Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Men 187.7 ball bilan 2011-yil TDSHI talabasi bulganman kontrak asosida . Allohga shukr qilaman korrupsiya avjiga chiqqan paytda o'z bilimim bilan 4-urinishda shu baxt nasib etganiga.Balki mana shunday shaffoflik yillarida imtihonga kirganimizda 1-urinishimizda talaba bularmidik. Ming la'natlar bo'lsin millat ertasini pulga almashtirgan qora kursi egalarigayu mansabdorlarga.
2yil yiqilib o‘tgan yili 123.7 bilan DTPI Iqtisod sirtqiga kirdim. Matematika 28, chet tili 11 😊
2009 йилда ҚДУга матфакга 174,2 балл билан грантга кирганман. Математика 35, физика 25, она тили 12 эди
Student 💯
Men 2019 FARDUGA Kontrakga kirganman
2020-yil
Tashkent state university of law
176.4
Tarix 28 ta
English 28 ta
2004 йил, ЎзМУ - 205 балл: 35, 31, 29 та тўғри жавоб.
Litsenziya bilan hamma grand o'rinlar bandlangan
Hayotimni o'zgarttirgan siyosat.
5ta kantrakt o'ringa hamma abiturient kurashganmiz.
Keyinchalik chempion sportchilarga alohida kvota ajratilgan😒
2016 yil BuxMTI ga 130.4 ball jami 28_15_11 ishlaganim grantga yetgandi bakalavrga 2020 yil esa 139 ball magistrman ushbu oliygohda 👨‍🎓
КOЗМУNЧОQОY
Жавоб ёзасими
КOЗМУNЧОQОY
Саволга сизи кутяпан
Бизи пайтимиз тест бумаган.1992 йиллар.математика ёзма ищ,физика ёзма,тил адабиёт иншо,Тарих огзаки
2018-yil SamDAQI Qurilish fakultetiga 101.2 ball bilan grantga kirganman, qizig'i grantning o'tish balli 101.2 ball edi, eng oxirgi chizig'da o'zim turganman, omad deganlari shudirda, Allohga shukr.
2016 yil NDPI 162,1 30 ta tarix 24 ta ona tili 17 ingliz tili
Tugri 2013 yilda men 187 ball bn inyazga kirolmaganman . 2014 da xudoga shukur 182 ball bn budjet bulganman
Mathematics. Teacher
Albatta eslaymiz 2014 yil TerDuga ingliz tili fakultetiga 178.8ball bilam 10-bòlib grand asosida kirganman Alhamdulillah
Õtgan yili 189 bn grantga😁🙈 Jahon tillar universitetiga
2020-yil FarDU Ijtimoiy ish 98,1 grant. Ona tili 21 ta biologiya 10 ta
2018-yil 140,8 ball bilan ToshDO'TAU ga kontrakt asosida o'qishga kirganman.
Men ham 182 ball bilan kirolmagandim 2012 yil politexnikaga menejment ga keyin esa kirish uchun 4 yil vaqt ketdi
2007 yil 154.4 ball bilan budjetga kirganman, lekin o'shanda opalarim kontraktda o'qiyotganlari uchun majbur bo'lganman pastroq balli yo'nalishga kirishga, esimda 2007 yil test savollarida tubdan o'zgarish bo'lgandi, men taxminan 170-180 ball ololaman deb o'ylagandim, lekin o'sha yili fizika juda qiyin tushib qolgandi, matimateka 30 ta , fizika 24 ta, ona tili 10 ta topganman. Test savollari ilgari 1 dan 36 ga qarab osondan qiyinlashib borardi, 2007 yildan esa qiyin va oson savollar aralash kelgan bu ham yaxshigina ta'sir qilgan. Chalg'itgan miyyani.
Man 2008 yilda 157 bal bilan yiqilganman
Show next 100 comments