Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Matematika 30
Fizika 28
Onatili adabiyotdan 21 ta
Manzura Xudoyberdiyevna
Shahnoza Akramovna
Lekin hozir ular bilimlilarni 10yil oldingidek yiqitayotgani yo‘q bilim rol o‘ynayapti men o‘tgan yil 172.6 ball bilan o‘qishga kirganman
Tog'ri,ammo imtihonsiz talaba bo'ling degan reklamalarni ko'rmayapsizmi?Qozoqqa qirg'izga topshirib keyin Uzbga perevod xamma joyda shunaqaku pulini to'laysiz talabasiz,bunaqa talabalar milliontadan ko'p bo'lsa kerak
ᴊᴜᴍᴀɢ'ᴜʟᴏᴠ ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ
Fizika 11
Matematika 20
Ona tili adabiyoti 12
2018 yil
Alisher Karimov
207.4 ball bilan Milliy ģoya va huquq ta'limida òqiganman. Harbiy imtiyoznomam bilan. Yurfakka topshirishga qòrqqanman tòģrisi
2011 yil Moliya instituti
192,2 ball oxirgi kontrakt. 36 matematika, 30 ingliz tili hamda 16 ozbek tili.
Menda juda qiziq bolgan. 10 ta grand va 15 ta kontrakt edi. Men 16 kontrakt bolganman. Sababi, 10 va 11 grandlar bali 204,4 bolib, bir xilligi sababli ikkalasi ham grand bolgan. Shu sababli bizda 26 ta kishi oqiganmiz. Shu ikki grandlar xazillashib agar ikkovimizdan bittamiz 1 savolni notogri yechganimizda 10 grand va 1 kontrakt bolardik va sen 1 yiqilgan bolarding der edi. Shu yili ozimizding mos yonalishda 1 chi byudjet 190 ball bolgan. Men ozimizda bemalol 1 chi byudjet bolar edim. Lekin, Moliya va Toshkent shahrida oqiganimda afsusda emasman🙃
173,4 bal bilan kantrakt
Akbar
mana shu yaxshi natijalrga erishishimizda Aka sizning qolingiz ham bor.Sizni hammamiz xurmat qilamiz siz vatan uchun kuyib pishasiz,abiturientlarni ham ximoya qilasiz men sizning ashaddiy muxlisingiz desam ham boladi Xushnudbek aka siznj juda xurmat qilamiz
2003-yili maktabni tugatib 193.6 ball bilan Toshkent Davlat Texnika Universitetiga kirganman
Шахноза Ортикова
1998 ФДУ 203.1 кимё 34 , биология 35, она тили 22
Zumrad Allamuratova
Men 2013 yil SamDU ga 156.6 ball bn gardga 10 tadan 6 bb kirganman.
Shahzod
Hamma bilim bilan kirganmi yo pul bilan kirganlar ham bormi?
2019 yil testlar 30 ta bolgan birinchi yil edi Katta ozgarishlar davri aynan biz oqigan yilimiz boshlangan 11 yillik bolgan va abituriyentlar 3 varavar kop bolgan yani kollejni 3 kurs bitiruvchilari maktabni 11 sinf bituruvchilari va oldingi yillar kira olmagan abituriyentlar
TDIU: Corporate Governance faculty. Banking
Matematika 28
Ingliz tili 26
Onatili va adabiyot 14 156.8
Bu yilgi barcha abituriyentlarga ulkan omad va zafarlar✊
ШАХНОЗА ТУРАТОВА ПСИХОЛОГ
2019 Tdpu 106,9 ball bilan kirganman!
Dildora
2017-yil moliyaga 207.9 ball bilan ikkinchi o'rinda grantga kirganman😎. Matematika 33, ingliz tili 33, ona tili 33 tadan ishlaganman. Kursdowlarim bunker bn kirgan db oylashgan balimni ko'rib ozimmi koriwgach keyin o'zim oqib kirganimga ishonishgan. Ana shunaqa gapla yaxshi oqisa oynab kulib instga kirsa boladi hozirgi zamonda
2017-y Ona tili-27 matematika-28,ingliz-8🙊NavDPI grant asosida qabul qilinganman.
G'iyosiddin Obidinov
Хушнутбек яхшимисиз ошна, мен хам 2006 йили Тошкент давлат юридик институтга 197.8 бал билан кирган эдим. 2 марта имтихондан йикилганман. Бир пасда 15 йил бупти
ШАХНОЗА ТУРАТОВА ПСИХОЛОГ
Shahzod
Hamma bilim bilan kirganmi yo pul bilan kirganlar ham bormi?
Bilim!!!
Тимур
2015 жыл ТашПМИ Нукус филиалина 181.3 балл менен бюджет болып киргенмен
2013 yil Moliya insitutiga 165.7 ball bilan kirolmaganman. Va o'ylab ko'rdimki o'qish go'yoki men uchun emasdek. Ungacha tayyorlanish uchun yo'qotilgan yillar go'yoki umrimda bosilmagan izga uxshab qoldi. Ming afsuski bundan keyin bir fikir paydo bo'ldi, O'zbekistonda haqiqat yo'q degan. Chunki buni o'z ko'zim bilan ko'rib to'rgan edim. Umuman tayyorlanmasdan hattoki familyasini xato qilib yozadigan bola Moliya insitutiga soqqasini berib budjetga o'qishga kirgan edi. Bu men kabi necha necha yoshlarni ruxiyatini sindirdi. Meni 5 yillik umrimni oldi. Undan keyin o'qishdan butunligicha vos kechdim. Chunki tayyorlanish uchun ketgan vaqtimni o'ylasam juda ko'p narsadan vos kechganim esimga tushardi. 2018-yil o'zgacha ko'rinishidagi test va o'zgacha ko'rinishdagi sistema deb jar solishdi va buni natijasini ko'rish uchun. TDTU Energetika yo'nalishiga o'qishga topshirib ko'rdim. Tayyorgarliksiz kantrakt asosida o'qishga kirdim. O'zimga O'zim jilmayib o'zgarish bor deb qo'ydim. Ammo bilasizmi shuncha yil o'tgan bo'lsada ammo 2013-yilgi shijoat endi yo'q. O'qishga kirdim endi o'qishim kerak deb o'qib yurumizda ollohga shukur sessiyaalarni 5 ga yopyamiz lekin oldingi shijoatni qidirib topolmayaman!
Show next 100 comments