball
1-o'rin byudjet
Даминов Элдор
Ohho moliyani bitirganla max 4 mln som olishardi diyishardi shu rostmi
Moliyaga kirvolib o’qimasdan yursez 1 mln ham topolmesiz. O’qishga bog’liq institutga emas.
Oygul Asqarova
2001 yil 132 ball b.n grant bo‘lganman. Onatilidan 26 ta, tarix 24 ta , ingliz tili tavakkal 5 ta yechganman.
Show next 100 comments