Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2014 yil Angrendagi litseyni tugatib, o'sha mashhur sana 1-avgustta imtixonda otrudim, buyil doktaranturani 1-kursini tamomladim
Assalamu alaykum
Òtbgan yili Tosh ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI ga 85.1 ball bilan kirdim. Kontrakt 14 ta matematika va 13 ta geografiya 🤦‍♂️🤨
Unchali maqtanishga arzimidigan natija
2007-yil
Biologiya 25
Kimyo 24
Ona tili 8 ta
136,7
FarDU Biologiya kontrakt
Muhammad
Xushnudbek aka, magistratura imtihonlari qachon o'tkazilishi haqida ham ma'lumotlar bering.
Studentla assalomu alekum😊😊
3-йилда 101.4 охирги контракт бўлиб ТАҚИ кирганман. 3 йил ҳам шу институтга топшириб охири кирганман. Аллохга шукур магистратурани 1-курсини тамомладим
DIYORA(Neonatolog.) .
O‘qishga o‘z bilmiz bn kirganmisiz?
Albatta, so'ngi ikki yilida o'zim tanlagan yo'nalish uchun tarki dunyo qilib "yotib olib" o'qiganman)
Тошкент Давлат Юридик институтига 1997 йилда 218,4 балл. билан ўз билимим орқали кирганман. 36 талик тест саволларига ТАРИХ 35 та, ИНГЛИЗ тили 35 та, ОНА тили ва адабиёти 34 та, жами 108 та саволдан 104 тасига тўғри жавоб берганман. 3 та жавобни ҳам тест китобчасида тўғри белгилаб, техник хато туфайли қора юмалоқлашда нотўғрисини бўяб қўйганман, аслида 108 тадан 107 тасини тўғри ечганман. Талабалар бўйича 2-ўринда бюджетга қабул қилинганман. Ўша пайтлар, тест жавоби 18 август куни эълон қилинар эди ва натижани билиш учун талабалар ётоқхонасига борганмиз. "Уч савдойи" киносидаги каби кучли 10 талик қолиб 5-6 мингта рўйхатни 2 соат кўрганман, ДТМ номерим чиқмаган, 2-ўринда кирганимни охири кўрганман. Қизиғи, 7 нафар синфдошлар бирга ўқишга кирганмиз ва ҳозирда барчамиз юридик соҳада ишлаб келмоқдамиз.

Ширин хотиралар учун раҳмат, укахоним Хушнудбек. Фақат омадингизни берсин, одамларга ёрдам қилиб савобни коттасини олиб юроринг, баракалла, умризга, ризқизга Аллоҳ барака берсин, кам бўлманг укахон.
2018-yili 161.8 ball bilan QòqonDPI Ingliz tili yonalishiga davlat garntiga òqwga kiraganman
2017 da 184 bn kirganman yuridikka. Mana nasib etib bitirdik ham Xushnudbek bro oqishni soģinyapmiz lekin
Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, hozirgi Transport universiteti. 2016 yil 155,5 31 ta matematika 23 ta fizika ingliz tili adashmasam 11 hisob kitobga to‘g‘ri kelsa.
Xon 77_77
QDPI ga informatika ga 158.2 bb grant kirganman 4chi urin
56.3 bilan kirganman 2017 yil kantraktga.😂😂
Esdan chiqmasa kerak bunaqa xotiralar,manimcha😊. O‘tgan yili 189 ball bilan kirganman, Alhamdulillah
Men 2009-yil akademik Yormazor akademik litseyini tugatib bolaligimdan orzu qilgan yuristlikka Namangan davlat universitetini yuristprudensiya yonalishiga kira olmaganman. Tayyorgarligim yomon emas ediyu lekin birinchi imtihonga kirganimgami xullas 95 ball yig'ganman. Osha yili ham x variantlar 36 tadan 36 ta chiqqan.
Keyingi yili esa x variantga ishonganlarni paytavasiga qurt tushib, bilimi borlar oqishga kirgan va kirish ballari ancha past bolgan. Men esa yurist bolish orzularimni ko'mib Farg'ona davlat universiteti Tarix yo'nalishiga 147,8 ball bilan kontrakt o'qishga kirdim. Universitetni tamomlab bir necha yil oqituvchilik qildim, lekin yurist bo'lish orzusi hali ham so'nmagan edi, qalbimni bir chetini tirnar edi. Xudoni inoyati bilan o'tgan yili 2020-yil Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida talabalikka qabul qilindim. Bu yil birinchi kursni tamomladim. Va nihoyat maqsadimga erishishga oz qoldi. Inson yaxshi niyat orzu qilsa va sabr qilib shu maqsadiga harakat qilsa, albatta Xudo yo'lini ochib orzu maqsadiga yetishtirarkan.
Bizda zòr bolgan imtixon xonasiga kimdir kirib falonchievaxon sizda savollarda xato ketibdi deb qolidan savollar varaģini oldi va adashmasam guruhni yarmi mendayam xato mendayam xato deb ism familiyasini aytib berib yuborishdi QIZIĢINI QARANG ISHONGANIMDAN MENDAYAM XATO BORMIKAN DEB QARAB TEST VAQTINI ANCHASINI OTKAZIB KONTRAKTGA ILINIB QOLDIM
SHUNAQAYAM SODDA BOLAMANMI 😢
EX NOINSOFLAR BALKIM HOZIR SHU GURUXDAN OSHA KiMSALAR HAM FOYDALANAYOTGANDIR BALKIM.
SIZ OYILANI HALOL MEHNATINGIZ BN BOQISHINHIZ KERAK EDI ÒSHA
" INSONLAR"
ÒSHA KUNGI AMAKI SIZNI ESLAB QOLGANMAN Va HALIGACHA SIZ VA SHERIKLARINGIZGA LA'NATLAR AYTAMAN
190 Karl. Hozir 56,7 bilan ham kirishyapti 😂😂😂
Men 3-urinishda o'qishga kirganman. Birinchisida ingliz tili ona tilini chala yarim o'rganib 2015-yilda nizomiy defektologiyaga topshirganman. (Tayyorlanmagan fanlarimdan))))

Yonimdagi qizni list tarqatyapmiz deb testlarini olib chiqib ketishgan. U qiz esa uni sotmasliklari un mi, hammaga yordam bergan, ayniqsa menga, 100 ball toplaganman.

2016-yil 2-urinish! Judda yaxshi (3-4 oy) tayyorgarlik korib borib, nizomiy rus tili ozbeklar uchun guruhga deb , adashib rus guruhga topshirib kelganman, shu nazoratchi hali koz oldimda, uch marta soraganman, u bolsa telda gaplashi ha shu shu deb javob bergandi. Adashganimni imtixonda bilganman. Ertalab avtobusda adashib qolganman Toshkentda, depoga olib borib tashlashgan, zorga yetib borganman, yaxshigina turgan qolimdagi dtm qogozi va passportim suvga tushib ketgan, shunchaki!!! Guruhimni topolmaganman. Xullas nasib qilmagan ekan, imtixonda kirsam faqat ruslar kiryapti, men hayolimda "
Show next 100 comments