Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Men 189 balldan 180,4 ilib birinchi oʻrinda kirganman.
Lekin maqsadli kvota bilan budjetni alohida qilishgan ekan. Meni yoʻnalishimdagi engggg baland ball bilan kantrakt oʻqiyapman. Vaholanki 144 ball olganlar budjet😂. Oʻsha paytlarda maqsadli kvota haqida maʼlumotim yoʻq edi-da 🙇
2019-yil, Andijon davlat tibbiyot instituti, Pediatriya ishi, 150.1, shartnoma!
Xoshimjon Turg'unboyev
Men 2013 yil NamMPI ga 161.1 ball bilan 5 o'rinda grandga kirganman matematikadan 29 ta ingliz tili 25 ta ona tili adabiyotidan 17 topganman xotiram pand bermasa
Bu dunyodagi odamlarning eng maqtonchog'i Xushnutbek siz bo'lsangiz kerak.Har yili shu narsani qaytarovrib zerikmaysiz do'st biz ham 2010 yilda eks eng kuchaygan paytda budjetda o'qiganman
185.8 ball , SamDTI Alhamdullilah 😁
1995 йил биринчи тест синовларидан 186 бал бн ўтиб биринчи бакалаврга кирган эдим
Shaxlo Narzullayeva🌼
2017-yilda 160.2 ball bilan Buxoro davlat universitetiga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganman.
2018-yil. 181,4 ball bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga to‘lov-shartnoma asosida kirganman.
Хулкарой
Ассалому алайкум,2000 йил 128 балл билан грант НамДУ КИМЁ йуналиши
Utgan yillar testlarida bulmagan voqea bulgandi o'shanda, ya'ni 2 avgustda test bulgandi. 2011 yil 212,9 ball bilan Toshkent temir yo'l muhandislari institutiga 11 o'rin grant bilan o'qishga kirgandim. Eng hayajonli damlar edi uwanda.
СамКХИ, 2004 йилда 131 балл бн грантга кирганман.
@@@@@
Assalomu alaykum xushnudbek aka sizdan maslahat olmoqchiydim men 1-kursni tugatdim kantraktdaman lekin bu yil ham topshirgandim sinov tariqasida Agar bu yil grantga kirsam 1-kursdan uqiganim maqulmi yoki kantrakt bolsa ham 2-kursdan uqigan maqulmi
Xurshid
2020 yil 189bal bilan Toshkent davlat Yuridik universitetiga Grant bilan kirganman 17yoshimda Alhamdulillah
Azizbek Djabbarov
1997 йил, 209.7 балл, Андижон Мухандислик иқтисодиёт институти, 7 урин
2020-yil. Navoiy Pedagogika Institutiga 82.1 ball bilan Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari sirtqi yo'nalishiga kirdim.
Geografiya 15 ta
Matematika 11 ta ishlaganman
O'sha 2007 yilgi karrupsiya meni bolamni shashtini sindirgan 0,2 ball yetmagan.Shundan buoyn topshirmaydilar fermer bu yil Maskva bilan meditsina bo'yicha grand o'qishga shartnoma qildi.Barcha qatori bolajonimning ham omadini bersin
Assalamu aleykum. Guruhga a'zo bo'linglar. Bu guruh Xushnudbek akaning guruhi. https://t.me/xushnudbek_group
Ular ham keyinchalik qo'shiladilar. 10K ta bo'lgach. https://t.me/xushnudbek_group
◔͜͡◔ Amina ◔͜͡◔
Men 2020 yil 170.2 ball bilan QDPI Òzbek tili va adabiyoti yònalishiga kirganman.Alhamdulillah
2018-yil 184,3 ball bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga kontrakt asosida oʻqishga kirganman☺️
Show next 100 comments