Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Men 2020 -yil 170.1 bal to'plaganman. Matematika 27 ta ibgiliz tili 27 ta.
🐬✵Ч᪶᭭ё᪶᭭ρ᪶᭭н᪶᭭ы᪶᭭й᪶᭭ Δ᪶᭰ε᪶᭰л᪶᭰ь᪶᭰φ᪶᭰υ᪶᭰н᪶᭰✵🐬
2020 yil Buxoro muhandislik texnologiya instituti
Matematika 28/30
Fizika 26/30
170,2 bal/189 bal
Davlat granti
La'nat bolsin millat kelajagini sotgan poraxo'rlarga
2020-yil 164.2 ball bilan TDPU , chet tillari fakultetiga kontrakt asosida òqishga kirganman.
Assalomu alaykum va rahmatulloh
Biz Hasanboy va Husanboy egizaklarmiz Allohga shukr
Tibbiyot institutiga kirish ayniqsa grantga u paytlar qo'rqinchli tasvirlanardi, masalan, go'yoki kiruvchilarning ro'yxati oldindan chiqarkan, oldindan pul, tanishning harakatini qilish kerak)) Allohga tavakkul qilib o'qiyverdik

Xudoga shukr bizning davrimizda 2019 yil shaffoflik sari katta shaxdam qadamlar tashlandi: katta zallarda olishga tayyorgarliklar boshlandi.
Allohning bizga mehribonligini qarangki, ichkariga kirganda dovdirab qolishmasin(1-marta topshirardik-da) deb shu katta masshtabli imtihondan oldin sinov tariqasidagi testlar DTM tomonidan tashkillandi va bunga aynan bizning o'qiv yurtimiz Akademik litsey tanlab olindi.

Yana gaplar bor edi, mayli unda uzun bo'lib ketarkan...😁🤓
Hayojon va islohotlardan umid ila test topshirdik, natija:
Hasanboy- 187,9( 30 ta bio, 30 ta kimyo, 29 ta ona tili-1 ta xato)
Husanboy- 186,9( 30 ta bio, 29 ta kimyo, 30 ta ona t- 1 xato)

Alhamdulillah 😊
Ko'z tegmasin
Qodirov Xurshid
2018-yil 173.8 ball bilan TDYU kontrakt asosida qabul qilinganman
Kop yillar kontraktga kirolmay Korrupsiyaga bolta urilgan 2017 yilda budjetga kirganman Allohga shukur😉
Durdona
2016-yil O'ZMU talabasi bo'lganman. Alhamdulillah kaaaattagina korrupsiyani chetlab o'tib avvalo Allohning xohishi va o'z bilimim bilan talaba bo'lganman.
Allohga shukur 2020 yil talaba boldim. TOSHMI davolash ushi 189 grant.
Мухаммадвна
Мен 2020 ийли 210.2
Милий Университет )
Men 62.8 ball bilan. 2018 TATU ga kirganman KIF evro guruh ga😂
2018-yil 2-avgust TTA ga 160.1 ball bilan grand asosida o‘qishga qabo‘l qilinganman
Allohga shukur 😊
139.6 Ball ADU kimyo
Mirtulayeva Nargiza Gayratovna
Assalomu aleykum yaxshimisiz Xushnudbek aka siz doim togri etasiz, 2006,2007 yillarda man harakat ham qilmaganman sababi faqta Puli bor boylab oqiydi degan fikr bolgan.Aslida ham shunday edi.
бизарам нархозда 193 бал билан контракда укиганмиз. 200 бал олганларни курганмиз. номини зурга ёзишарди
Mirtulayeva Nargiza Gayratovna
Boy insonla demoqchi edim
Men 2020 yil toshkent moliya institutga 185.8 ball BN kirganman
Show next 100 comments