Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Икромжон Солиев
2020-yil yaʼni oʻtgan yili 185,9 ball bilan toʻlov kantrakti asosida Toshkent davlat Yuridik universitetiga kirganman. Afsus juda qattiq tayyorlangandim. Lekin nailoj kantrakt boʻlgan. Allohga shukur. Bunga ham yetisholmayotganlar qancha
233,8 ЎзМУ Журналистика
Men 2020 yil Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Geodeziya va geoinformatika yo'nalishiga 81.5 ball bilan Grantga o'qishga kirdim. Matematikadan 9 ta Geografiya 17 ta ishladim.Alhamdulillah talaba bo'ldim
Курбоналиев С
142.0 ball bilan 1-kontrakt bo'lganman. Byudjetga 0,9 yetmagan!😁
2015. FarDU. Nemis tili.
Nemis tili 35 ta
Ona tili 30 ta
Tarix 11 ta
Jami: 183.6
2-o'rin davlat granti
Men 189 balldan 180,4 ilib birinchi oʻrinda kirganman.
Lekin maqsadli kvota bilan budjetni alohida qilishgan ekan. Meni yoʻnalishimdagi engggg baland ball bilan kantrakt oʻqiyapman. Vaholanki 144 ball olganlar budjet😂. Oʻsha paytlarda maqsadli kvota haqida maʼlumotim yoʻq edi-da 🙇
2019-yil, Andijon davlat tibbiyot instituti, Pediatriya ishi, 150.1, shartnoma!
Xoshimjon Turg'unboyev
Men 2013 yil NamMPI ga 161.1 ball bilan 5 o'rinda grandga kirganman matematikadan 29 ta ingliz tili 25 ta ona tili adabiyotidan 17 topganman xotiram pand bermasa
Bu dunyodagi odamlarning eng maqtonchog'i Xushnutbek siz bo'lsangiz kerak.Har yili shu narsani qaytarovrib zerikmaysiz do'st biz ham 2010 yilda eks eng kuchaygan paytda budjetda o'qiganman
185.8 ball , SamDTI Alhamdullilah 😁
1995 йил биринчи тест синовларидан 186 бал бн ўтиб биринчи бакалаврга кирган эдим
Shaxlo Narzullayeva🌼
2017-yilda 160.2 ball bilan Buxoro davlat universitetiga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganman.
2018-yil. 181,4 ball bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga to‘lov-shartnoma asosida kirganman.
Хулкарой
Ассалому алайкум,2000 йил 128 балл билан грант НамДУ КИМЁ йуналиши
Utgan yillar testlarida bulmagan voqea bulgandi o'shanda, ya'ni 2 avgustda test bulgandi. 2011 yil 212,9 ball bilan Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga 11 o'rin grant bilan o'qishga kirgandim. Eng hayajonli damlar edi uwanda.
СамКХИ, 2004 йилда 131 балл бн грантга кирганман.
@@@@@
Assalomu alaykum xushnudbek aka sizdan maslahat olmoqchiydim men 1-kursni tugatdim kantraktdaman lekin bu yil ham topshirgandim sinov tariqasida Agar bu yil grantga kirsam 1-kursdan uqiganim maqulmi yoki kantrakt bolsa ham 2-kursdan uqigan maqulmi
Xurshid
2020 yil 189bal bilan Toshkent davlat Yuridik universitetiga Grant bilan kirganman 17yoshimda Alhamdulillah
Azizbek Djabbarov
1997 йил, 209.7 балл, Андижон Мухандислик иқтисодиёт институти, 7 урин
Show next 100 comments