Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
ШАХНОЗА ТУРАТОВА ПСИХОЛОГ
2019 Tdpu 106,9 ball bilan kirganman!
Dildora
2017-yil moliyaga 207.9 ball bilan ikkinchi o'rinda grantga kirganman😎. Matematika 33, ingliz tili 33, ona tili 33 tadan ishlaganman. Kursdowlarim bunker bn kirgan db oylashgan balimni ko'rib ozimmi koriwgach keyin o'zim oqib kirganimga ishonishgan. Ana shunaqa gapla yaxshi oqisa oynab kulib instga kirsa boladi hozirgi zamonda
2017-y Ona tili-27 matematika-28,ingliz-8🙊NavDPI grant asosida qabul qilinganman.
G'iyosiddin Obidinov
Хушнутбек яхшимисиз ошна, мен хам 2006 йили Тошкент давлат юридик институтга 197.8 бал билан кирган эдим. 2 марта имтихондан йикилганман. Бир пасда 15 йил бупти
ШАХНОЗА ТУРАТОВА ПСИХОЛОГ
Shahzod
Hamma bilim bilan kirganmi yo pul bilan kirganlar ham bormi?
Bilim!!!
Тимур
2015 жыл ТашПМИ Нукус филиалина 181.3 балл менен бюджет болып киргенмен
2013 yil Moliya insitutiga 165.7 ball bilan kirolmaganman. Va o'ylab ko'rdimki o'qish go'yoki men uchun emasdek. Ungacha tayyorlanish uchun yo'qotilgan yillar go'yoki umrimda bosilmagan izga uxshab qoldi. Ming afsuski bundan keyin bir fikir paydo bo'ldi, O'zbekistonda haqiqat yo'q degan. Chunki buni o'z ko'zim bilan ko'rib to'rgan edim. Umuman tayyorlanmasdan hattoki familyasini xato qilib yozadigan bola Moliya insitutiga soqqasini berib budjetga o'qishga kirgan edi. Bu men kabi necha necha yoshlarni ruxiyatini sindirdi. Meni 5 yillik umrimni oldi. Undan keyin o'qishdan butunligicha vos kechdim. Chunki tayyorlanish uchun ketgan vaqtimni o'ylasam juda ko'p narsadan vos kechganim esimga tushardi. 2018-yil o'zgacha ko'rinishidagi test va o'zgacha ko'rinishdagi sistema deb jar solishdi va buni natijasini ko'rish uchun. TDTU Energetika yo'nalishiga o'qishga topshirib ko'rdim. Tayyorgarliksiz kantrakt asosida o'qishga kirdim. O'zimga O'zim jilmayib o'zgarish bor deb qo'ydim. Ammo bilasizmi shuncha yil o'tgan bo'lsada ammo 2013-yilgi shijoat endi yo'q. O'qishga kirdim endi o'qishim kerak deb o'qib yurumizda ollohga shukur sessiyaalarni 5 ga yopyamiz lekin oldingi shijoatni qidirib topolmayaman!
Qodirova
Shatta yashimanda
Toshkentda yaxshi oʻqish joylar kop edida shunga aytdim imkoniyat keng edi maksimal ball yigibsiz
Man 2016-yilda topshirganman. 1-biologiya blogim 34 ta to'g'ri, 2-blog kimyo 33 ta to'g'ri chiqqan. Afsuski ona tili va adabiyotdan tayyorlanmaganman 11 ta to'g'ri chiqqan. Umumiy balim 186.8 bal 4-o'rinda grandga kirgandim.
Otgan yili Milliyga 147.5 ball bn kirdim inglz tl 29ta matem 18ta yecgandm
2020-yil Yurisprudensiya Tarix 30 - 30 Ingliz tili 30 - 26 Kontrakt
Men 2020-yil 189 bal bilan kirganman 100% natija bilan
Известная
2020-yil 182,7ball Grant kirdim biologiya 29ta ona tili 29ta
Sevara Pulatovna
Men ham 2011 yil ikkinchi uriniwimda UrDU ga 205.2 ball bilan kirgandim 😊
Show next 100 comments