Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2004 йил, ЎзМУ - 205 балл: 35, 31, 29 та тўғри жавоб.
Litsenziya bilan hamma grand o'rinlar bandlangan
Hayotimni o'zgarttirgan siyosat.
5ta kantrakt o'ringa hamma abiturient kurashganmiz.
Keyinchalik chempion sportchilarga alohida kvota ajratilgan😒
2016 yil BuxMTI ga 130.4 ball jami 28_15_11 ishlaganim grantga yetgandi bakalavrga 2020 yil esa 139 ball magistrman ushbu oliygohda 👨‍🎓
КOЗМУNЧОQОY
Жавоб ёзасими
КOЗМУNЧОQОY
Саволга сизи кутяпан
Бизи пайтимиз тест бумаган.1992 йиллар.математика ёзма ищ,физика ёзма,тил адабиёт иншо,Тарих огзаки
2018-yil SamDAQI Qurilish fakultetiga 101.2 ball bilan grantga kirganman, qizig'i grantning o'tish balli 101.2 ball edi, eng oxirgi chizig'da o'zim turganman, omad deganlari shudirda, Allohga shukr.
2016 yil NDPI 162,1 30 ta tarix 24 ta ona tili 17 ingliz tili
Tugri 2013 yilda men 187 ball bn inyazga kirolmaganman . 2014 da xudoga shukur 182 ball bn budjet bulganman
Mathematics. Teacher
Albatta eslaymiz 2014 yil TerDuga ingliz tili fakultetiga 178.8ball bilam 10-bòlib grand asosida kirganman Alhamdulillah
Õtgan yili 189 bn grantga😁🙈 Jahon tillar universitetiga
2020-yil FarDU Ijtimoiy ish 98,1 grant. Ona tili 21 ta biologiya 10 ta
2018-yil 140,8 ball bilan ToshDO'TAU ga kontrakt asosida o'qishga kirganman.
Men ham 182 ball bilan kirolmagandim 2012 yil politexnikaga menejment ga keyin esa kirish uchun 4 yil vaqt ketdi
2007 yil 154.4 ball bilan budjetga kirganman, lekin o'shanda opalarim kontraktda o'qiyotganlari uchun majbur bo'lganman pastroq balli yo'nalishga kirishga, esimda 2007 yil test savollarida tubdan o'zgarish bo'lgandi, men taxminan 170-180 ball ololaman deb o'ylagandim, lekin o'sha yili fizika juda qiyin tushib qolgandi, matimateka 30 ta , fizika 24 ta, ona tili 10 ta topganman. Test savollari ilgari 1 dan 36 ga qarab osondan qiyinlashib borardi, 2007 yildan esa qiyin va oson savollar aralash kelgan bu ham yaxshigina ta'sir qilgan. Chalg'itgan miyyani.
Man 2008 yilda 157 bal bilan yiqilganman
Ⓤⓛⓤⓖʻⓑⓔⓚ
2018-yil SamDAQI Qurilish fakultetiga 101.2 ball bilan grantga kirganman, qizig'i grantning o'tish balli 101.2 ball edi, eng oxirgi chizig'da o'zim turganman, omad deganlari shudirda, Allohga shukr.
2006 йил НамДУ ҳуқуқшунослик факультети, 196 балл, тарих-33 та, она тили - 33 та, инглиз тили - 26 та. Давлат гранди 4-ўрин.
2015 yilda 159.1 ball TDTU
29,24,8 oxirgi o'rin grand bo'lganman
Muhammadnurim
2017 yil QarDU ingliz tili yo'nalishiga 163ball bn kontraktga kirganman .Bir yil oldin shu ball grant balli bo'lgan
Искандар
1998 йил ТДИУ (нархоз) МЭО, 205,6 балл бюджет, инглиз 33 та, матем 34, ота тили 29 та
Assalomu alaykum 2015 yil Moliya institutining "pensiya ishi" yo'nalishiga xujjat topshirib ( keyin bilsam bu rektoriski gruppa ekan DTM olgani borganimda Moliyani "moliya" yo'nalishidan chiqqan🤐🤐🤐🤐🤐 nima ham derdik dedim o'zimga 1 kunda hech nimani o'zgartirib bo'lmas edi , imtixon yaxshi o'tga meni nazdimda chunki matematikani 100% yechganman lek chet tili chatoq edi , o'sha yili 156.7 bn yiqilganman Rektoriski gruppalar bor bo'lsin🤐🤐🤐🤐🤐🤐. 2016 yili esa Olloh yo'limni ko'rsatgan ekan TDAU "buxgalteriya xisobi va audit" yo'nalishiga 164.4 bn grant kirdim o'sha yili test savollari juda qiyin tushgan bunkerdagilar ham 3-4 kishi bo'lib terlab ishlagan keyin eshitsam o'sh yili 29 ta 25 ta 20 ta yechib o'qishga kirganma . Keyin bilsam 5 ta Grantdan faqa men imtixonga kirgan ekanman qolganlarini o'rniga kirishgn ekan. Lekin Ollohga shukur qilamn ota onamni qiynamasdan Grantda o'qib bitirib hozir o'z ishim bilan bandman.
Men shuni anglab yetdimki ming korrupsiya bo'lsa ham o'qigan odamni peshonasiga ollohni o'zi risqini berar eka faqat chekinmasa bo'ldi!!!
P/s Etibor uchun raxmat juda ko'p yozib yubordim, Xushnud aka xotiralarni junbushga keltirib yubordiz😀😀😀
Show next 100 comments